Sinf: 4 Fan: Matematika Mavzu: Ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lish Maqsad: Ta’limiy maqsad



Download 28,09 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi28,09 Kb.
#32473
Bog'liq
НЕ УДАЛЯТЬ 1

Bir xonali songa yozma ko`paytirish va bo`lishni o`rganishda tushunarlilik tamoyilning qo`llanishi

Bo’linmada bitta kam raqam qoladigan  hollarda  ko’p  xonali  sonni bir  xonali  songa  yozma  bo’lish  algoritmi  bilan  tanishtirish.



Sinf: 4

Fan: Matematika

Mavzu: Ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lish

Maqsad:

Ta’limiy maqsad: Bo’linmada bitta kam raq am qoladigan hollarda ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lish algoritmi bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: Sonni yig’indi va karrali munosabat bo’yicha topishga doir masalalar bilan tanishtirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Misol va masalalar yechish malakalarini oshirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: Suhbat, mustaqil ish metodlari.

Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, masalaga mos jadval plakati.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi orqali davomat

sana va kun aniqlanadi. Darsga tayyorgarlik ko’rish.



II.Asosiy qism: O’quvchilarning uyga vazifalarini tekshirish. 403-404-

misol-masalalar ustida ish olib boriladi. O’quvchilar javoblari umumiy

holda so’raladi va javoblari aniqlanadi.

III. Yangi material ustida ishlash:

1. Bo’linmada bo’linuvchidagi bitta kam raqam hosil bo’ladigan holda yozma bo’lishni yangi usulini o’zingiz tushuntirib berishingiz ma’qul. Shundan keyin o’quvchilar darslikdan (405-mashq) bo’lish qoidasi bajarilganini, bo’linmada raqamlar qanday hosil qilganini ko’rib chiqadilar.

2. O’quvchilar 406-mashqni 2-3 ta misolni mustaqil yechadilar. O’zaro tekshirish o’tkaziladi.

3. Yangi ko’rinishdagi masalalarning yechilishini tushuntirishga qadar siz bolalar bilan kattaliklar orasidagi o’zaro bog’lanishlar haqidagi bilimlarni takrorlaganingiz ma’qul: bitta buyumga sarflangan gazlama miqdori, hamma buyumlarga sarflangan gazlamalarning umumiy miqdori.

Agar bitta buyumga sarflanadigan gazlama miqdori va hamma buyumlarga sarflanadigan gazlamalarning umumiy miqdori ma’lum bo’lsa, nimani topish mumkin? Bitta buyumga sarflangan gazlama va buyumlar soni ma’lum bo’lsa-chi?

Bitta buyumga sarflangan gazlama sarfini bilish uchun bu kattaliklardan qanday ikkitasi ma’lum bo’lishi kerak? Buyumlar miqdorini bilish uchun-chi? Hamma buyumlar sarflanadigan barcha gazlamalar sarfini bilish uchun-chi?

Shundan so’ng bolalar doskadan quyidagi masala matnini o’qiydilar: “Ikki to’p jun gazlamadan 15 ta bir xil bolalar kostyumi tikildi. Bir to’pda 16 metr, ikkinchi to’pda 14 metr gazlama bor. Har qaysi to’p gazlamadan nechtadan kostyum tikilgan?”

Masalani tahlil qilish uchun ikkita miqdor : 16 metr gazlama va 14 metr gazlama berilganligi aniqlanadi, tikilgan kostyumlarning umumiy miqdori ma’lum. Har qaysi bo’lak gazlamadan qanchadan kostyum tikilganligini aniqlash talab etiladi.

Masala jadvalga qisqacha yoziladi:



1 ta kostyumga sarflangan gazlama

Kostyumlar soni

Gazlamalarning umumiy sarfi

Bir xil

?

15 ta kostyum

?


16 metr

14 metr


Shunday qilib, masalada nimani bilish talab etilmoqda? (Har qaysi to’p gazlamadan nechtadan kostyum tikishini bilish talab etilmoqda.) Bitta kostyumga gazlama sarfi va mavjud hamma gazlama sarfi bo’yicha kostyumlar sonini qanday topish mumkin? (Hamma gazlama miqdorini bitta kostyumga ketgan gazlama miqdoriga bo’lish kerak.) Bizda qanday ma’lumotlar bor. (16 va 14 metr)

Qanday ma’lumot yo’q? (Bitta kostyumga qancha gazlama ketgani ma’lum emas.) Bizda qanday ma’lumotlar bor yoki qanday ma’lumotlarni topa olasiz? (15 ta kostyum; ularga qancha gazlama kerganini bila olasiz.)

Masalani yechish rejasini qanday tuzish mumkin? Bolalar yechish rejasini (og’izaki) tuszishadi, siz uni doskaga yozasiz.


  1. 15 ta kostyum qancha gazlamadan tilikgan?

  2. 1 ta kostyumga necha metr gazlana ketgan?

  3. 16 metr gazlamadan nechta kostyum tikilgan?

  4. 14 metr gazlamadan nechta kostyum tikilgan?

Masala tushuntirishlar bilan har qaysi amalni alohida yozib yechiladi.

  1. 16 +14=30(m) – mavjud gazlama

  2. 30:15=2(m) – bitta kostyumga gazlama sarfi

  3. 16:2=8 (kostyum) – 16 metr gazlamadan tikilgan kostyumlar soni

  4. 14:2=7 (kostyum) – 14 metr gazlamadan tikilgan kostyumlar soni

Tekshirish: 8+7=15 (kostyum)

Javob: 16 metrdan 8 ta kostyum, 14 metr dan 7 ta kostyum tikilgan.

Uchinchi va to’rtinchi amallarni tushuntirish chog’ida siz bunday deyishingiz maqsadga muvofiq: bitta kostyumga 2 metr gazlama ketadi. 16 metrda 2 metrdan nechta borligini aniqlaymiz. 2 m dan nechta bo’lsa shuncha kostyum tikilgan bo’ladi.



4. 407-mashq doskada va daftarlarda yechiladi. Bolalar masalani o’qiydilar va unda berilgan kattaliklarni aytadilar, jadval tuzadilar.




1ta sharning bahosi

Sharlar soni

Qancha turishi

Nasiba

Malika


Bir xil

?

9 ta shar

?


120 so’m

96 so’m


Masala (tahlildan so’ng) bunday reja bo’yicha yechiladi:

    1. To’langan pul qancha? 120+96=216 (so’m)

    2. 1 ta sharning bahosi qancha? 216:9=24 (so’m)

    3. Nasiba qancha shar sotib olgan? 120:24=5 ta

    4. Malika qancha shar sotib olgan? 96:24=4 ta

Tekshirish:5+4=9 (shar)

Javob:5 ta shar, 4 ta shar

3-4-amallarni bajarishda siz bolalarga bu amallar natijalarini topishda yordam berishingiz o’rinli bo’ladi (120:4 120 hosil bo’lishi uchun 24 ni nechaga ko’paytirish kerak? 24*5=120. Demak, 120:24=5).



O’tilgan material ustida ishni sinfning ozlashtirish saviyasini hisobga olgan holda o’zingiz rejalashtiring.

Darsni yakunlash: Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa: 410-411 mashqlar

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu :

Ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lish”

Maqsad va vazifalar

Maqsad Bolalarga matematika fanidan chuqur bilim va ko’nikma malakalarini oshirish.

Vazifalar:

1.Ta’limiy: Bo’linmani topishda tezkor va aniq yo’llanmalar berish.

2.Tarbiyaviy:Mashg’ulot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish hamda misol va masalalarni to’g’ri bajarish.

3.Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni yozma va og’izaki nutqini, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.



O’quv jarayonining mazmuni

Amallar tartibini to`g`ri bajarish, masalaga to`g`ri shart qo`yish, misollarni aniq bajarish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: “Tarmoqlar”, “Ko’rsatmali”, “Guruhlarda ishlash”, “Bahs-munozara”, “Tezkor savollar”, “Aqliy hujum” kabi metodlardan foydalanish .

Texnik vosita: AKT vositalari ( protsessor, proyektor, ekran), slaydlar, vatman va rangli markerlar, (“Tarmoq” usulidan foydalanish uchun).

Dars o’tish joyi: Jihozlangan fan xonasi.

Nazorat: Og’izaki nazorat, savol-javoblar, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag’batlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Nazariy bilimlarni berish orqali o’quvchilarda Vatanga bo’lgan muhabbat , sadoqat tuyg’ularini yanada jo’shqinlantirish. Berilgan mashqlarni belgilangan vaqt ichida bajarilishini nazorat qilish. O’quvchilarni mashqlarni mustaqil va to’g’ri bajarishga o’rgatish.

O’quvchi: Mavzu asosida bilim olish, misol va masalalarni to`liq va aniq tezkor bajarish.

Download 28,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish