Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Insonga Konstitutsiya nim uchun kerak? Nima uchun uni asosiy qonun deb ataydilar?
2. Oila huquqi nima?
3. Siz hayotda qanday tartib qoidalarga duch kelgansiz oilada?
4.Mustaqillik tufayli qanday huquqlarga ega bo`ldik?
5. “Huquqiy savodsizlik” deganda nimani tushunasiz?
6. Siz o`zingizni “huquqiy savodxonman” deya olasizmi?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Har qanday davlatning huquq tizimida ko`p qonunlar mavjud. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e`tirof etiladigani bu – konstitutsiya. “Konstitutsiya” lotincha “constitution” so`zidan olingan bo`lib “belgilash”, “tuzilish” degan ma`nolarni anglatadi, ya`ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda ular faoliyatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o`rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |