Darsnining borishi:
I.Tashkiliy qism .
Salomlashish. Navbatchi o’quvchining o’quvchilar davomati, o’quvchilarning darsga tayyorligi to’g’risidagi axborotini tinglash. Davomadni sinf jurnaliga belgilash.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash.
Uyga vazifani so’rash.
Matematik diktant: (Bunda o’quvchilarga proyektor orqali matematik diktant matni ko’rsatiladi. O’quvchilar esa matndagi so’z bilan yozilgan o’nli kasrlarni raqamlar bilan yozishlari kerak buladi)slayd1
1-qator:
Nol butun o’ndan bir, sakkiz butun o’ndan olti, o’n to’rt butun yuzdan yigirma ikki, yigirma bir butun yuzdan to’rt.
2-qator
Nol butun o’ndan uch, bir butun o’ndan yetti, yigirma to’rt butun yuzdan qirq ikki, yigirma to’qqiz butun yuzdan uch.
3-qator bir butun o’ndan yetti, o’n to’rt butun yuzdan yigirma ikki, Nol butun o’ndan bir, yigirma bir butun yuzdan to’rt.
Do'stlaringiz bilan baham: |