5-sinf, 3-qavat.
Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilsa, bu qo‘shimchalar
o‘rniga chiziqcha qo‘yilmaydi:
IX sinf, XXI asr.
Bir
so‘ziga
-ta
qo‘shimchasi qo‘shilsa,
bitta
deb aytiladi
va yoziladi.
257-mashq
.
Tartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1. Birinchi iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher
Navoiy bir ming to‘rt yuz qirq birinchi yil to‘qqizinchi fevralda Hirot
shahrida tug‘ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar
ekanlar.
(Ertakdan)
*
258-mashq
.
Tez aytishni aytib ko‘ring. O‘zingiz ham sonlar ishtirok
etgan tez aytishlarni topib, o‘rtoqlaringiz bilan musobaqa o‘ynang.
Tyanshan tog‘ining tagida Toshtemir tog‘aning traktori to‘qson
tonna temirni tortolmay, tirillab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |