Sinf: 4-“A”
Fan: Matematika
Sana:
Mavzu: Sonni ikki xonali va uch xonali songa ko`paytirish.
Maqsad:
-
talimiy maqsad – o`quvchilarning sonni ikki xonali va uch xonali son-ga ko`paytirish yuzasidan olgan bilimlarini takomillashtirish.
-
tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda vatanparvarlik, yuksak axloqiy si-fatlarni shakllantirish, iqtisodiy bilim berish, vaqtdan unumli foydala-nishga undash, o`quvchilarda estetik dunyoqarashni shakllantirish.
-
rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning og`zaki va yozma hisob-lash malakalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlashga undash, ularning fanga bo`lgan qiziqish va faolliklarini oshirish.
Dars tipi: Takomillashtiruvchi dars.
Dars uslubi: Ko`rsatmali amaliy.
Dars usuli:Noan`anaviy.(aqliy hujum, hamkorlik, guruhlar bilan ishlash.)
Dars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazmalar, texnik jihozlar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism.(3 min)
a) psixologik iqlim yaratish.
b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash me`zoni bilan tanishtirish.
2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.(5 min)
a)matematik diktant(3 min)
b)tezkor savol-javob(2min)
3.Yangi mavzu bayoni.(15 min)
a) yangi mavzuni tushuntirish
b) darslik bilan ishlash.
4.Dam olish daqiqasi.(2 min)
5.Mustahkamlash.(18 min)
a) iqtisodiy masala
b) amaliy ish
c) sehrli kvadratcha
6.Yakunlash.(2 min)
a) g`olib guruhni aniqlash.
b) uyga vazifa
c) darsni yakunlash.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
a) psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar hozir sizga ertak aytib beraman.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan.O`tgan zamonda emas hozirgi zamonda bir ajoyib maktab bor ekan.Har tong shu maktab tomon bir-biridan aqlli,odobli, bilimdon bolajonlar bilim egallash uchun shoshib kelarkan.14- mart ayni bahor tongida, ha shu bugun tongda 4 o`rtoq maktab tomon kelayotib yo`lda uchrashib qolishibdi. Ularga yana bir bola yetib olibdi.O`rtoqlar bir-birlari bilan qo`l berishib salomlashibdilar. Qani bolalar aytingchi qo`l berib ko`ri-shishlar soni jami nechta bo`ladi? Chizmada ko`rsating.
Javob: 10 ta
Javoblar tinglanadi. To`g`ri javob tanlanib rag`batlantiriladi.
“Salom” she`ri.
O`qituvchi: Qaysi darsni boshlaymiz?
O`quvchi: O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilisimi.
b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash mezoni bilan tanishtirish.
O`qituvchi: Rahmat barakalla, bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan sonni ikki xonali va uch xonali sonlarga ko`paytirishning yozma usullarini o`rganamiz.
Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`lingan: 1.Bilimdonlar
2.Zukkolar
3.Topqirlar
Demak,har bir guruhda beshtadan o`quvchi bo`lib, har bir topshiriq bajaril-ganda guruh uchun bitta baho qo`yiladi. Baholash mezoni quyidagicha:
Topshiriqlar to`liq va aniq bajarilganda – 5 bahoni bildiruvchi gul bilan;
Topshiriq chala bajarilganda – 4 bahoni bildiruvchi to`rtburchak bilan;
Topshiriq qoniqarsiz bajarilganda – 3 bahoni bildiruvchi uchburchak bilan o`quvchilar baholanadi.
2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.
Bolajonlar, bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.Yangi mavzuni bosh-lashdan oldin o`tilgan mavzularni eslab, takrorlab olamiz.
-
Hozir qaysi fasl?
-
Kimning varragi bo`lsa, qo`lini ko`tarsin.
-
Varrak qachon uchiriladi?
-
Demak varra uchirish bizning qadimiy urf-odatlarimizdan biri ekan.
-
Qanday bolaning varragi baland uchadi? Musobaqa o`ynaymizmi?
Matematik diktant
1)eng kichik to`rt xonali son bilan eng katta uch xonali son ko`paytmasi-ni toping
2)to`liqsizbo`linma 45 , bo`linuvchi 1625, qoldiq 6, bo`luvchini toping.
3)1million 85 ming 3yuzi 4.
4)2 soat 15 min – 1soat 45 min
-
Barakalla, hozirgi tezkor savollarga tez va aniq, chaqqonlik bilan qaysi guruh javob bera olsa,shu guruhning varragi eng balandga uchgan hisoblanadi.
Savollar: Savollar: Savollar:
1.Tenglama 1.Tog`ri to`rt- 1.Diametr
nima? burchak nima? nima?
2.Radius nima? 2.Kvadrat yuzini to- 2.Qoldiq nimadan
3.Masofani qanday topa- pish formulasini ayting. kichik bo`lishi kerak?
miz? 3.Vaqtni qanday topamiz? 3.Tezlikni qanday aniqlaymiz?
4.Sonning kubini qanday topa- 4.11 ning kvadrati nimaga teng? 4.15 000 sm2 necha dm2ga teng?
miz? 5.Yurtboshimizning yozgan 5.Yurtboshimiz ma`naviyatga
5.2011-yil qanday nomlangan eng so`nggi asari? qanday ta`rif berganlar?
edi?
O`quvchilar rag`batlantiriladi.Maxsus idishlar yordamida o`quvchilarning *-baholari to`plab boriladi.
3.Yangi mavzu bayoni.
a) yangi mavzuni tushuntirish.
x375 x 375
59 459
3375 – birlik natijalarni 3375 – birlik natijarni
1875 – o`nlik qo`shamiz 1875 – o`nlik qo`shamiz
22125 1500 – yuzlik
172125
375 sonini avval 9 birlikka ko`paytiramiz natijani birlar xonasidan boshlab o`ngdan chapga qarab yozamiz, shunda birinchi to`liqsiz ko`paytma 3375 birlik hosil bo`ladi. So`ngra 375 sonini 5 o`nlikka ko`paytiramiz, natijani o`nlar xonasidan boshlab yozamiz. Ikkinchi to`liqsiz ko`paytma 1875 o`nlik hosil bo`ladi. To`liqsiz ko`paytmalarni qo`shamiz va natijani o`qiymiz.
375 sonini 459 soniga ko`paytirish ham xuddi shu tartibda amalga oshirila-di.Bunda uchinchi to`liqsiz ko`paytma hosil bo`ladi.1500 yuzlik va 3 ta to`-liqsiz ko`paytma qo`shiladi va natija o`qiladi.
b) darslik bilan ishlash.
Oqituvchi: Bugungi dars davomida kitobdagi 708, 709, 710 misol-masala-larni yechishni belgilab olganmiz. Har bir guruh 1 ta misol yoki masalani to`-liq yechib, tushuntirib berishi lozim. (Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib qura tashlash yordamida o`zlari ishlaydigan masala yoki misolni tan-laydilar.)
Masalan: 1-guruhga №708 misol tushdi.
4 ta o`quvchi 4 ta misolni doskaga bajarib, tushuntirib beradi.
392*458 645*384 972*418 727*641
Bitta o`quvchi savollarga javob beradi.
Savollar.
-
Ko`paytirish nima?
-
Ko`paytirishning taqsimot va guruhlash qonunlarini ayting.
-
Ko`paytirishni qanday tekshiramiz?
-
a sonini 5 ga ko`paytirish nima degani?
Shu kabi savollar beriladi.
2-guruhga №709 masala tushdi.
Bir kunda – 1 soat 50 min
Olti kunda - ?
O`n to`rt kunda - ?
Ye: 1) 1 soat = 60 min
2) 60 min + 50 min = 110 min
3) 110*6=660 min
4) 660: 60 = 11 soat ( 6 kunda )
5)110 * 14 = 1540 min
6) 1540: 60 = 25 soat 40 min
1 ta o`quvchi masalaga qisqa shart tuzadi. 2 ta o`quvchi masalaning ye-chimlarini topadi. Ikkita o`quvchi savollarga birma-bir javob beradi.
Savollar.
-
Masala nima?
-
Qanday o`lchov birliklarini bilasiz?
-
Vaqt o`lchov birliklarini tartib bilan ayting.
-
Siz vaqtdan qanday foydalanasiz?
-
O`quvchi qachon dars tayyorlashi kerak?
Shu kabi savollar beriladi.
3-guruhga №710 topshiriq tushdi.
B Shakldagi kesmalarni bir o`quvchi topadi. 2- o`quv-
chi shaklni doskaga chizadi.3- o`quvchi shakldagi uchburchaklarni aniqlaydi. Qolgan 2 ta o`quvchiga
A D E C savollar beriladi.
Savollar.
-
Kesma nima?
-
To`g`ri chiziq nima?
-
Nur nima?
-
Uchburchak nima?
-
Qanday uchburchaklarni bilasiz?
-
Qanday fazoviy shakllarni bilasiz?
Shu kabi savollar beriladi.
Guruhlar rag`batlantiriladi.
4.Dam olish daqiqasi.
Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.
-
O`quvchilar bu she`r sizga tanishmi?
-
Bilasizmi o`quvchilar, har yilgidek 8-mart kuni prezidentimiz tashab-busi bilan tashkil qilingan “Zulfiyaxonim”mukofotiga bir qancha qizlar sazovor bo`ldilar. Ular orasida sportchi va ijodkor qizlar ko`pchilikni tashkil etdi. Ha, bugungi kunda bu kabi iqtidorli yoshlar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xo`sh bizning sinfda ham sportchi qizlarimiz bormi? Shoiralarimiz-chi?
-
Keling ularning ijodidan namunalar eshitamiz.
5.Mustahkamlash.
a) iqtisodiy masala.
- Bolajonlar yurtboshimiz tomonidan 2012-yil qanday nomlandi?
- Kelinglar hozir bir mustahkam katta oilaning bir oylik daromadi, xara-jatlari, foydasini hisoblaymiz. Va ana shu oila yurtimizda ishlab chiqarila-yotgan mashinalardan birini qancha vaqtda sotib olishlari mumkinligini aniqlaymiz.
Oila 6 kishidan iborat:bobo,buvi,ota,ona va ikki nafar bola.Shulardan oilaga daromad keltiradigan kishilarning taxminiy bir oylik maoshlari ko`rib chi-qamiz.
Turli
to`lovlar
80 000 Oziq-ovqat $12000
300 000 1$=2400so`m
Kiyim-kechak Kunlik
250 000 xarajat
150 000
Savollar: Oila qancha vaqtda mashina oladi?
I guruh.
-
Oilaga eng ko`p mablag`ni kim olib kelarkan?
-
Bobo va buvi ishlab pul topadimi?
II guruh
1.Talaba aka-chi?
2.Agar oila xarajatlari kamaytirilsa foyda ortadimi?
III guruh
1.Qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkin?
2.Ona otadan qancha kam oylik oladi?
Guruhlar rag`batlantiriladi.
b) amaliy ish.
- Biz daromadni 10 ulush deb olsak, xarajatlar ulushni, foyda ulushni tashkil qiladi. Hozir biz siz bilan amaliy ish bajaramiz. Har bir o`quvchining oldida tarqatma materiallar bor. Siz shakllarning ko`rsatilgan qismini bo`ya-shingiz kerak.
Chorak qismini 8 dan 3 qismini Nimchorak qis-
bo`yang. bo`yang. mini bo`yang.
qismi qismi qismi
Yarmini Nimchoragi- Choragini
bo`ya ni bo`ya bo`ya
Nimcho- qismi- qismi-
ragini ni bo`ya ni bo`ya
bo`ya
12 sm 15 sm 7sm
Kesma - ? sm Bo`yalgan qism - ?sm Kesma - ? sm
O`quvchilar ishi tekshirib baholanadi.
-
sehrli kvadrat
-
Biz qanday shakllarning qismlarini bo`yadik? Hozir sehrli kvadratcha-ga, I guruh, 1 dan 9 gacha , II guruh, 3 dan 11 gacha, III guruh, 2 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada har bir to-monlar yig`indisi bir xil bo`lsin.
-
- Siz bu topshiriqni qanday usullardan foydalanib bajardingiz?
Guruhlar ishi tekshirilib rag`batlantiriladi.
6.Yakunlash.
a) g`olib guruhni aniqlash
- Aziz o`quvchilar shu bilan bugungi darsni yakunlaymiz. Endi g`olib gu-ruhni aniqlab olamiz. Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiramiz.
b) uyga vazifa
№711- 712 misol-masalalar.
с) bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz va yana nimalarni bilishni xohlaysiz? Rahmat, bolajonlar, shu bilan darsimiz o`z nihoyasiga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |