Sifatlovchi-aniqlovchiga misollar:
Ko'm-ko'k (sifat) g'o'zalar hosilga kirib, guli ko'sakka aylanmoqda.
Bu (olmosh) kishining fe'l-atvori menga juda yoqib tushdi.
Mahallada duv-duv (taqlid so'z) gap tarqaldi.
Aytilgan (sifatdosh) so'z - otilgan (sifatdosh) o'q.
Sanjar sakkizinchi (son) sinfda o'qiydi.
Besh-olti (son) keksa yig'ilishib maslahat qilishdi.
Ko'cha tomondan gurs-gurs (taqlid so'z) oyoq tovushi keldi.
QARATQICH-ANIQLOVCHI hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirib, kimning?, nimaning? singari so'roqlarga javob bo'luvchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchidir. Qaratqich aniqlovchili so’z birikmalarining asosiy belgisi tobe so'zning hokim so'zdan egalik qo'shimchalari bilan kelishini talab qilishidir: maktabimizning to'garagi, hunar maktabi. Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog'lanadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to'ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. Solishtiring: olmaning bargi - olmani yedim.
Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi:
1) qaratqich va qaralmish belgili keladi (daraxtning bargi)
qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi (direktor xonasi)
qaratqich va qaralmish belgisiz keladi (o'rik danak, yong’oq mag'iz)
ayrim vaqtda qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi mumkin (bizning qishloq)
Qaratqichl aniqlovchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Shiftga osig'lik qirqinchi chiroqning qalpog'i devorlarining tepayog'iga cho'ziq soya solgan.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
Otlashgan son bilan: Birining ko'zi qora, ikkinchisining ko'zi ko'k edi. O'nning yarmi - besh.
Olmosh bilan: Bizning eshon - kabobpazlarning piri.
Otlashgan sifatdosh bilan: So'raganning bir yuzi qora, so’ramaganning ikki yuzi qora.
LZOHLOVCHI - aniqlanmishning millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi kabi qo’shimcha belgilarni tasvirlovchi aniqlovchilar. Izohlovchi : predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlab keladi.
Masalan: akademik Habib Abdullayev, Jo'ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.
Aniqlovchili so'z birikmada izohlovchi va izohlanmishning o'rnini almashtirish ma'noga ham, so'z birikmasidagi so'zlararo munosabarlarga ham ta'sir qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |