Yangi mavzu bayoni: Algoritm haqida tushuncha
Aziz o’quvchilar kundalik hayotimizda oldimizga har xil vaziyfalar, maqsadlar qoyamiz. Bularga erishish ushun bajarishi lozim bo’lgan amal yoki ishlarni hayotiy tajribasini yoki o’zlashtirilgan bilimga asosalanib ma’lum bir tartibda bajaramiz. Siz o’quvchilarda bir kasb tanlash maqsadida ham ma’lum bir tartibda o’qib bilim olib bosqichma-bosqich ilgarlab boratirmiz. Sizlarga darsni tushuntirish ushun quydagi choy damlash misollini keltirib o’tamiz.
2.Misolda 2015+2012 amalini qanday bajargan bo’lar edik. Bu misolni o’quvchilardan so’rab matematika fani bilan bog’lab birgalikda ishlaymiz.
1) Sonlar xonalari mos keladigan tartibda tagma-tag yozib olinsin.
2) Sonlarning birlik xonasidagi raqamlarni qo’shib, natijani birliklar tagiga yozilib, o’nlik raqamini dilda saqlaymiz.
3) Sonlarning o’nlikdagi raqamlarini va dildagi raqam qo’shilib natijaning birlik raqami o’nliklar tagiga yozilib, yuzlikka yuzlik, minglikka minglik qo’shilib boradi.
2015
+2012
4027
Shunga oid oddiy misollarni darsga past qatnashib o’tirgan o’quvchilarga berilsa darsga faol qatnashib yaxshi natija beradi.
Bu misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi boshqacha aytganda buyruqlar ketma- ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zarur natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ketlik bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri Algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
A lgoritm so’zi IX asrda yashab o’tgan (783-850) o’z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan buyuk matematik, geograf, astronom allomamiz Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmioy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag’ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinib, bu tarjimaning XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozma nushasi Kemmbrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Hammamizning faxrimiz bo’lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo’lday bilishimiz kerak. Chunki uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa, axborot texnologiyalari asrida murakkab matematik boshqaruvsiz hech qanday ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Insoniyatga taraqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdullox Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga Al-Xorazmiy bo’lib tanilgan ulug yurtdoshimiz topib bergan.
Demak yuqorida keltirilgan misollar buyriq yoki ko’rsatmalar ketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajariyotgan inson-Ijrochi bolar ekan.
Ijroshi bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatma yoki buyriqlar to’plami ijroshinining ko’rsatmalar sistemasi deyiladi. Shuni takidlash joizki informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo’lib kompyuter xizmat qiladi.
“Sehirli sandiqcha” ichidagi rasmlarni olib, uchbu rasmlar bo’yicha algoritm tuziladi.
“Savol mendan –javob sendan” mashqini bajaramiz. Bunda hamma o’quvchilarga tezkorlik bilan savol beradi qaysi guruh birinchi javob bersa baholanib boradi.
1. Bizlar hozir nechanchi darsni o’tayapmiz? (to’rtinchi)
2. Algoritm so’zi kimni nomidan kelib chiqqan? (Al-Xorazmiy)
3. 100 tonnalik kema 10 gr o’yinchoqqa aylantirilsa qanday model bo’ladi? (Fizik)
4. Buyruq yoki ko’rsatmalar ketma ketligi nima bo’ladi? (Algoritm)
5. Algoritm ijrochisi faqat insonmi? Abstrakt yoki real (texnik yoki biologik)
6. O’rtog’ingiz uyiga borish algoritmga kiradimi? (Ha)
7. Bunda ijrochi kim? (Bu siz)
Do'stlaringiz bilan baham: |