171-d a r s.
MUSTAHKAMLASH DARSI
1-topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing.
ONA TABIAT
Qish der: «Kumush qorim bor,
Kuz der: «Mevam,
Qorbobo yasang!»
bolim bor,
«Gulim ko‘rkam, – der bahor, –
Bari senga, ol!»
Guldasta yasang!»
Demak, ona tabiat
Yoz der: «Suvim beg‘ubor,
Bizni der har vaqt!
Suz baliq misol!»
(T. Xolmatov)
2-topshiriq.
Uyadosh so‘zlarni topib ko‘chiring. Nima uchun ularni bir
guruhga kiritganingizni tushuntiring.
3-topshiriq.
She’rdan bir ma’noli so‘zlarni ko‘chirib yozing. Nima uchun
ularni bir ma’noli deb hisoblaysiz?
4-topshiriq.
She’rdagi
qish der
,
kumush qor
so‘zlar birikmasini qanday
tushunishingizni izohlang. Bu tilda qanday hodisa hisoblanadi?
5-topshiriq.
Bor, yoz, suz
so‘zlari ishtirokida ikkitadan gap tuzing. Ular
gaplarda shakldosh so‘zlar bo‘lib kelsin.
6-topshiriq. Bahor
,
bol, vaqt
so‘zlarining ma’nodoshlarini keltiring. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
7-topshiriq.
She’rdagi qaysi so‘zlar bilan paronimlar hosil qilish mumkin?
8-topshiriq.
She’rdagi ko‘p ma’noli so‘zlarni belgilang. Ularni qo‘llab,
o‘z va ko‘chma ma’noni ifodalovchi so‘z birikmalari hosil qiling.
9-topshiriq.
Uyda biror she’rni yuqoridagidek tartibda tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |