O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI BO’LIMI”
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi
KURS ISHI
Mavzu: Investitsion faoliyat hisobi va hisobotda aks ettirish
Bajardi: ___SM 60-2_-guruh
Talabasi: Choriyev A.O.
Ilmiy rahbari: O’q. Qaxxorov Z.
Kafedra tomonidan ro’yhatga olingan tartib raqami №_____
“____”__________2020y. _______
imzo
Kurs ishi bahosi:________ball
Komissiya a’zolari
____________________ __________
____________________ __________
____________________ __________
Kurs ishi himoyaga tavsiya
qilindi(qilinmadi)
sana “_____”_______________2020y.
Rahbar imzosi:_________
TOSHKENT 2020
REJA:
Kirish
Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning vazifalari.
Moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash.
Investitsiyalarni diskontlash.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqkan holda bir qancha sohalarni, jumladan buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo‘lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish natijasida O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma’naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi. Iqtisodiy islohotlarning muhim natijalari yildan yilga o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini har bir soha va tarmoqda barqaror o‘sish sur’atlari orqali ko‘rishimiz mumkin. Bunga mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning o‘tgan 2019 yilga – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berganlari, ushbu yilda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganimiz va uning davomi sifatida 2020 yilga – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinganligi davlatimizni rivojlantirishdagi muhim islohatlari sifatida misol bo‘la oladi.
Shu boisdan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarb mavzulardan deb hisoblanadi.
Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qoʻyish).
Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi.
Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.
Investitsiyasi qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi.
Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya;
Real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) soxasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi.
Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trln. dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 aprel), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 aprel), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 aprel), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el investitsiyalarini sugʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994 yilda tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya,obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |