14 O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi.
2. "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning qabul qilinishi.
3. Ta'limning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan etuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining etmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Umumta’lim maktablariga joriy yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kuni kabi tadbirlar tashkil qilib, turli uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidladi.
2016/2017 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinfda o‘qishni davom ettirmoqda.
Yig‘ilishda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning etuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Ushbu maktablarning asosiy vazifasi etib yuqori malakali va bilimdon o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birga, chet tilini o‘qitishga ham usutvor ahamiyat qaratish zarurligi belgilangan. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda, 8-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda umumta’lim maktablarida bitiruvchilarni 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. SHuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga, korxona-tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, bunda rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarga alohida ahamiyat qaratish, test sinovlarining ochiqligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
SHuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi.
Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan tubdan farq qiladi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’lum qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Xulosa o‘rnida, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 16 avgust kuni umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuhamedov, xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi.
Majlisda Prezidentning Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjaev, Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.
Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z xohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olish ishlari izchil davom etmoqda.
O‘quv rejasiga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta’lim fanlarini va 1 kun kasbga doir fanlarni o‘rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi.
Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. SHularning 9,5 ming nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar o‘qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirilyapti.
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o‘qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.
10-sinf o‘quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, ayni paytda ta’lim muassasalariga etkazilmoqda.
Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlaridan har bir maktabga mas’ullar biriktirildi.
Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o‘quvchi uchun "Prezident sovg‘asi" sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to‘liq etkazildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni tanlab olish va ularni oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta’lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmoq vazirliklari va davlat qo‘mitalariga biriktirib berildi.
10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiallari va 1 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etilmoqda.
Muloqot chog‘ida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatini ta’lim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy- tadqiqot ishlariga yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o‘qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko‘p jihatdan ularning maktabgacha ta’lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog‘liqdir.
Majlisda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish, ularni eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga 25 avgustga qadar barcha ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |