Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof – muhitni asrab-avaylashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi; FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.
Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma,tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) davomotni aniqlash
d) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Qushlar bizning do’stimiz ” ,mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’tgan darsdagi vazifa aniqlanib, vazifa tekshiriladi.
O’quvchilar chizgan rasmlarni tomosha qilish.
III.Yangi mavzu bayoni Qaldirg’och bilan beshiktebratar
Bir kuni qaldirg‘och palaponlariga ovqat olib kelsa, ular qiy-chuvlashayotgan emish. “Bolalarimga nima bo‘ldi?” – deya iniga yaqinlashib qarasa, bir ilon kenjatoyini yutayotgan emish. Qaldirg‘och bor ovozi bilan: “Bolalarimdan ajralib qolyapman, yordam bering!”– deb qichqiribdi. Chumchuqlar chirillab, hakkalar qag‘illashibdi. Biroq yordamga kelishmabdi. Shunda u beshiktervatar oldiga shamoldek uchib kelib, voqeani aytibdi. – Tezroq meni tishlab, uyingga olib bor, – debdi beshiktervatar. Qaldirg‘och o‘rtog‘ining belidan tishlab, yana shamoldek uchib, inining oldiga olib kelibdi. Ilon zaharli tillarini cho‘zgancha, ikkinchi bolasiga hamla qilayotgan ekan. Birdan ko‘zi beshiktervatarga tushibdi-yu, qotib qolibdi. Beshiktervatar chang solib, ilonning o‘ng ko‘zini o‘yib olibdi. Ilon g‘azablanib, to‘lg‘anib, beshiktervatarni dumi bilan urmoqchi ekan, bo‘lmabdi. Beshiktervatar sapchib, ilonning ikkinchi ko‘zini ham o‘yib olibdi. Ilon shilq etib yerga tushibdi. Og‘zini katta-katta ochib, jon beribdi. Ona qaldirg‘och beshiktervatardan juda xursand bo‘libdi. Shundan beri ularning do‘stligi buzilmas emish. Mavzu yuzasidan o’quvchilar fikr – mulohazalarini tinglash. Ularni yoz fasli haqidagi bilim larine ertakni mazmuni tushuntirib boyitish.
O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |