Sinf: 5a
Fan:Matematika
Mavzu: O’nli kasrlarni qo’shish va ayirishga
Dars maqsadlari :
a)Ta’limiy: O’quvchilarga o’nli kasrlarni qo’shish va ayirish mavzusini takrorlash, ularda o’nli kasrlarni qo’shish va ayirish, natural sondan o’nli kasrni ayirish ko’nikmasini hosil qilish.
b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga estetik tarbiya berish, vaqtdan unumli foydalanishga o’rgatish ya’ni ularga iqtisodiy tarbiya berish. Ularni milliy g’urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning ijodkorligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Zukkoligini oshirish. Mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi mavzu bayoni
Dars metodi:.Interfaol usullar(Matematik diktant, “Kim epchil-u, kim chaqqon?” o’yini, “Matematik domino” o’yini)
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, yangi mavzuga doir ko’rgazmalar, darslik, AKT(kompyuter, videoproyektor)
Do'stlaringiz bilan baham: |