So‘roq ma’nosini bildirgan gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi.
So‘roq gaplar so‘roq olmoshlari
(kim, nima, qayer,
qancha
kabi), so‘roq yuklamalari
(-mi, -a (-ya), -chi
) yoki
so‘roq ohangi yordamida ifodalanadi. M a s a l a n: – Tunda
yo‘lga chiqamiz.
– Tunda?
Yozuvda so‘roq gap oxiriga so‘roq (?) belgisi qo‘yiladi.
87-mashq.
Darak gaplarni so‘roq gaplarga aylantirib, daftaringizga
ko‘chiring.
Bepoyon sahro. Quyosh olov seli purkaydi. Ufq qadar yastangan
sarhadsiz qumlikda qilt etgan tirik jon ko‘rinmaydi. Ahyon-ahyonda
ko‘hna sardobalar uchraydi.
(X. Sultonov)
*
88-mashq.
So‘roq gaplarni hosil qiluvchi vositalarga diqqat qiling.
Savollarga og‘zaki javob bering.
«Mustaqil yurt» deganda, nimani tushunasiz? Bo‘sh paytingizda
onangizga yordam berasizmi? «Ogohlik» nima degani? Bolalar qanday
sifatlarga ega bo‘lishi kerak? Jaloliddin Manguberdi kim bo‘lgan?
Qanday xalq ertaklarini o‘qigansiz? Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?
!!
29
89-mashq
.
Do'stlaringiz bilan baham: |