30
92-mashq
.
Nega?, kim?, nima?, qaysi?, qanday?, qanaqa?
olmoshlari
ishtirokida gaplar tuzing va ularni izohlang.
93-mashq
. Matnni o‘qing. So‘roq gaplarni topib, ifodalanish usullarini
tushuntirib bering.
Sobir buvajonini o‘zining
kutilmagan, ba’zan
esa qiyin savollari
bilan
ajablantirib, hatto shoshirib ham qo‘yardi.
Bir kuni buvasining yelkasida bog‘chaga ketayotgan Sobir o‘zim
yuraman deb, yerga tushdi.
Chopqillayman deb, qoqilaverdi.
Shunda
buvasi:
– Ko‘zingga
qarab yur, bo‘tam, – degandi, Sobir:
– Ko‘zimga nima bilan qarayman? – deb buvasini kuldirdi.
Boshqa safar u buvasidan so‘rab qoldi:
– Aql nimada, buvajon?
– Aql ... – Nodir buva o‘ylab olib, dedi. – Bu – es-hush.
Miyada
bo‘ladi.
– Miyada bo‘lsa, uni qanaqa qilib yeb bo‘ladi?
– Kimdan eshitding buni?
– Oyim aytdi-ku «Aqlingni yeb qo‘yibsan!» deb.
Bu ham Nodir buvaning soqolini selkillatib kulishiga sababchi bo‘ldi.
(Hakim Nazir)
Do'stlaringiz bilan baham: