11 Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Reja:
Iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
Davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
Bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
Xalqimiz tomonidan istiqlol yillarida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l, erishilgan ulkan yutuq va marralar, ularning mazmun va mohiyatini har tomonlama bilish, uni zamondosh ongiga singdirish va fuqarolarda mustaqil hayotda erishilgan natijalarni his qilib yashash tafakkurini shakllantirish bugungi tobora globallashib borayotgan jarayonlarga to‘la zamonda katta ahamiyatga ega.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi xalqimizning tarixiy g‘alabasi bo‘lib, o‘tgan yigirma besh yil mobaynida davlatimiz rahbari I.A.Karimov rahbarligida mamlakatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida aholiga yuqori sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, jamiyatda oila institutining o‘rni va rolini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda joylardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
YOshlarning oila sari ilk qadamlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limidan boshlanadi. SHunday ekan, bu dargohlarning har jihatdan ko‘rkam va go‘zal bo‘lishi yosh oilalarning baxtli turmushiga poydevor bo‘ladi. Mustaqillik yillarida barcha FHDYO organlari faoliyat yuritishi uchun yangidan yangi ko‘rkam salobatli binolar qurilib, foydalanishga topshirildi.
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatning sifatini yanada oshirish uchun barcha FHDYO organlari yangidan jihozlangan keng va yorug‘ xonalarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida o‘z faoliyatlari amalga oshirmoqda.
Zero bu kabi imkoniyatlarning yaratilishi barchamizni muqaddas Vatanimizning farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi hamda har tomonlama yuksalishi yo‘lida bir tan va bir jon bo‘lib faoliyat ko‘rsatishga undaydi.
O‘zbekistonda vatanga muhabbat va iftixor tuyg‘usi yuksalmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan xotin-qizlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila va jamiyatda mavqeini yuksaltirish, salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Istiqlol yillarida erishilgan muvaffaqiyatlarimiz Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan, jahonda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb tan olingan, mashhur besh tamoyilga asoslangan va puxta o‘ylangan taraqqiyot modelining hayotga izchil tatbiq etilayotgani samarasidir.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda amalda o‘zini to‘la oqlagan islohotlarning besh tamoyili ishlab chiqildi va joriy etildi. Mazkur tamoyillar mamlakatimizni isloh etish bo‘yicha aniq maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini yaratdi, dunyoda yuz berayotgan moliyaviy iqtisodiy inqirozlar davrida ham respublikamizning barqaror rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Mamlakatimizning siyosiy hayotini yanada demokratlashtirish, davlat va jamiyat qurilishini isloh etish va yangilashga qaratilgan tub o‘zgarishlarni amalga oshirishda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishi aynan shu talab bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan boshlangan keng ko‘lamli ishlarimizni yanada izchil davom ettirish dasturi hisoblanadi.
Mustaqillik - demokratik islohotlar kafolati. Biz mustaqillik tufayligina mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolati ekanligini aniq tushunib olishimiz kerak.
Muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov asoslab berganidek, mamlakatni yangilash va modernizatsiyalash tadrijiylik va izchillikka erishish kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston - yuksak ma’naviyatni qadrlaydigan yurt. Mamlakatimizda rivojlanish ma’naviy-axloqiy negizlarining qat’iy belgilanishi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy islohotlarda avvalboshdan o‘z ifodasini topdi. Xalqimiz ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish borasida olib borilgan siyosat va amalga oshirilgan ishlar inson salohiyatini erkin namoyon qilishi uchun zarur muhitni shakllantirdi. Istiqlol davrida ma’naviy merosimizni tiklash borasida amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar, tariximizni xolisona o‘rganish, ulug‘ allomalar adabiy-ilmiy asarlarining tarjima va nashr qilinishi, qadamjolarni obodonlashtirish, diniy qadriyatlarning, xalq udumlarining yangidan tiklanishi, adabiyot, san’at sohasidagi yutuqlar bularning barchasi jamiyatda ma’naviy-ruhiy ko‘tarilishga olib keldi va islohotlarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.
Umuman olganda, 25 yil mobaynida olib borilgan faoliyatning mazmun-mohiyati va pirovard natijasi eng oliy qadriyat hisoblanmish inson uchun, uning baxt-saodati uchun, tinch va farovon hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Sir emaski, har yili an’anaviy tarzda YUrtboshimiz tomonidan ushbu eng ulug‘, eng aziz bayramni tantanali ravishda, ko‘tarinkilik bilan munosib nishonlash bo‘yicha qaror qabul qilinadi. E’tirof etish joiz, bu ham istiqlol yillaridagi go‘zal an’analarimizdan biriga aylandi. Mazkur qarorning bajarilishida davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy institutlar, jamoatchilik, qolaversa, har bir fuqaro faol ishtirok etishi zamirida aynan istiqlolga hurmat, mustaqillikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishdek ulug‘ maqsadlar mujassam.
Mustaqillik yillarida YUrtboshimiz rahnamoligida erishilgan yutuqlar zamirida aynan xalqimizning o‘zaro birdamligi, mehnati yotganligi, xalqaro miqyosda alohida e’tirof etilayotgan natijalar osonlik bilan qo‘lga kiritilmayotganligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish va demokratik jarayonlarning barchasi xalqimiz hayoti va uning turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganligi kabi muhim jihatlar targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratish lozim. Albatta, o‘tgan yigirma besh yil ichida xalqimiz qo‘lga kiritgan beqiyos yutuqlar hurlik, ozodlik va erkinlik sharofatidandir.
O‘zbekiston tanlagan o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – "O‘zbek modeli" bugun mamlakatimizning har sohada yuksak natijalarga erishishida muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida yurtimiz taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Uzoqni ko‘zlagan, puxta va hayotiyligi isbotlangan bu strategiya boshqa mamlakatlar uchun ham o‘rnak olsa arzigulikdir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan yutuqlardan eng asosiysi - yurtdagi tinch¬lik va barqarorlikdir. Zotan qisqa davr 25 yil davomida erishilgan yutuqlar o‘zining olamshumulligi bilan kishi qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. SHu bilan birda, O‘zbekiston bosib o‘tgan yo‘l, bir maqsad yo‘lida sobitqadamlik, qat’iyat va hamjihatlik bilan uzoqni ko‘zlab, puxta o‘ylangan islohotlar natijasi qisqa vaqtga nisbatan kattaroq yutuqlarni qo‘lga kiritish mumkinligini jahon hamjamiyatiga isbotlab berdi.
Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan, erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida haqli e’tirof etilganidek, biz bundan 25 yil oldin o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallaganimiz, o‘zini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur o‘ylangan, milliy manfaatlarimizga to‘la javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lining naqadar to‘g‘ri va hayotiy ekanini tasdiqlab bermoqda.
Mustaqillik - erkin va baxtli yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning bosh omilidir. SHuningdek, mustaqillik ozod va obod Vatanning har bir farzandi o‘zligini, o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini teran anglashi uchun cheksiz va buyuk imkoniyat.
Mustaqillik biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni chuqur idrok etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida yashash, istiqlol g‘oyalarini yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbi va ongiga yanada teran singdirish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy va muhim sharti, milliy taraqqiyotimiz kafolati, demakdir.
Mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab katta tantana qilinadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etmoqda.
Har birimiz “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan shiorni qalbimizdan chuqur o‘tkazib, Mustaqilligimizning 25 yillik qutlug‘ bayramini hamjihatlik va uyushqoqlik bilan, yuqori kayfiyatda kutib olaylik.
Buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroridan.
Tarixiy 1991 yilning 31 avgusti kuni mustaqilligimiz e’lon qilindi. Vatanimiz va xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi. O‘tgan 26 yil mobaynida dunyo xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat munosib o‘rin egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzum barpo qilishga kirishildi. Buning uchun siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan tub islohotlar amalga oshirildi. Mamlakat va xalq oldiga rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Ana shu tarixan qisqa bir davrda juda katta va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘l bosib o‘tildi. Mustaqillik Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi.
Davrlar o‘tgani sari mustaqilligimiz tarixini o‘rganish, bu ulug‘ ne’matga qanday erishganimiz mohiyatiga etish, istiqlolimiz qadrini chuqur anglashning ahamiyati tobora ortib boraveradi.
Hayot hech qachon to‘xtab turmaydi, u ilgarilab boraveradi. Ammo shu jarayonda, taraqqiyotni kuchaytirish maqsadida yana bir bor fikr-mulohaza qilib ko‘radigan, boshqacha aytganda, yangilanishlar paytlari ham bo‘ladi. Mamlakatimiz hozir shunday yangi bosqichga kirdi.
SHu yilning 27 iyunida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida nishonlanadi. Qarorda ushbu Dasturni 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan.
Xo‘sh, ana shu beshta ustuvor yo‘nalish aynan nimalardan iborat? Bu erda ularni sanab o‘tishni o‘rinli deb hisoblaymiz:
Birinchi yo‘nalish. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
Ikkinchi yo‘nalish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
Uchinchi yo‘nalish. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
To‘rtinchi yo‘nalish. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
Beshinchi yo‘nalish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mustaqillik tarixini aynan mazkur yo‘nalishlarda nimalar qilinganini o‘rganish bo‘yicha yoritish ham mumkin. Ana shunda masala yanada oydinlashadi. YA’ni bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni aniqlash amalda bundan buyon qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni belgilab berishga ham xizmat qiladi.
Xo‘sh, mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan dasturni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash deganda nima tushuniladi? Bu savolga javob berish uchun gapni bir oz uzoqroqdan boshlashga to‘g‘ri keladi.
2016 yilning 25 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining internet tarmog‘ida elektron qabulxona tashkil etildi. Xalq bilan muloqot siyosati amalda shu kundan boshlandi.
O‘tgan yilning 4 dekabri kuni demokratik tamoyillar asosida xalq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O‘z-o‘zidan, mamlakatimiz tarixida yangi bir bosqich boshlandi.
O‘tgan yilning 7 dekabri kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan ma’ruzasida 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi.
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi nutqi matbuotda “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan sarlavha bilan bosildi.
Keltirilgan ana shu harakatlar o‘rtasida izchil mantiqiy bog‘liqlik bor. Ular zamirida xalq va davlat birligi ko‘zda tutilgan.
“Davlat”, “mamlakat”, “hukumat”, “hokimiyat”, “jamiyat”, “xalq”, “millat”, “xalq hokimiyati” tushunchalari bor. Bir qarashda, hammasi – sodda, hammasi – tushunarli. Rostini aytganda, gohida ko‘plar “mamlakat” bilan “davlat”ni, “davlat” bilan “hukumat”ni, “hukumat” bilan “hokimiyat”ni, “jamiyat” bilan “xalq”ni, “xalq” bilan “millat”ni, “xalq” bilan “xalq hokimiyati”ni bir-biri bilan adashtiradi.
Demokratik tuzumda bularning har biri – alohida-alohida tushuncha. Aytaylik, davlat bilan hukumatni obdon farqlab olmay turib, davlat va jamiyat vazifalari o‘rtasidagi tafovutni ham aniqlashtirib olish – mushkul. CHunki demokratik tuzumda davlat vazifalari bilan jamiyat vazifalari o‘zaro qat’iy chegaralanadi, ya’ni vazifalar o‘zaro taqsimlab olinadi.
SHo‘ro davlati jamiyatning barcha vazifalarini o‘z bo‘yniga olgan, shuning uchun tuzumda jamiyatning o‘rni ham, undagi fuqaroning faolligi ham cheklab tashlangan edi. Odamlarimiz tasavvurida mavjud davlat haqidagi eski qarashlar hamon taraqqiyotimizga xalal berib kelayotgani ham – rost. Holbuki, hayotning bir qism muammosini davlat, qolgan ko‘p masalasini jamiyat hal qilib ketaverishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi ham faoliyat yurityapti. Barcha idora va tashkilotlar, mahalliy hokimiyatlarning shunday qabulxonalari tashkil etildi.
Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. Odamlar hamma masala echimini davlatdan kutavermaydi. Ammo shunday narsalar borki, uni faqat va faqat davlat idoralari amalga oshiradi yoxud xalq bunday muammoni davlat bilan birgalikdagina echadi.
Ommaviy axborot vositalari xalq bilan muloqotning sinalgan, katta kuchga ega, tayyor mexanizmi hisoblanadi. Endilikda ommaviy axborot vositalarini xalqning ziyolilari uchun chinakam minbarga aylantirilishi vaqti etdi. Axir, ziyolilar xalqning lokomotivlari hisoblanadi-ku. SHuning uchun obrazli qilib, ya’ni ramziy ma’noda “to‘rtinchi hokimiyat” deyiladi.
Masalaning bundan ham muhim bir jihati bor. Bu davlat hokimiyat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi bilan bog‘liq. “Adolat – qonun ustuvorligida”, – degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal qilishga shu yo‘l bilan erishiladi.
Mamlakatimizda shu tariqa davlat va xalq o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni kuchaytirish davri boshlandi. Mustaqillikning 26 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturida, jumladan, “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan tamoyilga asosan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini, davlat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish orqali davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni atroflicha yoritish ko‘rsatilgan.
Bu borada mamlakatimiz o‘tgan yillar mobaynida tamoman o‘ziga xos tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Bu ishlarni kim amalga oshiradi? Albatta, davlatimiz rahnamoligida mard va olijanob xalqimiz. Bundan buyon ham taraqqiyotimiz aynan ana shu davlat va xalqning jipsligiga tayanadi. Busiz hech bir mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarga erishgan emas.
YAna bir tamoyil yuqoridagisi bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Bu – “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil.
O‘tgan 26 yil mobaynida xalqimiz o‘z milliy davlatini qurdi. Davlat qurish esa xalq va mamlakat tarixida juda murakkab hamda o‘ta muhim bosqich hisoblanadi.
Xususan, qariyb bir yarim asr mobaynida mustamlaka iskanjasida yashashga majbur etilgan xalq uchun bu qanchalar og‘ir kechishini bir ko‘z oldimizga keltiraylik.
Birinchidan, xalq siyosiy jihatdan huquqlaridan tamoman mahrum qilib tashlandi. U hamma masalada sobiq markazdan so‘rash, uning qoshu qovog‘iga qarab ish ko‘rishga majbur etildi.
Ikkinchidan, iqtisodiy jihatdan respublikamiz bir yoqlama rivojlangan, asosan, paxta xomashyosi etkazib berishga moslashtirilgan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan bir o‘lkaga aylanib qolgan edi. CHunki iqtisodiyotning “oltin” qoidasi shuki, hech qachon xomashyo sotgan boy bo‘lmaydi. O‘zbekistonimizda o‘sha yillari etishtirilgan 5 million tonnadan ortiq paxtaning atigi 8 – 10 foizigina o‘zimizda qayta ishlangan, qolgan qismi olib ketilgan va asosiy foyda tayyor xomashyoni qayta ishlagan begona hududlarga kelib tushgan.
Vaziyatni to‘la-to‘kis ko‘z oldimizga keltirish uchun 1990 yil 4 iyunida Islom Karimov tomonidan qayd etib o‘tilgan mana bu ma’lumotlarga diqqat qilaylik:
“...Respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi....Har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa – ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz.
O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o‘rta hisobda 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmayapti”.
Uchinchidan, xalqning milliy ma’naviyatiga bolta urildi.
Holbuki, har bir xalq o‘z tarixiy ildizlariga suyangan holda ravnaq topadi. Mustaqillik yillarida bu to‘la-to‘kis tasdig‘ini topdi.
Haqiqat qiyosda bilinadi, degan gap bor. Mustaqillikdan oldingi 1990 yili yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. Hozirgi vaqtda esa bunday tovarlarning qariyb hammasi mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarilyapti. YOki endilikda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90 – 92 foizini etkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va etakchi kuchga aylanib borayotir. Mustaqillikka qadar yurtimizda umuman mavjud bo‘lmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan o‘rta sinf – mulkdorlar sinfi jadal rivojlanyapti. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yil sayin ortib boryapti.
Bu ishlarning bari aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan. SHu tariqa mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori yaratildi.
YUrtimiz ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o‘lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylandi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda etakchi o‘rinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.
Bizda bu yutuqlar bilan cheklanib qolinayotgani yo‘q. Hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga qaramasdan, mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan qat’iyat bilan ilgarilab borishiga asos bo‘layotgan aniq mezon va omillar mavjud.
Bunday yutuqlarning adog‘i yo‘q.
Xo‘sh, bu muvaffaqiyatlarga nimalar evaziga erishdik?
Avvalo, oqilona olib borilgan siyosat tufayli O‘zbekistonimiz sanoati tez sur’atlar bilan o‘sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan davlatga aylandi.
Qisqa fursat mobaynida mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan xalq bilan ochiq va samarali muloqot olib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida fuqarolarning ko‘plab murojaat va muammolari qonuniy hal etila boshladi.
Davlatning xalqqa bunday qayishishi natijasida odamlarning ruhiyatida katta o‘zgarish yuz berdi. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi ortdi, siyosiy xabardorlik darajasi ko‘tarildi.
Eng muhimi, jamiyatda tadbirkorlik muhiti jonlantirib yuborildi. Ishbilarmonlarga davlat tomonidan qulay imkoniyatlar yaratib berilyapti. Bir paytlar tadbirkor kredit so‘rab banklarga yalinib borgan bo‘lsa, endi banklarning o‘zi tadbirkorlarga kreditlar taklif qilyapti. Bularning bari mamlakatda ishlab chiqarish va xizmatlarning misli ko‘rilmagan turlari, ko‘plab yangi ish joylari yuzaga kelishiga asos bo‘lyapti.
Qarorda ham qayd etilganidek, bularning barining zamirida: “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, – degan tamoyil yotibdi.
Xalq ong-tafakkuri, dunyoqarashining o‘zgargani – mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz. Bundan buyon ham: “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz”, – degan g‘oya shiorimiz bo‘ladi.
Bashariyat tarixi shundan guvohlik beradiki, hech bir mamlakat o‘zi yolg‘iz holda taraqqiy etgan emas. CHunki murakkab dunyoning ko‘pdan-ko‘p muammolari aynan hamkorlikda, do‘stona tarzda hal etiladi. SHu jihatdan qaraganda, O‘zbekistonimizda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga qat’iy amal qilinadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholisi jihatidan eng katta mamlakat. CHunki mintaqadagi jami 65 million atrofida aholi yashasa, uning teng yarmi mamlakatimizda istiqomat qiladi. Bundan tashqari, xalqimiz jahon tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan boy ma’naviy merosga ega. Mamlakatimizning bugungi iqtisodiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati ham – juda katta.
Mustaqillik yillarida jahon maydonida erishgan yutuqlarimiz bizni kurrai zaminga yana ham tanitdi. Amalda xalqimiz kimlarning avlodi ekanini, nimalarga qodirligini namoyon etdi. Dunyo bizga hurmat ko‘rsatishga, biz bilan yaqindan hamkorlik qilishga kirishdi. Qo‘shnilarimiz bilan yaqin do‘stona munosabatlar esa, birinchidan, bizning milliy manfaatlarimizga to‘la mos keladi, ikkinchidan, buni xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborimiz ham talab qiladi.
O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Biz ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodimizni yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib voyaga etkazishni eng muhim ishlarimizdan deb bildik. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o‘zimizning ustuvor vazifamiz deb kun tartibiga qo‘yganimizning vaqt o‘tishi bilan naqadar uzoqni ko‘zlagan tarixiy qadam bo‘lgani tobora ayon bo‘lmoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan qurultoyida O‘zbekiston YOshlar ittifoqi tashkil etilgani, uning vazifalari belgilab berilgani, yoshlar tashkilotiga talay imtiyozlar joriy etilgani, 30 iyun mamlakatimizda “YOshlar kuni” deb e’lon qilingani ham bizda bu masala davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarida ona yurtimiz, uning barcha mintaqalari, shahar va qishloqlarimizning chiroyi tobora ochilib, go‘zal qiyofa kasb etdi. Bu esa shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini orttirishga xizmat qilib, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirmoqda.
Istiqlol yillarida O‘zbekistonda uch buyuk yo‘l qurildi. Birinchisi – Farg‘ona vodiysini Toshkent viloyati va shu orqali mamlakatning boshqa mintaqalari bilan bog‘laydigan Qamchiq dovoni. 1998 yili boshlanib, qisqa muddatlarda, ya’ni 2000 yili foydalanishga topshirilgan bu ulkan yo‘l qurilishi – mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega. SHu tariqa mamlakatimiz orqali avtomobil yo‘li bilan Xitoygacha borish uchun zo‘r imkoniyat ochildi.
Farg‘ona vodiysidagi uch viloyatimizda mamlakatimizning qariyb 10 million kishidan iborat aholisi yashaydi. Eskidan mavjud Qamchiq dovonining ilon izi yo‘llaridan qish mahallari yurishning mutlaqo iloji yo‘q edi. YOz paytlari ham bu tor yo‘ldan transportning bugungi talablar darajasidagi katta oqimi uchun hech qanday imkon bo‘lmagan. Tojikiston orqali o‘tgan katta magistral yo‘l bilan yurishga esa, uzoq masofani aylanishga to‘g‘ri kelar, bir mamlakat ichida qo‘shni mintaqaga ikkinchi bir davlat hududi orqali yurish har taraflama qimmatga tushar edi.
SHu ma’noda, davlat hududiy yaxlitligini ta’minlash borasida O‘zbekiston mustaqillik yillarida bunyod etgan eng buyuk qurilish – Qamchiq dovoni bo‘ldi, deb baralla ayta olamiz. Bu uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan, muhim strategik ahamiyatga ega buyuk inshoot hisoblanadi. Qoyalar kesilib, yo‘l kengaytirildi, baland tog‘lar ustida joylashgan magistral pastroqdan o‘tkazildi, biri 1.100 va ikkinchisi 500 metr bo‘lgan tunnel qazildi.
YOsh, endi qaddini rostlab olayotgan bir milliy davlat uchun bu naqadar katta yutuq ekanini bugun barcha tushunib etmoqda.
O‘tgan yilning iyun oyida Qamchiq dovoni bo‘ylab zamonaviy temir yo‘l ham ishga tushirildi.
SHu tariqa mamlakatning sharqi kommunikativ jihatdan mustahkamlandi.
YUrtimizning shimolida joylashgan ikki mintaqamiz – Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan Xorazm viloyati ham ma’lum darajada uzilib qolgan edi. CHunki u yoqqa boradigan temir yo‘l Turkmaniston hududidan o‘tar, Buxoro viloyatidan chiqqanidan keyin qo‘shni davlat cho‘llari uzra naq bir kun yurar edi. Avvalo, vaqtdan yutqazilar, qolaversa, har bir vagon hududidan o‘tgani uchun qo‘shni davlatga kattagina boj to‘lanar edi.
2001 yilning oxiriga kelib umumiy uzunligi 633 kilometrni tashkil qiladigan Navoiy – Uchquduq – Sultonuvaystog‘ – Nukus temir yo‘li ishga tushirildi. Avvalo, masofadan yutdik, yo‘lga ketadigan vaqt 6 soatga qisqardi. Bundan tashqari, shu yangi yo‘l yoqalab hayot jonlandi.
Qashqadaryo bilan Surxondaryo viloyatlari – o‘zaro qo‘shni. Biroq Qarshidan Termizga borish uchun poezd avval Qashqadaryo viloyatidan Turkmaniston hududiga o‘tib, u erda soatlab yurishi va keyin Surxondaryo viloyatiga kirib kelishi kerak edi. 2007 yilning avgustida jami 223 kilometrni tashkil etgan Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on yo‘li ishga tushirildi.
SHu tariqa janub ham mamlakatning boshqa hududlari bilan mahkam bog‘landi.
Hozirgi paytda Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi, Toshkent – Buxoro yo‘nalishlarida yuksak texnologiyali, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektrpoezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ham mamlakatimizdagi yuksak taraqqiyotdan darak beradi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizning barcha qishloq tumanlarida yangi uy-joy massivlari barpo etildi, namunaviy loyihalar bo‘yicha kredit shartnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurib, foydalanishga topshirildi. Bu yangi massivlarimizda aholining yaxshi yashashi uchun qulayliklar tug‘dirish ishlari jadal davom ettirilyapti. Bu turar-joy massivlarida ijtimoiy ahamiyatga molik ob’ektlar ham qurilmoqda. Bunday uylarda yashayotgan fuqarolar mavjud sharoitlarning shahardagidan aslo qolishmasligini ta’kidlab, shukronalik bildirmoqda.
SHuni unutmasligimiz kerakki, bugun biz o‘ta tahlikali va qaltis zamonda yashayapmiz. YOn-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlashimiz zarur. Millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash bugun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buni har birimiz chuqur his etishimiz darkor. SHuni ham unutmasligimiz kerakki, bugungi tinchlik-osoyishtalik o‘z-o‘zicha ta’minlanayotgani yo‘q. Mustaqillikni mustahkamlash, uni himoya qilish hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Inson uchun ona Vatanidan azizroq makon yo‘q bu dunyoda.
CHunki Er yuzida O‘zbekistonimiz – yakkayu yagona. Biz u bilan har qancha faxr-iftixor qilsak ham – kam. Bunga uning boy o‘tmishi ham, ravnaq topayotgan buguni ham, porloq kelajagi ham to‘la asos beradi.
Bizga shunday yashash baxtini bergan Istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |