O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va
muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi
3531008 «Tikuvchi»
yo‘nalishi “ Tikuvchilik materialshunoslik.” fanidan
«Gazlamalarning tolaviy tarkibi,tuzilishi tasnifi va ularning xossalari. »
mavzusi bo‘yicha
U S L U B I Y Q O‘ L L A N M A
Boyovut-2022
ANNOTATSIYA
Ushbu uslubiy qo‘llanma «Tikuvchilik» yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar maktablarining ustaxonalarida zamonaviy jihoz va uskunalardan foydalanilgan holda turli kiyimlarga “Tikuvchilik materialshunoslik.” fanidan tashkil etishga mo‘ljallangan.
Tuzuvchi: S.T.Nazarova – Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 2-son
kasb-hunar maktabi Ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
Taqrizchilar: R.M.Haydarova – Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 2-son
kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi
K.Ahmadova – Sirdaryo viloyati Mirzaob tumani Mirzaobod tehnalogiyasi texniko’mining « Tikuvchilik » yo’nalishi ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
Boyovut tumani 2-son kasb-hunar maktabi Ilmiy pedagogik kengashining 2022 yil « ___ » ___________ -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va kasb-hunar maktabi « Kasbiy fanlar » kafedrasining 2022 yil « ____ » ___________ ___sonli yig’ilish bayoni bilan foydalanishga tavsiya etilgan.
КIRISH
Mamlakatimiz bozor munosabatlariga o‘tish davrida mavjud bo‘lgan barcha turdagi sanoat korxonalarining rivojlanishi,iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshib borishiga olib keladi.Shu bilan bir qatorda, ichki bozorni yuqori sifatli, takomillashgan texnologiya va mahsulotlar bilan to‘ldirish, iqtisodimizning yuksalishiga muhim omil bo‘ladi. Respublikamiz oldida turgan asosiy masalalardan biri — ichki bozorlarimizni o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va jahon bozorlarida raqobat qilaoladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdir.Ya'ni,barcha turdagi sanoat korxonalarida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, hamda jahon bozorlarida raqobat-bardoshligini oshirish uchun birinchi navbatda korxonalarda mavjud bo‘lgan eski asbob-uskunalar o‘rniga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash,ishlab chiqarishda idishlarga joylashtirish,saqlash va transportda tashish davrida, hamda ulardan samarali foydalanishda qo‘yilgan talablarga rioya qilish, mahsulot sifatining barqarorligini ta'minlash lozim.Ta’lim va tarbiya sohasidagi chuqur islohatlarni amalga oshirish,„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ vazifalarini ro‘yobga chiqarish,yuqori malakali kadr, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda barcha ta’lim muassasalari oldiga murakkab, ko‘p qirrali va mas’uliyatli vazifalar yuklangan. Bu masalalarni hal etishda kasb-hunar maktablarida ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish,ta’lim metodlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
kasb-hunar maktablarida turli xil yo‘nalishdagi kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur kasb-hunar maktablarda mutaxassislik fanlariga kiruvchi „Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va turli hildagi tikish,badiiy bezash“ fani o‘qitiladi. Respublikamizdagi kichik tikuvchilik korxonalari, qo‘shma korxonalar va yakka buyurtma asosida tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining kiyimga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, kasb-hunar maktablarida, maktabdan
tashqari muassasalarda o’quvchi-yoshlarni tikuvchilik korxonalarida xizmat qilishga tayyorlash ishlariga hamda ta’lim muassasalarida olgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda.
„Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan barkamol yetuk rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish
davlatimizning eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini tayorlashda ishlatiladigan matriallar tayorlanish jarayonlari tollalar va mahsulot turlari, loyihalash, modellashga oid masalalarning bayoni bo‘lib, kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |