b) tarbiyaviy maqsad:
o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad:
o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
Yangi mavzuni o`rganuvchi dars.
Dars o`tish metodi:
“Aqliy hujum”
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun gul maketlari
Darsning texnik jixozi: __________________
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1.Burchak deb nimaga aytiladi?
2.Burchak bissektrisasi deb nimaga aytiladi?
3. Burchaklarni qanday taqqoslaymiz?
3. Yangi mavzuni bayon qilish.
Har qanday burchak tayin gradus o‘lchoviga ega bo`lib, uning qiymati musbat son bilan ifodalanadi. Yoyiq burchakning gradus o‘lchovi 180° ga teng
AOB burchak 180 ta bo`lakka bo`lingan deb olamiz
r asm.
A O B
Yoyiq burchakni uning tomonlari orasida yotuvchi nurlar bilan 180 ta teng burchakka bo‘lingan bo‘lsin (1-rasm). U holda ulardan bittasining burchak kattaligi bir gradusga (1° ga) teng bo‘ladi va uni gradus o‘lchov birligi sifatida olamiz. Qolgan burchaklarning gradus o‘lchovini shu birlik burchak o‘lchoviga nisbatan aniqlaymiz.
Burchaklarning gradus o‘lchovi transportir deb ataladigan asbob yordamida o‘lchanadi. Transportir bilan quyi sinflarda tanishgansiz.
Uning shkalali yuqori qismi chiziqchalar bilan 180 ta teng bo‘lakka bo‘lingan bo`lib, har bir bo‘lak bir gradusni anglatadi. AOB burchakning kattaligi 60 gradusga teng va bu AOB=60° tarzda yoziladi. Ravshanki, bir xil gradus o‘lchoviga ega burchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.
Endi burchak o‘lchovining muhim xossasi ustida to‘xtalaylik. Aytaylik, AOB burchak berilgan bo`lib, uning tomonlari orasida yotuvchi OC nur uni ikkita AOC va COB burchaklarga ajratgan bo‘lsin (3-rasm). U holda, AOB burchakning gradus o‘lchovi AOC va COB burchaklar gradus o‘lchovlarining yig’indisiga teng bo‘ladi: AOB=AOC+COB.
Do'stlaringiz bilan baham: |