Eslab qoling!
Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo’ljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).Bosh manba- hukumatimizning farmon va qarorlari, prezidentimiz I.A. Karimovning qator risolalari hamda xalq ta’limi tizimining rasmiy yo’l-yo’riqlari, hujjatlari hisoblanadi.Rejaning yana bir muhim manbai-o’tgan o’quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlilidia.
Buni yodda tuting!
Reja- o’quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublari o’lda-jo’lda, tarqoq, noaniq, tasodifiy holatlarda bo’ladi va ko’r-ko’rona harakat qilishga olib keladi. Bunday taqdirda tarbiyaning asosiy vazifalarini hal etish qiyinlashadi, ba’zan esa butunlay samarasiz bo’ladi. Reja sinf rahbarining tarbiya berish faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |