Material sig‘imining xususiy ko‘rsatkichlari
material
resurslarning alohida turlaridan (xomashyo sig‘imi, metall sig‘imi,
energiya sig‘imi va boshqalar) foydalanish samaradorligini tavsiflash
uchun, shuningdek, alohida mahsulotlarning material sig‘imi darajasini
(mahsulot birligiga ishlatilgan barcha materiallar qiymatining uning
ulgurji narxiga nisbati) tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
5.5. Material resurslardan foydalanish tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish
uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari
bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab
chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa
materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz
mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga
tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra
foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi.
107
Sanoat korxonalari sarfining umumiy miqdorida materiallar sarfi
miqdori tayyorlanayotgan mahsulotning material sig‘imiga bog‘liq
ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Material sarfi ulushi yetarli
darajada keng oraliqda tebranadi – u yengil va oziq-ovqat sanoati
tarmoqlarida eng yuqori bo‘lsa, kon sanoati tarmoqlarida eng past
ko‘rsatkichga ega.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo‘qotish va
hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo‘qo-
tishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek,
moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari
material resurslardan foydalanish tahlilida o‘z aksini topishi lozim.
Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va
mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini
aniqlashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning
haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig‘imi aniqlanadi, keyin esa
ular o‘rtasidagi farq topiladi.
2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab
chiqarishga ko‘paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha
sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo‘lgan umumiy miqdor ma-
terial sig‘imi o‘zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.
3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda
tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig‘imiga
bo‘lish yo‘li bilan tejash hisobiga qancha qo‘shimcha mahsulot olin-
ganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamay-
ganligi aniqlanadi.
5.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |