Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska, bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlangan?
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatda qandaydir davlat mafkurasining
joriy etilishi nima uchun taqiqlangan?
3. Qonunlar ustuvorligi deyilganda nima nazarda tutiladi?
4. “Inson manfaatlari ustuvorligi tushunchasini qanday izohlaysiz?
5. Siyosiy plyuralizm nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |