1-ma‘ruza. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Reja



Download 70,87 Kb.
bet1/10
Sana29.03.2022
Hajmi70,87 Kb.
#516761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma'ruza


1-ma‘ruza. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
Reja:

  1. Tarbiyaviy ish metodikasi fanining maqsad va vazifalari.

  2. Tarbiyaviy ish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Tarbiyaviy ish metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

  4. Tarbiyaviy jarayonda g‘oyaviy-siyosiy-axloqiy tarbiyani tashkil etish.

  5. Tarbiya kontseptsiyalarining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.

  6. Kontseptsiya tushunchasining mazmuni. Jahon tarbiyaviy konsapsiyalari

  7. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish.

  8. Tarbiya tushunchasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodining o‘rni.

  9. Buyuk allomalarning tarbiya borasidagi qarashlari.

  10. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari.



IPT – muammoli ma’ruza
IAT vositasi- organayzer, diagramma, perfokartalar

Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z vatanining ilg‘or kishisi sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar davlatimizning kelajagidir. Yangi asrga qadam qo‘yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma‘naviy yukasalishi va yangilanishi sari yuz tutgun bir paytda O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 1 3–sentyabrdagi ―Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risidagi Farmoni zamiridagi g‘oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma‘naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi. Xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma‘naviyat shunday qimmatbaho


mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda yetilgan. Ma‘naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma‘naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o`lkaning benihoyat go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma‘naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma‘naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushinib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Ma‘naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma‘naviy qiyofasi tanitadi. Ma‘naviyat–tarbiyadan boshlanadi. Ta‘lim – tarbiyasiz ma‘naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!‖ degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk shaxs yaratishga e‘tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Mazkur ―Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining o‘qitilishi ham aynan ushbu qarorga asosan pedagogikaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan. Bunda uslubiyot tarbiya nazariyasining umumiy qoidalariga asoslanishi, lekin ularni takrorlamasligi, bu qoidalarni ro‘yobga chiqarish usullarining vositalari, yo‘llari va shakllaridan iborat bo‘lishi lozim. Tarbiyaviy ish uslubiyotini o‘rganish talabalarni tarbiyalashning umumiy masalalarini mustaqil, ijodiy va dadil hal qilishga tayyorlashi lozim. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holatga keltirishi uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e‘tibor shaxs shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqazo etadi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi – yosh avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‘naviy – tarixiy an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogic shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa – shaxsning aqliy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z – o‘zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib–boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
Har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish;
Insonparvarlik odobi me‘yorlarini shakllantirish (bir–birini tushinadigan, mehribon, shafqatli, irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik) muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo‘llanishi lozim.

Download 70,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish