Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Qanday omillar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishiga sabab bo`ldi?
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday asosiy qoidalar mustahkamlab qo`yilgan?
3. Qonunlar ustuvorligi deyilganda nima nazarda tutiladi?
4. “Inson manfaatlari ustuvorligi tushunchasini qanday izohlaysiz?
5. Jamiyatga nima ko`proq zarar keltiradi: huquqiy idealizmmi yoki huquqiy nigilizm? Javobingizni
sharhlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |