Siqish (oí), adiabata (ví) va siqishning haqiqiy politropasi
(fd)laming o‘zaro joylashishi.
Yonish kamerasi sirtining mahalliy haroratlariga qarab ikkala hodisa: yuqoriroq haroratda qizigan detallardan ishchi jismga issiqlik berilishi va ishchi jismdan sovuqroq detallarga issiqlik olib ketilishi bir vaqtning o‘zida kechishi mumkin.
Siqish politropasi ko‘rsatkichi p\ yu.ch.h. yaqinida ishchi jismning harorati yuqori bo‘lishiga qaramasdan, adiabata ko‘rsatkichi k\ dan kichik bo‘lgani holda, biroz kattalashadi. Buni quyidagi bilan tushuntirish mumkin: siqish oxinda sovitish yuzasi kamayadi, ishchi jism yonish kamerasida yuqoriroq haroratga qizigan detallarga tegib turadi, natijada de vori arg a issiqlik uzatilishi biroz kamayadi. Demak, haqiqiy siklda ishchi jismning siqilishi – politropa ko‘rsatkichi o‘zgaruvchi bo‘lgan jarayondir. Amaliyotda politropaning o‘zgaruvchi ko‘rsatkichini qandaydir o‘rtacha ko‘rsatkich P i = 1,32-1,39 bilan almashtirishadi. Bu raqamlar siqishning to‘liq davrida ko‘p hollarda issiqlikning qandaydir miqdori uzatilishi (yo‘qotilishi)ni bildiradi. Lekin uzatiladigan issiqlikning umumiy
miqdori juda kam, shuning uchun dvigatellardagi siqish jarayoni adiahalikka juda yaqin. Porsheni sovitilmaydigan dvigatellarda P i > 1,4 bo‘lishi ham mumkin.
Siqish politropasi ko‘rsatkichi p x ga ta’sir qiluvehi asosiy omillar:
- silindr sovitilishining intens ivligi:,
- silindr o‘lchamlari;
-tirsakli val aylanishlar chastotasi;
- zaïyad harakatining intensivligi.
Silindr sovitilishining ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi: silindr
devorlarining harorati past bo‘lganda siqilayotgan gazlardan issiqlikning olib ketilishi intensiv bo‘ladi, ya’ni politropa ko‘rsatkichi kichiklashadi. Masalan, suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarda, havo bilan sovitiladigan dvigatellarga nisbatan, p\ qiymati kichikroq bo‘ladi.
Silindr oichamlari kichik boTgan dvigatellarda va ayniqsa,
yonish karaerasi ajralgan dvigatellarda siqish politropasining o‘rtacha ko‘rsatkichi odatda biroz kichikroq boladi, chunki ularda solishtirma sovitilish yuzasi - siqilayotgan gaz massasi birligiga mos keladigan yonish kamerasining sirti - nisbatan kattaroq bo‘ladi.
Porshen halqalari va klapanlar nozichliklari orqali gazning oqib ketishi ham siqish politropasining ko‘rsatkichiga ta’sir qiladi - Pi qiymati pasayadi.
Tirsakli val aylanishlar chastotasi siqish vaqtida devorlarga
uzatiladigan issiqlikning summar miqdoriga ta’sir qiladi. Jarayonning umumiy davomiyligi tirsakli val aylanishlar chastotasiga teskari proports ional, shuning uchun aylanishlar chastotasi O u ganda siqish politropasining o‘rtacha ko‘rsatkichi p xortadi. Nadduvsiz dizellarda yukning siqish jarayoniga ta’siri sezilarsiz darajada. Politropa ko‘rsatkichining siqish darajasiga bogTiqligi ham sezilarsiz.
Miqdoriy sozlanadigan (benzinli) dvigatellarda hamda nadduvli dizellarda yuk rejimi o‘zgarganda zaryad zichligi o‘zgaradi. Zaryad zichligi ortishi bilan sovitiladigan solishtirma yuza kamayadi, natijada yuk ortganda siqish politropasi ko‘rsatkichi ortadi va aksincha, yuk kamayganda uning qiymati kichiklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |