Ot, sifat, son va boshqa so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ularga
ishora qiluvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi.
Olmoshlar qaysi so‘z o‘rnida qo‘llansa, o‘sha so‘zning
so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
*
260-mashq.
Gaplardan avval ot, keyin sifat, so‘ng son o‘rnida qo‘llangan
olmoshlarni aniqlang.
1. U o‘ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi.
(X. Sultonov)
2. O‘rtog‘ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o‘rindasan?
3. Cholning chapdast, chaqqon o‘g‘li bor ekan, mening ham shun-
day farzandim bo‘lsa edi.
(Ertakdan)
4. Men ham shunday o‘ydaman,
fikr-u yodim undadir, gar o‘zim har joydaman.
(Yo‘ldosh Sulaymon)
5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
261-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |