Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va


-ILOVA Mashg’ulot mavzusi yuzasidan aqliy hujum tarzida darslar takrorlanadi



Download 3,1 Mb.
bet30/49
Sana05.07.2022
Hajmi3,1 Mb.
#741252
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
Sanitariya 2-sem

1-ILOVA
Mashg’ulot mavzusi yuzasidan aqliy hujum tarzida darslar takrorlanadi


2- ILOVA
Uy vazifasi va o’tilga mavzu uchun savollar


3- ILOVA
Mashg’ulotning maqsad (reja) va vazifani belgilaydi


4- ILOVA
Faydalaniladigan adabiyotlar:
И,С, Сыромятников. История причоский М. Искусство
История русского искусства. Под ред Д.Б Сарабатьянова
- www.ziyonet.uz - www.google.ru
5- ILOVA
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish
6- ILOVA
Yangi o’quv materiali bayoni


Sanitariya va gigiyena talablari
38. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
39. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH VA
ATROF-MUHITNI OZODA SAQLASH” NOMLI TARBIYAVIY SOAT MASHG`ULOTLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN


METODIK TAVSIYA

KIRISH SO`ZI
Inson hayoti u yashab kelayotgan ona zamin bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki u yashil o`simliklar ishlab chiqaradigan kislorod bilan nafas oladi, shu zaminda yetishgan noz-ne`matlarni iste`mol qiladi hamda ona zamin bag`ridan qazib olinadigan neft, ko`mir, gaz hamda turli ma`danlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanadi. Zaminimizda insonning mehnat va ijod qilishi, baxtli hayot kechirishi uchun hamma narsa mavjud.
Buyuk alloma Ibn Sinoning “Men qoldirib ketayotgan zo`r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi - parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari mijoz bilan kayfiyatdir” deb inson salomatligining asosiy omillarini ko`rsatib bergan bo`lsa, A.Avloniy esa “Bolalar salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq – tanini pok tutmak, yaxshi xulqlarni o`rgatmak, yomon xulqlardan asrab o`sdurmakdur” deb nasihat qilgan edilar.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish va sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
So`nggi yillarda aholi soni ortishi bilan hududlarning tozaligini saqlashda qator muammolar kelib chiqayotganligi, aholi tomonidan ko`p qavatli uy-joy atrofiga turli chiqindilar tashlab ketilayotganligi, bo`sh yotgan yer maydonlari, ariq va zovurlarning ifloslantirilayotganligi, bu esa o`z navbatida ekologiyaga va insonlar salomatligiga o`zining salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi kuzatilmoqda.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va sanitariya-epidemiologik muhitini yaxshilash, atrof-muhitning zararlanishini oldini olish va o`quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish har bir o`quvchining burchi hisoblanadi.
“Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda).
O`quvchi-yoshlarga sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ularda atrof-muhitni asrab-avaylash, ozoda saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Salomatlik darslari” va “Sog`lom avlod asoslari” kurslari o`qituvchilar tomonidan umumiy o`rta ta`lim maktablarining
1-4-sinflarida “Odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, “Jismoniy tarbiya”, “O`qish” va 5-9-sinflarda “Biologiya”, “Mehnat ta`limi”, “Jismoniy tarbiya” fanlarida intеgratsiyalashgan holda o`tilmoqda. Shuningdek, 8-sinflarda “Sog`lom avlod asoslari” kursi maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o`qitilishi belgilangan.
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.

Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha 1-9 sinf rahbarlari uchun namunaviy ish rejalar va dars mashg`ulotlari ishlanmalari ishlab chiqildi hamda Respublika ta`lim markazi huzuridagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar” yo`nalishi bo`yicha Ilmiy metodik kengashning 2013 yil 2 avgustdagi 5-sonli yig`ilish bayoni bilan foydalanishga tavsiya etildi.


“Sanitariya-gigiуena qoidalariga rioya qilish va atrof-muhitni ozoda saqlash” mavzuidagi tarbiyaviy soat mashg`ulotini 1-9 sinf rahbarlari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarining quyidagi sinflar kesimida berilgan mavzulariga bog`lab о`tish tavsiya etiladi:
1-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi “Sog` tanda sog`lom aql”, “Sog` yuray desang, ozoda bo`l”, “Men tabiatni qanday asrashim mumkin?” mavzular;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Tozalik - salomatlik garovi. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Ozoda va toza yurish haqida. Nima uchun dastro`mol ishlatish kerak?. Ozodalik – bu bizning qo`llarimiz. Har kuni yuvinishni odat qil. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson salomatligiga ijobiy ta`siri. O`z salomatliging haqida o`zing qayg`ur. Ovqatlanish gigiyenasi. Atrof-muhitni muhofaza qilish. Toza havo - tanga davo. Suv – obi hayot. Tabiatning ozodaligi. Chiqindini qaerga tashlaymiz. Chang qaerdan paydo bo`ladi? Maktabda suvdan foydalinish tartibi. Zararli odatlar.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish