Sarjali urilishda - tanda va arkok buyicha rapportlarda kamida uchta eki undan xam kup ip buladi. Agar kandaydir tanda ipi ana shu urilishda birinchi arkok ipini epsa, undan keyingi tanda ipi albatta bundan keyingi (ikkinchi) arkok ipini epadi, natijada urilish vaktida bitta ipga siljish paydo buladi. Sarjali urilishning bu xususiyati gazlama sirtida diagonal yullar xosil bulishiga olib keladi. Sarjali urilishdar kasr bilan ifodalanadi, uning surati rapportda tanda koplamasi sonini, maxraji esa rapportdagi arkok koplamasi sonini kursatadi. Surat bilan maxraj yigindisi rapportdagi tanda va arkok iplarning sonini beradi (1/3, 1/2, 2/1, 3/1 va boshka). Sarja kursatkichining surati maxrajidan katta bulsa, gazlamaning ungida sasosan tanda iplari buladi, bu tandali sarja buladi. Teskarisi bulsa, bu arkokli sarjadir (1/2, 1/3,1/4). Ipning sifati xamda tanda va arkok buyicha zichligi bir xil bulgani xolda sarja urilishida tukilgan gazlamalar polotnoliga karaganda bushrok buladi (sarjaning rapporti kancha kup bulsa, gazlama shunchalik bushrok buladi). Sarjali urilish bilan sarja, kashemir, bumazeya, triko va boshka gazlamalar tukiladi.
Satin eki atlasli urilishlarda - rapportda beshdan kam ip bulmaydi. Bu urilishlarning uziga xos xususiyati shundaki, kushni tanda iplarning arkok iplarini epgan joylari xamma vakt bittadan ortik ipga siljib turadi. Atlasli urilishlar kasr bilan ifodalanadi. Masalan, 5/2 bunda surat rapportidagi iplarning soni, maxraj esa kushni iplardagi koplamaning siljishini kursatadi. Bu urilishlar tandali va arkokli bulishi mumkin. Tandali atlasda rapportning xar bir tanda ipi gazlamaning ungida joylashgan buladi va arkok ipning ostidan fakat bir marta utadi. Bu urilishni atlas deb ataydilar. Arkokli atlaslar eki satinlarda esa rapportning xar bir arkok ipi gazlamaning ungida joylashgan buladi va tanda ipi uning ustidan fakat bir marta utib koplaydi. Urilishni kurishda bir necha koidaga rioya kilish kerak:
1) Rapport va siljish kursatkichlari sonining umumiy buluvchilari bulmasligi kerak;
2) Rapport soni siljish soniga bulinmasligi kerak;3) R - 1 > S > 1 Shuning uchun 6/2, 6/3, 6/4, 8/6, 9/3 va boshkaurilishlar bulishi mumkin emas.Iplarning sifati xamda tanda va arkok buyicha zichligi bir xil bulgan xolda atlasli urilishlarda tukilgan gazlamalar polotnoliga karaganda bushrok buladi. Ammo atlasli urilishda tukilgan gazlamaning sirti sillik va yaltirok buladi. Bu urilishlar bilan satin, lastik va boshka gazlamalar ishlab chikariladi.
Savollar.
Gazlama deb nimaga aytiladi.
Arkok ipini tukishga tayyorlash jarayoni kanday utadi.
Tanda ipini tayyorlash jarayoni nimadan iborat.
Kanday tukuv dastgoxlari bor?
Gazlama tuzilishining asosiy xarakteristikalaridan biri nima va unimani belgilaydi?
Rapport deb nimaga aytiladi?
Gazlamaning urilishlari kanday sinflanadi?
Bosh urilishlarga kaysi urilishlar kiradi?
Polotno urilishi kanday buladi?
Sarjali urilish kanday kurinishga ega?
Satin yoki atlasli urilish deb nimaga aytiladi?
Gazlama tuzilishi xarakteristikalariga nimalar kiradi?
Gazlama tuzilish fazalari nechaga bulinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |