Qator kelgan unlili so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday so‘zlardagi qator unlilarni og‘zaki nutqda yo bir cho‘ziq unliga aylantirish (m a s a l a n, muallim ni malim) yoki qator kelgan unlilar o‘rtasiga ayrim undoshlarni qo‘- shish yo‘li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. M a s a l a n: soat so‘zi Farg‘onada sohat, Toshkentda sog ‘ at tarzida talaffuz qilinadi. 389-mashq. Matnni o‘qing, qator unlilar kelgan so‘zlarni topib, ularning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. OQSAROY
Amir Temur qurdirgan hashamatli saroylardan biri Shahrisabzdagi
Oqsaroy sanaladi.
Oqsaroyga tashrif buyurgan kishi uning go‘zalligi va ulug‘vorligi
oldida taajjubga tushadi, bu yerdan katta taassurotlar bilan qaytadi.
Oqsaroy temuriylar saltanatiga taalluqli bo‘lgan o‘lmas obidalardan
biridir. Biz har doim bu kabi o‘lmas obidalarimiz borligidan faxrlanib
yuramiz.
390-mashq.