esa yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. M a s a l a n:
o-na, bo-la
so‘z-
laridagi har ikki bo‘g‘in ochiq,
tosh-lar
so‘zidagi har ikki
bo‘g‘in yopiq bo‘g‘indir.
443-mashq.
Daftaringizga avval bir bo‘g‘inli, so‘ngra ikki, uch, to‘rt
bo‘g‘inli so‘zlarni ko‘chirib yozing.
Sholi, qand, jonbaxsh, sinf, jimirlamoq, laylak, amalparast, dard,
lazzat, bog‘, suvsizlik, a’lochi, qoloqlik, jimjimador, hashamatli.
*
444-mashq.
«Davom ettiring» o‘yinini tashkil qiling. Sinf taxtasiga
yozilgan so‘zga nechta bo‘g‘in qo‘shish mumkin?
N a m u n a: sabr-siz-lik-dan.
445-mashq.
Avval faqat ochiq bo‘g‘inli, keyin faqat yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni
ajrating, farqini tushuntiring.
Latifa, g‘alaba, san’at, sardor, qizg‘in, kema, hujjat, uka, avj, a’lo.
Savol va topshiriqlar
1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
2. Bo‘g‘inlar soni nimaning soniga teng keladi?
3. Ochiq va yopiq bo‘g‘in deganda, qanday bo‘g‘inlarni tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |