1. Hozirgi paytda Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra nechta yirik tabiiy geografik o‘lkaga ajratiladi?
A) ikkita B) uchta
C) to‘rtta D) beshta
2. Shimoliy Afrika tabiiy geografik o‘lkasi janubda qayerdan boshlanadi?
A) ekvatorial o‘rmonlar zonasidan
B) mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan
C) Tibesti va Axaggar tog‘liklari shimoliy yonbag‘ridan
D) Sudan va Saxel hududlari shimoliy qismidan
3. Savannali Sudan qaysi tabiiy geografik o‘lka tarkibiga kiradi?
A) Shimoliy Afrika B) Markaziy Afrika
C) Sharqiy Afrika D) Janubiy Afrika
4. Qaysi o‘lkada doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam o‘rmonlar zonalarining noyob landshaftlari tarkib topgan?
A) Shimoliy Afrika B) Markaziy Afrika
C) Sharqiy Afrika D) Janubiy Afrika
5. Afrikaning qaysi tabiiy geografik o‘lkasida qimmatbaho mebellar ishlanadigan qizil daraxt o‘sadi?
A) Shimoliy Afrikada B) Markaziy Afrikada
C) Sharqiy Afrikada D) Janubiy Afrikada
Do'stlaringiz bilan baham: