Darsning borishi .
Tashkiliy qism : davomatni aniqlayman, xonaning tozaligiga etibor beraman , o’quvchilarni darsga jalb qilaman , ma’naviyat qismini o’taman .
O’tilgan mavzuni takrorlab o’quvchilar bilimlarini tekshirish uchun quyidagi savollardan foydalanaman .
Qanday sonlarga aralash sonlar deyiladi ?
Aralash sonlarni qanday qo’shiladi ?
Aralash sonlarni qanday ayriladi ?
Har xil maxrajli aralash sonlarni qo’shish va ayrish uchun qanday amal bajarilishi kerak ?
Bundan tashqari uyga vazifa qilib berilgan mashqlarni bajarilgan va bajarilmaganligini tekshirib chqaman . Uyga vazifa berilgan mashqlar ichida o’quvchilar ishlashga qiynalganlari bo’lsa , sinfda birgalikda yechamiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |