155-d a r s.
BO‘G‘IN KO‘CHIRISH QOIDALARI.
TOVUSHLARNING ORTTIRILISHI VA
TUSHIB QOLISHI
Takrorlash uchun savollar
1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
2. Ochiq bo‘g‘in nima?
3. Yopiq bo‘g‘inga misollar keltiring.
4. Tovush tushishi qanday so‘zlarda sodir bo‘ladi?
5. Qaysi so‘zlarda tovush orttirilishi hodisasi kuzatiladi?
471-mashq.
So‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga mos ravishda
bo‘g‘inlarga ajrating.
Arafa, adolat, a’zolik, murojaat, mo‘tabar, mo‘jizakor, karaxt, taxt,
turp, Surxondaryo, Sherobod, Alisher.
472-mashq.
Gaplardagi xato yozilgan so‘zlarni imlo qoidalariga mos
ravishda ko‘chiring. Bu so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqlarni
tushuntiring.
1. Fikir-mulohazalarimni qog‘ozga tushurishga urindim. 2. O‘tgan
haftada o‘qituvchimiz bilan tiyatrga borgan edik. 3. Qo‘shnimizning
Absalom va Abjabbor ismli o‘g‘illari bor. 4. Sinfdoshim Karimjon
katta bo‘sa artis bo‘moqchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |