Quyidagi so‘z birikmalari yordamida gaplar tuzing, ma’nolarini
tushuntiring.
Ko‘chaning boshi, zumrad bahor, kumush qish, po‘lat iroda.
Savol va topshiriqlar
1. Leksikologiya deb tilshunoslikning qanday bo‘limiga aytiladi?
2. Yemoq
so‘zi o‘rnida qanday so‘zlarni qo‘llash mumkin? Ular o‘rtasida
qanday ma’no farqi borligini ayting.
3.
Yosh
so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi? Har bir ma’nosini gap ichida
keltirib, asoslang.
478-mashq.
Uyga topshiriq.
«Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar»
mavzusida mulohazalaringizni yozing.
159-d a r s.
SO‘ZNING ATASH MA’NOSI
1-topshiriq.
Quyidagi so‘zlarning borliqdagi nimalarni bildirishini ayting.
Gul, daftar, o‘rik, piyoz, qor.
2-topshiriq.
Hayvonlarni bildiruvchi o‘nta so‘z yozing. Bu so‘zlarning
bir-biridan qanday hayvonni bildirishiga ko‘ra farqlanayotganini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |