Sinf: 1-sinf Sana:_________________
Fan: Atrofimizdagi olam.
Mavzu: 14-dars. Qushlar .
Dars maqsadlari:
Ta’limiy: O’quvchilarga qushlar haqida keng tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni qushlarni asrash va ularni sevish ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: hayvonat olami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish
Dars metodi: klaster, savol-javob, ko’rgazmalilik.
Dars jihozi: mavzuga oid rangli ko’rgazmalar, videoproyektor, kompyuter
Darsning borishi
Tashkily qism. 2 daqiqa
Salomlashish
O’quvchilarni darsga hozirlash
Navbatchi hisobatini tinglash
O’tilgan mavzuni so’rab baholash. 8 daqiqa
Electron qo’llanmadagi 13-darsda berilgan 5-bo’limdan foydalanib o’tilgan mavzu so’raladi va o’quvchilar rag’batlantiriladi. Ularga hayvonlar rasmi shakllangan tarqatma shablonlar beriladi.
Yangi mavzu bayoni.20 daqiqa
-Bugun sizlar bilan qushlar to’g’risida gaplasamiz. Qanday qushlarni bilasiz? Qani kim aytadi?
Yirtqich qushlar
Burgut, kalxat, tasqara, qoraqush, qirg 'iy, lochin, ukki va boshqalar yirtqich qushlar qatoriga kiradi. Ularning tirnoqlari uzun, o'tkir va qayrilgan bo'lib, o'ljasini shu tirnoqlari bilan ushlaydi va jonsizlantiradi, tumshug'i bilan cho'qib, qismlarga bo'lib tashlaydi.
Yirtqich qushlarning eng yiriklaridan bin burgut bo'lib, qanotlari yozilganda 2,5 metrga yetadi. U maydaroq umurtqali hayvonlarni ovlaydi. Burgut 5—6 kg vazndagi o'ljasini havoga ko'tarib keta oladi. Tog'lardagi baland qoyalarga, cho'llardagi tepaliklar va saksovulga uya quradi.
Tasqara o'lkamizda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigidir. Tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi. Boshida va bo'ynida patlari juda siyrak boiadi. Oiimtiklar bilan ovqatlanadi. Tirik hayvonlarga hujum qilmaydi.
Ukki — tungi yirtqich qush bo'lib, tumshug'ining uchi qayrilgan, katta ko'zlari qorong'ida ham mayda narsalarni ko'ra oladi. O'ljasini o'tkir tirnoqlarini botirib nobud qiladi. Shitirlagan past ovozni ham eshitadi, boshining ustida quloqqa o'xshash ikki to'p patlari dikkayib turadi. Turli xil kemiruvchilar, kichikroq qushlar bilan ovqatlanadi.
Boyo'g'li — yapaloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush (boyqush ham deyiladi). Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O'zbekistonda uy boyo'g'/isf uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug'i qayrilgan, pati mayin, o'ljasini tovushsiz uchib kelib, tutib oladi, ko'zlari o'tkir. Bahorda kechalari, ba'zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig'Jagan bolaning tovushiga o'xshaydi. Boyqush mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo'jalikka foyda keltiradi.
-Qushlar bizning do’stimiz hisoblanadi. Ular bizni hashoratlardan himoya qiladi. Chunki ular hasoratlar bilan ozuqalanadi
Yangi mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa
Qushlarning ovozi va nomi tasvirlangan videofilm qo’yib beriladi.
5. O’quvchilarni rag’batlantirish.3daqiqa
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Ularda qushlar haqidagi multfilmi qo’yib beriladi.
6. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash.2daqiqa
-Shu bilan darsimiz nihoyasiga yetdi. Uyda hamma mavzuga oid bittadan rasm chizib keladi. Hayr sog’ bo’ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |