Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi 3531008 «Tikuvchi»


Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash



Download 5,58 Mb.
bet20/39
Sana05.01.2023
Hajmi5,58 Mb.
#897703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Matrialshunoslik uslubiy qo\'lanma

Gazlama va tikuvchilik buyumlari sifatini aniqlash.


Material sifati — bu talab xossalariga bog‗liq bo‗lib, materialning qayta ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir.Mahsulotning sifat ko‘rsatkichi — GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo‗lib, sifat tarkibiga kiradi, ya‘ni uni yaratish va ishlatish hamda iste‘molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha talab shartlari standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me‘yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi. Barcha mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlari ifodalanishi bo‗yicha o‘lchamli va o‘lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo‗linadi. Sifatni baholash darajasi — bu jarayonlarning jami bo‗lib, sifat ko‗rsatkichlarining nomenklaturasini o‗z ichiga oladi va mahsulot sifatini boshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy ko‗rsatkichlarini aniqlaydi. Mahsulot xossasi mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste‘molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.
Hozirgi paytda me‘yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, to‗qimachilik materiallarining sifat ko‗rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog‗liq bo‗lgan mahsulot sifat ko‗rsatkichlari talablarida belgilanadi. Sinov — obyektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo‗yicha eksperimental aniqlash demakdir. Sinov usuli — sinov ishlarini o‗tkazish uchun belgilangan tamoyillarning qo‗llanilishidagi jami qoidalar.
Mahsulot sifati boshlang‗ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini baholash yoki o‗lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim: — to‗la-to‗kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me‘yoriy shartlariga bog‗liqligi bo‗lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi; — sifat ko‗rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to‗la-to‗kis yaroqliligini ko‗rsatadi; — ta‘minlovchi imkoniyatlarini hisobga olgan holda me‘yoriy shartlarning ratsional darajasi.
Mahsulot sifat ko‗rsatkichini ifoda etgan birligiga ko‗ra quyidagilarga ajratish mumkin:
miqdoriy birliklarda aks etgan;
— miqdoriy bo‗lmagan birliklarda aks etgan;
— asosga binoan sinash yo‗li bilan olingan;
— birgina xossasini ifoda etuvchi;
— barcha xossasini ifoda etuvchi.

Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to‗g‗ri va haqiqatga yaqin bo‗lishi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, bir to‗p matoning sifat ko‗rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy standart sinash usulidan foydalaniladi. O‗lchash xatoligi 5 %dan oshmaydigan maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang‗ich ko‗rsatkichlarni belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang‗ich ko‗rsatkichlar o‗z navbatida to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o‗lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli ko‗rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Natijada, bu daraja o‗zgarishi ham, o‗zgarmasligi ham yoki umuman doimiy qolishi ham mumkin.





Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish