Sirtqi bolim



Download 184,5 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi184,5 Kb.
#498048
Bog'liq
matematika Mexri mustaqil ish



Qoraqalpog’iston Respublika A'jiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti

SIRTQI BOLIM
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
4-A kurs talabasi
Bolalarda matematik tasavvurni shakllantirish fanidanidan
Mustaqil Ishi Mavzu: : Maktabgacha tayyorlov guruxida sanashga va xisoblash faoliyatiga
o‘rgatish vazifalari.

Bajardi: Saparova M Tekshirdi: Shamuratova X

Mavzu: Maktabgacha tayyorlov guruxida sanashga va xisoblash faoliyatiga
o‘rgatish vazifalari.


Reja:
Kirish
1.Son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
2.Kichik guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
3.O‘rta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
4.Katta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
5.Son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Yakuniy qism
Foydalanilgan adabiyotla

«Son-sanoq» bo‘limi «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning matematikani ongli o‘zlashtirishlarining garovidir.Son-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir.

Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki yetarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarki egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart - sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi.
Shu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
kkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarini, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qismbutun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo‘ladi. YO haddan tashqari aniqlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bo‘lmaydi.

Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.

“Bolajon” tayanch dasturi besh bo‘limdan iborat: «Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mo‘ljal olish», «Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish». Endi har xil guruhlarda «Son-sanoq» bo‘limi ustida ishlash uslubiyati haqida fikr yuritamiz.

Xar qaysi yosh guruxi dasturi ushbu bulimlardan iborat:


Miqdor va sanoq.

Kattalik.

Geometrik figuralar.

Fazoda mo’ljal olish.

Vaqt bo’yicha oriyentir (mo’ljal) olish.

Arifmetik masalalar yechish
Masala yechishda «qо’shish», «ayirish», «barobar» matematik terminlaridan foydalanish zarur. Keyin masalani «yoziladi».

- Lolada 3 ta shar bor edi, u yana 1 ta shar oldi. Sharlar kо‘paydimi, kamaydimi? Kо‘paysa qaysi belgidan foydalanamiz? Qо‘shuv belgisidan, qо‘shuv bir barobar 4 (shar). Doskada 3 raqami. Lola nechta shar oldi? 1 ta 3 qо‘shuv 1 barobar? Masalada bizga nima noma’lum? Sharlarning nechta bо‘lgani va 3 qо‘shuv 1 barobar? Keyin masala bir necha marta qaytariladi va yechiladi. Doskaga 3 qо‘shuv 1 barobar 4 deb «yoziladi».

Bolalar yozishni mashq qiladilar. 1 — 2 bola mustaqil yozganlarini о‘qib beradilar. «3 sharga 1 ta shar qо‘shilsa, 4 ta shar bо‘ladi». Kim masalani yechadi? 3 ga 1 ni qо‘shish kerak. Lolada nechta shar bо‘ldi? 4 ta. Doskada 3 qо‘shuv 1 barobar 4. Bolalar kо‘pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir nechta baliq solib qо‘yishdi. Bu masasalani yechish mumkinmi? Yoki tо‘rtta og‘ayni bitta tom tagida yashaydilar. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada doim eng kamida 2 ta son ishtirok etishi uqdiriladi.

Tevarak atrofni (joyni) bilish

Bolalarning maktabdagi kо‘pgina faoliyatlari tevarak atrofda о‘rnini aniqlash (oriyentatsiya qila bilish) bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yо‘nalishlari (о‘ngda, chapda tо‘g‘ri, burchakdan burchakka va hokazo)ni bilishlari, tevarak atrofdagi narsalarning о‘zlariga nisbatan (о‘ng tomonda, chap tomonda, yuqorida pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir biriga nisbati, joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, bog‘chadan uyga qaytishni, kо‘chadan о‘tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni qog‘oz sathini aniqlay bilish о‘rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning kerakli betini topishda, 1 varaq qog‘ozning yuqorigi chap burchagi, daftarning yuqori-pas tomonlari, burchaklarini topishi, kerakli yо‘nalishda daftarda chiziqda chizishga о‘rgatadi. Bolalarga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastgi chap burchagiga 4 ta kvadrat, yuqorigi о‘ng burchagiga 1 ta optiq, Bolalarni bajargan ishlarini tо‘laroq sо‘zlab berishga о‘rgatish zapyp. Tevarak atrofni bilish vazifasi matematika mashg‘ulotida kam vaqtni oladi, uni kо‘proq boshqa bо‘limlar bilan birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, о‘yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya muzika mashg‘ulotlarida, gimnastika vaqtida).

Didaktik о‘yinlar bolalarning tevarak — atrofni aniqlashda kо‘nikmalarini takomillashtiradi. (Masalan: «Predmetni top», «Xona bо‘ylab sayohat» va hokazo о‘yinlar) Barcha asosiy harakat yо‘nalshiga kо‘rsatma berib turiladi: «Tо‘g‘riga borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan о‘tasan va hokazo. Bunda bolalar tevarak atrofda о‘z о‘rinlarini aniqlay boshlaydilar.

Sonlar hosil bо‘lishini («+», « - », «=» belgilaridan foydalanib) misol kо‘rinishida yoza olish, bunday misollarni о‘qishni ularni yecha olishni, о‘rganish.

Masalan: 2 ta doirachani qо‘ying. Doirachalar 3 ta bо‘lishi uchun nima qilish kerak? Yana 1 ta doiracha qо‘ying. Doirachalar nechta bо‘ldi? 3 ta doirachani qanday hosil qildingiz? 2 ta uchburchak qо‘ying. 1 ta uchburchak qolishi uchun nima qilish kerak? 1 ta uchburchakni qanday hosil qildik? Sutka shunday mashqlarni kiritish kerakki, bolalarda bajarilayotgan amallarni yozish uchun yangi belgilarga ehtiyoj paydo bо‘lsin.

M: Bir bola 2 ta baliq tutdi va ularni chelakchaga qо‘yib yubordi. (kо‘rsatadi). Sо‘ngra u yana 1 ta baliq tutdi (kо‘rsatadi) va uni ham chelakchaga qо‘yib yubordi. Chelakchadagi baliqlar nechta bо‘ldi? (3) (Bolalar oldingi mashg‘ulotlarda 3 raqamigacha yozishni о‘rgangan bо‘lishi kerak).

Endi buni qanday yozish mumkin ekanini kо‘ramiz. Diqqat bilan tinglang va biz nima qilayotganimizni о‘ylab toping, belgilanmagan sо‘zlarni bir oz baland ovoz bilan aytamiz: «Ikki qо‘shuv bir barobar uch» 2+1=3.

Bu qо‘shish belgisi, bu esa hosil bо‘ldi yoki barobar belgisi. Tarbiyachi bolalarga yana bir marta qо‘shishni taklif etadi. Ayirishga doir ushbu masala ham yuqoridagiga о‘xshash qaraladi. «Suvda 2 ta о‘rdak suzib yurgan edi. 1 ta о‘rdak chetga chiqib ketdi. Nechta о‘rdak qoldi? Shundan keyin tarbiyachi bolalarga 2 ta chо‘pni kо‘rsatishni taklif qiladi va undan 1 ta chо‘pni olsa, nechta qolishini sо‘raydi. Demak 2-1=1 bu ayirish belgisi. Bolalarga bir necha marta о‘qitiladi va shunta о‘xshash misollarni yechishni о‘rganadilar.

Soat bilan tanishtirish metodikasi.

Bolalarga turli soatlar kо‘rsatilib, soatnnng kishi hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga qaratiladi. (Siferblat, kо‘rsatkich). Strelkaning harakat qilish prinsipi bilan tanishtiriladi. Soat maketida strelkaning ikkalasi ham 12 ga qо‘yiladi. Strelakalarning uzunligi bir xilmi? Bolalar 1 ta strelka uzun, ikinchisi qisqa deydilar. Qisqa strelka soat nechalitini kо‘rsatadi, uzun strelka minutni kо‘rsatadi. Ikkala strelka 12 da turibdi, soat 12 ligini kо‘rsatyapti deydi. Hozir qisqa strelkani aylantiramiz. Uzuniga tegmaymiz: Qisqa strelka 1 raqamiga о‘tkazildi, hozir soat bir. Keyin 2 ga о‘tkazadi, coat ikki, deydi va hokazo.

Bolalar о‘z soatlarida tarbiyachining topshirig‘ini mustaqil bajaradilar. Bolalar aniqlik bilan soatni bir, ikki, uch va hokazo. 12 bо‘lganini aniqlay olganlaridan keyin, yuqorida aytilgan metodik, asosida yarim bilan tanishtiriladi. Bolalar о‘z nutqlarida vaqtni ifodalovchi sо‘zlardan tо‘g‘ri foydalana bilishlari lozim. «Nechta soat emas», «Soat necha bо‘ldi?», «Qaysi payt?», «Kimniki 5 ni kо‘rsatyapti?».

О‘quv yilining oxirida katta gurux bolalari quyidagilarni bilishlari kerak:

О‘quv yili oxirida bola:

- ikki kichik sondan tashkil topgan birinchi о‘nlik tarkibini biladi;

- ikki kichik sondan tashkil topgan ikkinchi о‘nlik tarkibini (kо‘rgazmalilikka tayanib);

- 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 raqamlarini biladi;

- «+»,«-», «=» ishoralarini;

- 10 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri va teskari sanash;

- 20 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri sanash;

- predmetlar miqdorini raqam (raqamlar) bilan belgilangan songa solishtirib chiqish;

- misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab yechish;

- bir amalli masalalarni qо‘shish va ayirish orqali tuzish va yechish;

- shartli о‘lchov yordamida predmetlar uzunligini о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;

- suyuq va tо‘kiluvchi jismlarni shartli о‘lchov birligi bilan о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;

- bir nechta uchburchaklar, tо‘rt burchaklardan katta hajmdagi shakllar va predmetlar tuzish;

- maxsus shakllar tо‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish;

- tayoqchalarning о‘rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat)ni о‘zgartirishga oid topshiriqlarni bajarish;

- kо‘pburchaklarning elementlarini (tomonlari, burchaklari, uchlari) bilish;

- narsalar (geometrik shakllar, mevalar, sabzovotlar va boshqalar) ni 2, 4 va 10 tagacha teng qismlarga bо‘lish;

- butunning qismdan kattaligi, qism butunning qismi ekanligini tushunadi;

- katak qog‘ozi varag‘i sathini mо‘ljal olishni, qog‘oz varag‘ining о‘ng, chap, yuqori, past, о‘rtasini aniqlash;

- buyumlarning о‘ziga nisbatan о‘rnini aniqlash (tepada-pastda, oldinda-orqada, о‘ngda-chapda);

- signal bо‘yicha turli yо‘nalishda harakatlanish (oldinga-orqaga, tepaga-pastga);

- harakat davomida, yurib ketayotganda yо‘nalishni о‘zgartirish;

- kun qismlari, ularning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi;

- hafta kunlarining nomini ayta olish va ketma-ketligi;

- yil fasllari, ularning nomi, ketma-ketligini va о‘ziga xos xususiyatlarini;

- yil taqvimi, о‘tayotgan oy, sana, hafta kuni haqida;

- soat turlari va uning ishlatilishi;

- lego jihozlaridan loyihalar yaratadi;

- 20 qismdan kam bо‘lmagan pazllarni yig‘adi;

- qog‘ozlarni bukib (origami yо‘li bilan) shakllar yasaydi;

-qurilish materiallari tо‘plamlaridan turli mavzularda loyihalar yaratishni biladi;

- pul qiymatlari, narx, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchaga ega bо‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Sh.Abdullaeva "Ilk yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi" -Toshkent O'qituvchi -
1983 y.
2. N.U.Bikboeva Z.Ibrohimova, H.I.Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik
tasavvilrlarni shakllantirish" Toshkent –O’qituvchi1995yil
3. Maktabgacha ta'limjurnali.
4. Maktab va hayot jurnali.

Elektron ta’lim resurslari


www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
www.referat.arxiv.uz
www.aim.uz
www.natlib.uz
Download 184,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish