17. Namib cho‘lining qaysi tomonlarida chalacho‘llar boshlanadi?
A) shimol va g‘arb B) shimol va sharq C) janub va g‘arb D) janub va sharq
18. Afrikaning qaysi qismlarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan subtropik zona joylashgan?
A) shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy
B) shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy
C) janubi-sharqiy va shimoli-g‘arbiy
D) janubi-sharqiy va shimoli-sharqiy
19. Afrikaning qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan subtropik zonasining qaysi hududlarida zaytun, pakana palma, probka emani (dub) o‘rmonlari joylashgan?
A) Atlas tog‘larining 3000 metrdan tepa qismida
B) sohil va tog‘ yonbag‘irlarida
C) 1500 – 3000 m balandlikda
D) tropik cho‘llarga tutash qismlarida
20. Kiparis, kumush daraxti, kedr, Afrika yong‘og‘i, sariq daraxt kabilar qayerga xos?
A) Atlas tog‘larining 3000 metrdan tepa qismiga
B) Atlas tog‘lari yonbag‘irlariga
C) Janubiy Afrika subtropik landshaftiga
D) Shimoliy tropik cho‘llarga
Do'stlaringiz bilan baham: |