Sigir va urug‘lantirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug‘lantirish usullari



Download 49,44 Kb.
bet2/4
Sana06.06.2022
Hajmi49,44 Kb.
#641615
1   2   3   4
Bog'liq
316 G hISOBOTI

QIN ORQALI URUG‘ OLISH


Odatda, bu usul bilan urug‘ olish uchun buqani sigirga tabiiy holda (choptiriladi) qo‘yiladi, so‘ngra sigirning jinsiy qinidan urug‘ maxsus asboblar yoki bilan sidirib olinadi. Bu usulning salbiy tomoni shundaki, urug‘ o‘z sifatini ko‘p jihatdan yo‘qotadi, ifloslanadi va aksariyat hollarda yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu usul hozirgi vaqtda qo‘llanilmaydi.
Gubka yordamida urug‘ olish. Bu ham yuqoridagi usul kabi olinadi. Lekin farqi shundaki, bunda buqani sigirga qo‘shishdan oldin sigirning qiniga yumshoq zararsizlantirilgan gubka qo‘yiladi, so‘ngra buqa irg‘itiladi. Shundan so‘ng urug‘ tushgan gubka olinib, undagi urug‘ siqib ajratiladi. Birinchi usul qanday kamchiliklarga ega bo‘lsa, bu usul ham shunday kamchiliklarga ega. Hozirgi vaqtda har ikkala usul ham qo‘llanilmaydi.
Mexanik usul. Bu usul shunga asoslanganki, buqalarda uning urug‘i yig‘ilib turadigan ampulasi bo‘ladi. Urug‘ oluvchi kishi buqaning to‘g‘ri ichagiga qo‘lini tiqib, shu urug‘ yig‘ilib turadigan ampulani asta-sekin massaj qiladi.
Jinsiy sikl. Urg‘ochi hayvonlarning organizmida bir qo‘yikish bilan ikkinchi qo‘yikish o‘rtasida kechadigan fiziologik jarayonlarga jinsiy sikl deb aytiladi.
Jinsiy sikl murakkab neyrogmuoral reflektor jarayon bo‘lib, unda organizmning barcha tizimlari ishtirok Etadi. Jinsiy siklning uchta bosqichi: qo‘zg‘alish, tormozlanish va tinchlanish bosqichlari farqlanadi:
Qo‘zg‘alish - bosqichida 4 ta mujiza (fenomen) namoyon bo‘ladi:
a) suyuqlik oqishi (techka) - jinsiy yo‘llardan boshlanishida suyuq, tiniq shilimshiq suyuqlik oqadi, keyinchalik, suyuqlik quyuqlashib, jinsiy tirqishdan osilib turadi. Bu vaqtda bachadon bo‘yinchasi yarim ochiq holatda bo‘ladi. Bu fenomen sigir va biyalarda yaxshi namoyon bo‘ladi. Qo‘y va echkilarda suyuqlik qinda to‘planib turadi. Sigirlarda bu fenomen 20-36 soat davom Etib, bu vaqtda urug‘lantirish yaxshi samara bermasligi mumkin.
b) umumiy jinsiy reaksiya - hayvonning xarakteri o‘zgaradi, bezovtalanadi, bir-biriga sakraydi, mangraydi. Bu fenomen oqish mujizasi boshlangandan 5-6 soatdan keyin namoyon bo‘ladi.
v) kuyikish (jinsiy moyillik, oxota)- o‘rg‘ochi hayvon erkak hayvondan qochmaydi, ustiga sakrashiga qarshilik qilmaydi, “harakasizlik refleksi” jinsiy moyillik kuzatiladi. Bu vaqtda urug‘lantirish yaxshi samara beradi. Bu fenomenni aniqlashda sinovchi (probnik) hayvonlardan foydalaniladi. Qo‘ychilikda hidlab topar qo‘chqorlardan yaxshi foydalaniladi, qoramolchilikda sinovchi bo‘qalarni tayyorlashda birmuncha qiyinchiliklar mavjud, shuning uchun sigirlar bir kunda 2 marta, Ertalab va kechqurun urug‘lantiriladi. Sigirlarda kuyikish 8-20 soat davom Etishi mumkin.
Cho‘chqalar ham bu paytda bezovtalanib, bir-biriga sakraydi. Jinsiy moyillik juda kuchayganda “harakasizlik refleksi” kuzatiladi, bu paytda hayvonning orqasiga qo‘l tashlansa, u harakatlanishdan tuxtab qoladi.
Biyalarning ham bu paytda xulq-atvori o‘zgarib, bezovtalanadi, ishtahasi pasayadi, turli tashqi ta’sirotlarga juda sezuvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun kuyikishning o‘rtalarida urug‘lantirilganda uning samarasi 15-20 foizga ortadi.
g) ovulyasiya - deb Etilgan tuxum hujayrasining tuxumdondan chiqishiga aytiladi. Tuxum hujayrasi tuxum yo‘liga tushib u Erda otalanish sodir bo‘ladi va hosil bo‘lgan zigota 7 kun ichida bachadonga tushadi. Ovulyasiya kuyikish boshlangandan 15-30 soatdan keyin kuzatiladi. Ovulyasiyani keltirib chiqaradigan sabablar hali to‘liq o‘rganilmagan. Qin va bachadonda haroratni, mexanik va kimyoviy ta’sirotlarni qabul qiluvchi reseptorlar bor. Ana shu reseptorlarni ta’sirlanishi ovulyasiya refleksini kelib chiqishida asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari follikula ichidagi suyuqlikni uning devoriga ko‘rsatadigan bosimi va tarkibidagi proteolitik fermentlar ham ovulyasiyaga ta’sir ko‘rsatadi.
Sigirlarda ovulyasiya jinsiy moyillik boshlangandan so‘ng taxminan 7-15 soat, qo‘ylarda (qorako‘l qo‘ylarda 22-60 soat), cho‘chqalarda 25-40 soat o‘tgandan keyin kuzatilsa, biyalarda qo‘yikishdan 3-7 sutka oldin yoki jinsiy moyillik tugashidan 48-24 soat oldin kuzatiladi.
Bu bosqichda urg‘ochi hayvonlarning jinsiy reflekslari organizmdagi boshqa barcha reflekslardan ustunlik qiladi. Urg‘ochi hayvonlarda qon tarkibi o‘zgaradi, sutning sifati buziladi. Hamma reflekslar shu jumladan ishtaha ham pasayadi yoki yo‘qoladi. Jinsiy a’zo to‘qimalari hujayralarining ko‘payishi jarayonlari jadallashadi. Bachadon shilliq pardasi, qin va qin dahlizidan oqayotgan shilimshiq suyuqlik kamayib borib, batamom chiqmay qo‘yadi.
Jinsiy siklning ikkinchi - tormozlanish bosqichi - bu davrda fenomenlarning sustlashishi, pasayishi kuzatiladi (otboy). Urg‘ochi hayvon erkak hayvonga befarq bo‘lib qoladi. Erkak hayvonni sakrashiga qo‘ymaydi. Bu davrda follikula yorilgandan keyin qondagi Esterogen gormonlar miqdori kamayadi, shuning uchun qo‘zg‘alish belgilari susayadi. Qindan ajralgan suyuqlikning hidi (ferromon) borligi uchun erkak hayvon sakrashi mumkin. Lekin bu davrda urug‘lantirish kechikkan bo‘lishi mumkin.
3. Turg‘unlashish (Tinchlanish) bosqichi - bunda tormozlanish davrdagi belgilar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tuxumdonning ovulyasiya kuzatilgan joyi o‘rniga sariq tana hosil bo‘ladi. Hayvon tinchlanadi, ishtahasi tiklanadi, qon va sutning tarkibi ma’romlashadi. Tuxumdonlarda ham follikulalar ham sariq tana mavjud bo‘ladi. Oqibatda jinsiy siklning nisbatan tinchlik bosqichi boshlanadi. Sigirlarda bu bosqich 3-4 kun davom Etadi.
Sariq tana tomonidan ishlab chiqariladigan progesteron gormoni “bo‘g‘ozlik gormoni” - deb ataladi. Progesteron gormoni bachadonni bo‘g‘ozlikka tayyorlaydi, bo‘g‘ozlikni saqlab turadi va jinsiy qo‘zg‘alishni ya’ni, follikulalarning Etilishini to‘xtatib turadi. Tuxum hujayrasi otalanib, hayvon bo‘g‘oz bo‘lsa, bu holat butun bo‘g‘ozlik davrida davom Etadi va hayvon tug‘ib, oradan ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng yana jinsiy sikl boshlanadi. Agar hayvon otalanmagan bo‘lsa, sariq tana 13-14 kundan keyin qayta so‘rilib ketadi va yana qo‘zg‘alish bosqichi boshlanadi.
Sariq tananing yolg‘on yoki jinsiy sikl sariq tanasi, bo‘g‘ozlik sariq tanasi va patologik sariq tana turlari farqlanadi. Sariq tananing so‘rilib ketishiga bachadon shilliq pardasida ishlab chiqariladigan prostoglandin ta’sir qiladi. Ilgari sariq tanani yo‘qotish uchun to‘g‘ri ichak orqali massaj qilinib, sariq tana ezib yuborilar Edi. Bugungi kunda sariq tanani so‘rdirib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan prostoglandinlar (progesteron) keng qo‘llanilmoqda. Bu preparatlarni qo‘llash bilan sigirlarda kuyikishni sinxronlashtirish mumkin.
Embrionlarni transplantasiya qilish usulining mohiyati ham jinsiy siklning fiziologiyasini o‘rganishga asoslangan bo‘lib, otalanish, zigotani yuvib olish va resipiEnt bachadoniga o‘tkazish urg‘ochi hayvonlarda kuyikishning bosqichlarini E’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Embrionlarni transplantasiya qilish usuli CHITI Toshkent viloyatidagi Krasniy vodopat tajriba xo‘jaligida, Andijondagi Savay sovxoz texnikomida qo‘llanilgan Edi. Bugungi kunda muzlatilgan murtakni chet davlatlardan keltirish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.
Bo‘g‘ozlikni aniqlash usullari. Barcha chorvachilik xo‘jaliklarida hayvonlar bosh sonini ko‘paytirish ishlarini to‘g‘ri tashkil Etishda ona hayvonlarning quyidagi uch holati har kuni nazorat qilib borilishi lozim: 1. Bo‘g‘ozlik; 2. Tug‘ishdan keyingi (servis) davr (tug‘ishdan keyingi 3-4 hafta); 3. Qisirlik.
Hayvonlarning bo‘g‘ozligini o‘z vaqtida aniqlash va hayvonlarni urug‘lantirishni nazorat qilish podani qayta to‘ldirishni O‘quv elementlarilashtirish va chorvachilik mahsulotlari Etishtirishni ko‘paytirish imkonini yaratadi.
Bo‘g‘ozlikning aniqlashning ahamiyati shundan iboratki, hayvonlarning qisir qolish sabablarini o‘z vaqtida aniqlash, qisir qolgan hayvonlarni o‘z vaqtida qayta urug‘lantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.
Hayvonlar bo‘g‘ozligini aniqlash ularni yakka tartibda aniq hisobga olish, bo‘g‘oz hayvonlar uchun molxonalar tayyorlash, xizmatchilar shtatini, sigirlarni sutdan chiqarish muddatini belgilash, bo‘g‘oz hayvonlarni tug‘ishga tayyorlash, sog‘in davrini O‘quv elementlarilashtirish, bo‘g‘oz biyalarni ishlatishni tartibga solish va ular uchun oziqa rasionlarini hayvonning fiziologik holatiga qarab tuzish imkoniyatini beradi.
Bepusht (Qisir) deb jinsiy voyaga Etgandan keyingi bir oy ichida urug‘lantirilmagan tanalar va tuqqandan keyingi bir oy (45-60 kun) davomida urug‘lanmagan sigirlar tushuniladi.
Bo‘g‘ozlikni tekshirishda aseptika va antiseptika qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilish kerak:
1. Tekshirish paytida maxsus kiyimlarda (xalat, fartuk, chepchik, qo‘lqop) ishlash.
2.Tekshirishlar oldidan qo‘l tirnoqlarini kalta qilib olish, qo‘llarni sovun bilan tozalab yuvish va ularni dezinfeksiyalovchi eritma bilan artish yoki maxsus qo‘lpoqlar kiyish.
3.Tekshirish vaqtida faqat yuqumsizlantirilgan asboblar va yuqori sifatli yuqumsizlantiruvchi eritmalardan foydalanish.
Bo‘g‘ozlikni tekshirish vaqtida texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilish hayvonga jarohat Etkazish va hayvonni tekshirish paytida mutaxassisning o‘ziga har xil jarohatlar Etishining oldini olishga imkoniyat beradi. Shuning uchun hayvonlarni tekshirish keng va har xil ortiqcha predmetlardan holi bo‘lgan xonalarda, hayvon tuliq fiksasiya qilingandan keyin bajarilishi lozim.
Hayvonlarni bo‘g‘ozligini aniqlashda uning ikki xil belgilari: bo‘g‘ozlik Ehtimoli borligini ko‘rsatuvchi taxminiy va faqat bo‘g‘oz hayvonlarga xos bo‘lgan, ya’ni haqiqiy belgilar aniqlanadi. Bu belgilar havonlarni tashqi va ichki usullar yordamida tekshirish natijalariga asoslanib aniqlanadi.
Anamnezni yig‘ish vaqtida bo‘g‘ozlikning turli belgilari ma’lum bo‘lishi mumkin va bu belgilarning xarakteri bo‘g‘ozlikning muddatiga bog‘liqdir.
Hayvonlar bo‘g‘ozligining dastlabki davrida uning qo‘yidagi o‘ziga xos belgilari mavjud:
1. Tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan urug‘lantirilgandan so‘ng 3-4 xafta davomida jinsiy moyillik va qo‘yikishning kuzatilmasligi;
2. Hayvon ishtahasining yaxshilanishi va tez semirishi;
3. Hayvonning Ehtiyotlik bilan harakatlanishi va yuvosh bo‘lishi;
4. Hayvonning ishlatilganda tez charchashi.
Bo‘g‘ozligining keyingi davrlarida hayvonlarni ko‘zdan kechirishda qo‘yidagi o‘ziga xos belgilar aniq namoyon bo‘ladi:
1. Qorin sohasining kattalashuvi;
2. Sut mahsuldorligining kamayishi yoki sut bezlari faoliyatining to‘liq to‘xtashi;
3. Sut xususiyatlarining o‘zgarishi (sigir va echkilarda bo‘g‘ozlikning oxirgi 3- davrida sutning ta’mi o‘zgarib, achchiqroq va sho‘rroq bo‘lib qolishi mumkin);
4. Hayvonning oyoqlari va qorinning pastki qismlarida shishlarning paydo bo‘lishi;
5. Elinning oldida tomirlarining (sut qudug‘i) burtib chiqishi va sut bezining kattalashuvi;
6. Anamnez ma’lumotlarining hayvonlarni urug‘lantirishni hisobga olish hujjatlariga mos kelishi.
Yirik shoxli hayvonlarda (sigir, biya va boshqalar) bo‘g‘ozlikni aniqlashni tashqi usullarning amaliy ahamiyati katta Emas, chunki bu usullar faqatgina bo‘g‘ozlikni so‘nggi bosqichlarida aniqlash imkoniyatini beradi.
Bo‘g‘ozlikni tekshirishning tashqi usullari kuzatish, paypaslash, tashqi ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘lib, hayvonlarni har qanday sharoitda ham tekshirish imkoniyatini beradi. Hayvonni tashqi ko‘zdan kechirish bilan hayvon qornining ko‘rinishi va semirishi, qorin devori va oyoqlardagi shishlar, sut bezlarini kattalashuvi va homilani harakatlanishi aniqlanadi. Homilaning harakati qorin devorining qimirlashini kuzatish bilan aniqlanadi.
Bo‘g‘ozlik tashqi tomondan kuzatish (osmotr), refleksologik tekshirish, ichki tomondan rektal va vaginal tekshirish hamda laboratoriya tekshirishlari kabi klinik usullar bilan aniqlanadi.
Bo‘g‘ozlikni tashqi tomondan tekshirish. Hayvonning bo‘g‘ozligini aniqlash qorin shaklining o‘zgarishi va homilaning harakat qilishini payqash, shuningdek, uni tashqaridan paypaslab ko‘rish, homilada yurak o‘rishini ona qorin devori orqali Eshitish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Hayvonning bo‘g‘ozligini tashqi tomondan qarab to‘g‘ri aniqlash qiyin bo‘lsada, bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmida, ayniqsa uning oxirgi oylarida, tashqi tomondan aniqlash muhim. Chunki bunda ichki a’zolarga ta’sir Etkazilmaydi.
Sigir va biyalarning bo‘g‘ozligini tekshirishda hayvonlarning so‘nggi tuqqan va urug‘lantirilgan vaqti ko‘rsatilgan aniq yozuvlar (urug‘lantirish reEstri, sun’iy urug‘lantirish jurnali va boshqalar), anamnez ma’lumotlari va hayvonni tashqi tomondan ko‘zdan kechirish, hayvonning bo‘g‘ozlik muddatini ichki tekshirish usullari bilan aniqlash natijalari umumlashtirilib, xulosa qilinadi. Oxirgi marta tabiiy yoki sun’iy urug‘lantirilgandan keyin navbatdagi jinsiy moyillik va kuyikish belgilari kuzatilmasa, hayvon taxminiy bo‘g‘oz deb hisoblanadi.
Bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi yarmida bachadondagi homila tez rivojlanadi, katta qorin bachadonni o‘ng tomonga qarab siqishi natijasida qorinning pastki o‘ng tomoni do‘ppayib ko‘tarilib turadi va qorin shakli o‘zgaradi.
Sigirning orqa tomonidan qorin devorlari hosil qilgan yoyga qaralganda chap tomonga turtib chiqib turgan nuqtasi taxminan uning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi, o‘ng tomonidan esa u joyning o‘rta qismidan pastroqda joylashadi. Sigirlar sutining kamayishi va ta’mining o‘zgarishi ham uning bo‘g‘ozligini bildiruvchi belgidir. Bunga ko‘ra, sigirning bo‘g‘ozligini faqat taxmin qilish mumkin, lekin aniq xulosa qilib bo‘lmaydi.
Sigir bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi yarmi boshlangandan so‘ng aniqrog‘i, uchinchi yarmida qorin devorini tashqi tomondan paypaslab homilaning borligini aniqlash mumkin. Odatda tekshirish Ertalab sigirni oziqlantirish va sug‘orishdan oldin o‘tkaziladi. Agar bo‘g‘oz sigirga sovuq suv berilsa bachadondagi homila serharakat bo‘lib, qorinning o‘ng tomoni devorini qimirlatadi. Qisqa vaqt bo‘lsa ham qorin de­vorining kuchli qimirlashi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Ammo bunday tekshirish homila uchun havfli hisoblanadi.
Shuningdek, qorinning o‘ng tomoni devoriga kaftni qo‘yib, bolaning urinib harakat qilayotganligini sezish mumkin. Buning uchun qo‘l qorin devorining tizza bo‘g‘inidan qovurg‘alar uchiga qarab o‘tkazilgan chiziq ustiga qo‘yiladi. Sigirning boshi biroz o‘ng tomonga burilib qorin devorining taranglashishi pasaytiriladi. Shundan so‘ng, qo‘l qorin devoriga qo‘yilib, ichkariga qarab itariladi. Qo‘l tezlik bilan bo‘shashtirilganda harakatda bo‘lgan qattiq tanani sezishi mumkin. Sigirning bo‘g‘ozligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun qo‘lni yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga surib bir necha marta paypaslanadi.
Bachadon kasalliklarida asosiy Etiologik omillar jinsiy kuyikish, urug‘lantirish paytida va tug‘ishdan keyingi davrda patogen mikrofloralarning bachadonga tushishi hisoblanadi. Ko‘pincha bachadonning jarohatlanishi qin va bachadon bo‘yni kanalining yallig‘lanishi asorati sifatida yuzaga keladi. Bachadonning yallig‘lanishi kasalliklarning (tuberkulyoz, brusellyoz) belgisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Mikroblarning patogenlik darajasi va to‘qimalarning rezistentlik darajasiga ko‘ra, patologik jarayonlar aniq belgilar bilan yoki hEch qanday belgilarsiz kechishi mumkin.
Bachadondagi patologik jarayonlar paytida bepushtliklarning kelib chiqishiga bachadon shilliq pardasining giperplaziyasi ko‘rinishidagi yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bachadon devorining qalinlashishi va bo‘shashib qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Bachadondagi o‘zgarishlar tuxumdonlar kistasi bilan bir vaqtda kechadi.
Surunkali endometrit (Endometritis chronica). Bachadon shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, endometriy qavatidagi bezlarning ko‘payishi va funksiyalarining kuchayishi bilan kechadi. Yallig‘lanish jarayonining xarakteriga ko‘ra, kataral va kataral-yiringli endometritlar farqlanadi.
Surunkali kataral endometrit bachadon bo‘shlig‘iga tug‘ishdan keyingi davrda, jinsiy aloqa, sun’iy urug‘lantirish vaqtida yoki qin va bachadon bo‘yinchasining yallig‘lanishida mikroorganizmlarning tushishi oqibatida rivojlanadi. Bachadon shilliq pardasida chuqur o‘zgarishlar kuzatilishi, qalinlashishi, bo‘shashib qolishi, Eroziyasi va yaralarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Shilliq pardalar bo‘ylab biriktiruvchi to‘qima o‘sadi; bachadon bezlari atrofiyaga uchraydi va ularning o‘rnida har xil kattalikdagi kistalar paydo bo‘ladi.
Xarakterli belgilari: bepushtlik, bachadondan loyqa ivimasimon, ba’zan qon aralash suyuqlik oqishi. Jinsiy sikllar ritmi o‘zgaradi yoki anafrodiziya kuzatiladi. Ba’zan jinsiy sikl davriy ravishda bo‘lsada bir necha marta urug‘lantirilishiga qaramasdan bepushtlik, yashirin abort qayd Etiladi. Bunday hayvonlarda 1-2 oydan keyin jinsiy siklning jinsiy qo‘zg‘alish belgilari paydo bo‘ladi. Qinda yo‘l-yo‘l giperemiya, kuchsiz kislotali (pH 6-7) muhitga ega shilimshiq suyuqlikning to‘planishi va ko‘pincha hayvon yotganda yoki jinsiy kuyikish paytida ajralishi xarakterli bo‘ladi. Jinsiy siklning turg‘unlashish bosqichida bachadon bo‘ynining qin qismini kattalashishi, giperemiyasi yoki bir tomonga, balandga siljishi kuzatiladi. Bachadon bo‘yni 1-2 barmoq ketadigan darajada ochiq bo‘ladi.
So’yiladigan hayvonlar va ularga qisqacha ta’rif.
Mamlakatimizda go’sht sanoati uchun chorvachilik fermer xo’jaliklari, davlat xo’jaliklarining chorvachilik fermalari va parranda fabrikalari xom ashyo bazasi bo’lib hisoblanadi. Go’sht va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalar hisoblanadi. Bularga yirik va mayda shoxli hayvonlar, cho’chqa, uy parrandalarining barchasi: tovuq, o’rdak, g’oz, ko’rka va quyonlar kiradi.
Undan tashqari Respublikamizning ayrim hududlarida ot va tuyalar ham go’sht uchun boqiladi.
Yirik shoxli hayvonlar zotiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.Go’sht beradigan.
2.Sut va go’sht beradigan
So’yiladigan hayvonlar to’g’risida umumiy tushuncha.
So’yiladigan hayvonlarni yoshi, jinsi, semizligi va zotiga qarab toifalarga ajratiladi.
So’yiladigan hayvonlarni semizligini aniqlashda muskul to’qimalarining o’sishi va yog’ni to’planishiga e’tibor beriladi.
Buning uchun hayvonlar tashqi tarafidan chuqur tekshirilib, qo’l bilan tananing yog’ to’planadigan joylari paypaslab ko’riladi.
Bunda tananing quyidagi joylari ya’ni: bo’yin, ko’krak qismi, kurak suyagining atrofi, biqini, qovurg’alari, yelka, dum va yelining oldingi tomoni ko’riladi.
Mollarni semizligini aniqlashda Quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak, ya’ni yosh mollarda yog’ asosan muskul to’qimalarining orasida, katta mollarda esa teri tagida va ichki organlar atrofida to’planadi.
So’yiladigan hayvonlar davlat standartlari talablariga asosan (DS) quyidagicha guruh va toifalarga bo’linadi:
Qoramollar – yoshi va jinsiga ko’ra davlat standartiga muvofiq (DS 5110-55) 4 guruhga bo’linadi.
I. Ho’kizlar va sigirlar
II. Buqalar (bugai)
III. Tanalar
VI. Buzoqlar.
I. Ho’kiz va sigirlar- semizligiga ko’ra 3 toifaga:
1. Yuqori.
2. O’rta
3. O’rtadan past.
II. Buqalar- semizligiga ko’ra 2 toifaga
III. Tanalar- 3 oydan 3 yoshgacha bo’lgan mollar bo’lib jinsi e’tiborga olinmaydi va 3 toifaga ya’ni: yuqori, o’rta va o’rtadan past toifalarga bo’linadi.
VI. Buzoqlar- bularga 14 kunlikdan 3 oylikkacha bulgan buzoqlar kiradi Semizligiga ko’ra ikki toifaga bo’linadi.
Qo’y va echkilar
Semizligiga ko’ra (DS) davlat standartiga muvofiq 3 toifaga ajratiladi: yuqori, o’rta va o’rtadan past.

Go’sht korxonalari.


Hozirgi kunda barcha go’sht korxonalari mexanizatsiyalashtirilgan.
Hayvonlar va parrandalarni qayta ishlash korxonalarida oziq-ovqat, dori-darmon (*farmasevtik) va chorva uchun oziqa mahsulotlari ishlab chiqiladi.
Texnik jihozlangan go’sht korxonalarida ishning to’xtovsiz jarayoni ta’minlanadi. Turli sexlar o’rtasidagi uzviy bog’lanish esa toza narsalarni notoza narsalardan ajratishni ta’minlaydi.
Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga va quvvatiga qarab bir yillik mahsulot miqdori e’tiborga olingan holda go’sht korxonalari 6 guruhga bo’linadi.
1-guruh go’shtni qayta ishlash korxonalariga bir yil mobaynida go’sht va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarishi - 55 ming tonnadan ortiq mahsulot chiqaradigan korxonalar
2-guruhga 30-55 ming tonnagacha
3-guruhga 12-30 ming tonnagacha
4-guruhga 5-12 ming tonnagacha
5-guruhga 3-5 ming tonnagacha
6-guruhga 1-2 ming tonnagacha
1-2-3-guruh go’sht korxonalari 3-6 qavatli bo’ladi.
Parrandalarni qayta ishlash korxonalari ham shu tartib asosida bo’linadi:
1-guruh bir yil mobaynida 12 ming tonnadan ortiq
2-guruh 6-12 ming tonnagacha
3-guruh 2,5-6 ming tonnagacha
4-guruh 1,4-2,5 ming tonnagacha
5-guruh 0,8-1,4 ming tonnagacha
6-guruh 0,5-0,8 ming tonnagacha
To’liq mexanizasiyalashtirilgan go’sht korxonalari quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
1. Mol saqlash joyi (mol bazasi)
2. Asosiy ishlab chiqarish sexlari.
3. Yordamchi sexlar.
1.Mol saqlaydigan joy (mol bazasi)
Sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari olish uchun mollar so’yishdan oldin 1-2 kun dam olishlari kerak. Mol bazasida imoratlar ochiq va yopiq holatda bo’lib, maydonchalari asfaltlangan bo’lishi lozim.
Mol saqlaydigan joyda oxurlar, stanoklar va boshqa jihozlar shunday materialdan qilinishi kerakki ular tez tozalanadigan va dezinfeksiya qilish ishlari oson bo’lishi kerak. Binolar ichidagi harorat qish faslida +5 +80 dan past bo’lmasligi, havoning namligi esa 65-80 % bo’lishi kerak. Sifatli go’sht olish uchun mollar yaxshi dam olishlari kerak, buning uchun ular yozda ayvonlar tagida, qishda esa isitilgan honalarda bo’lishi lozim.
Ayvonlar va honalarda mollar erkin harakatlanishi uchun quyidagi hisobda yer maydoni ajratiladi.
Bir bosh uchun:
Mollar uchun 6-7 m2
Qo’y va echkilar uchun 0,8-1 m2
Cho’chqa uchun 1,8-2 m2
Mollarni saqlash bazasida karantin bo’limi, izolyator va kasal mollarni so’yish joylari bo’lishi lozim.

Yirik shoxli hayvonlarda tuyoq bug’imlarining yiringli osteoartritlarida, suyak sinishlarida, paraartikulyar flegmonasida, barmoqlarning bukuvchi mushak paylarining nekrozida, yiringli podotroxleit va uchinchi barmoq parezida uchinchi falanga ekzartikulyasiya operasiyasi o’tkaziladi.(32-rasm)


Operasiya o’tkazishdan bir kun oldin barmoqlar iliq suvda sovun va щyetka bilan yaxshilab yuviladi va himoya bog’lami qo’yiladi.
Kasal hayvonni, kasal bo’lgan oyoq tomoniga yotqiziladi va yaxshilab fiksasiya qilinadi. So’ngra operasiya maydoni 5%li yod, formalin, kaliy permanganat surtilib tayyorlanadi, barmoq nervlari o’tkazuvchan og’riqsizlantiriladi yoka aylanma novokain qamali qo’llaniladi. Qonni kelishini kamaytirish maqsadida barmoqqa jgut bog’lanadi va kesish chizig’i aniqlanadi. Kesish chizig’i, tuyoqning oldingi qismida tuyoq jiyagidan 0,5 sm pastroqdan, orqangi qismi esa tuyoq jiyagidan 3-4 sm pastroqdan o’tadi va shu yerdan arra bilan kesib tashlanadi.
So’ngra iskana yordamida tuyoq suyagining epifiz qismi qirqib olib tashlanadi va u yerda qolgan kunjutsimon suyakchalar ham skalpel va pinset yordamida olib tashlanib, yumaloq suyakning tog’ay qismi o’tkir qoshiqcha bilan qirib tashlanadi. Jarohat yaxshilab tekshirilib, u yerda uzilgan, ezilgan to’qimalari olib tashlanadi va qon tomirlar tikiladi, so’ngra jgut olinadi va ozroq kutib turiladi, agar qon kelsa, jgut yana bog’lanib qon oqayotgan tomirga chok qo’yiladi, agar qon kelmasa jarohatni davolashni rejalashtiriladi. Bunda jarohatga antibiotiklar va sulfanilamidlar sepilib, degt va vazilin aralashmasiga botirilgan bog’lam qo’yilib bog’lab qo’yiladi va 10-12 kundan keyin agar hayvon organizmida keskin o’zgarishlar bo’lmasa, bog’lam almashtiriladi.
Qoramollarda birinchi va ikkinchi barmoq bug’imlarining yiringli nekrotik jarayonlarida, yaщur va nekrobakterioz kasalliklaridan kelib chiqadigan asoratlarda va boshqa patologik jarayonlarda amputasiya qilinadi.
Operasiya o’tkazishdan bir kun oldin barmoq iliq suvda sovun va щyetka bilan yaxshilab yuviladi va ximoya bog’lami qo’yladi. Operasiya boshlanishidan oldin patologik jarayon kechayotgan joy 5% li yod, kaliy permanganat, perekis vodorod yoki formalinning spirtli eritmasi bilan ishlov beriladi.
Hayvon yotqizilgan yonbosh holatda fiksasiya qilinadi, bunda patologik jarayon kechayotgan oyoq yuqoriga moslashtirilib, yaxshilab bog’lanadi va novokain bilan aylanma yoki o’tkazuvchan og’riqsizlantiriladi
Hayvon oyog’iga qonni to’xtatish uchun jgut qo’yiladi. Barmoq terisi yuza o’rtalig’idan, yuqoridan pastga qaratib kesiladi. Keyin uni yarim oy shaklida medial tuyoq oraliq tomoniga tuyoq jiyagining aylanma uzunasiga, hamda lateral tomonga qarab kesish davom ettiriladi. Xuddi shunga o’xshash kesish barmoqning palmar tomonidan ham vertikal bajariladi. Bunda oldingi lateral va medial kesimlar bir-biriga qo’shiladi. Barmoq ustida hosil bo’lgan teri parchasini proksimal birinchi falanganing yuqori tomoniga va shuningdek barmoq oraliq yorig’ining lateral tomon chegarasiga qarab teri qavati ajratiladi va u teskari qilib yuqoriga ajratilib qo’yiladi. Ikkinchi barmoqning dorsal qismida terini ajratish natijasida uncha katta bo’lmagan uch burchak hosil bo’ladi. Qon oqayotgan tomirlar bog’lanadi. Birinchi barmoq suyagining distal qismi tekisligigacha tushoq, kunjutsimon, suyak oraliq bog’lami va panja oraliq yog’ to’qimalari qaychi bilan qirqiladi va tushoq suyagi belgilangan joydan arralanadi. Barmoq olib tashlangandan so’ng zararlangan to’qimalar olib tashlanadi, qon tomirlar bog’lanadi. Jarohatga antibiotik va sulfanilamid kukunlari aralashmasi sepiladi, so’ngra teri lablari bir-biriga yaqinlashtirilib uzlukli chok qo’yib tikib tashlanadi.
Dyogt va vazilin aralashmasiga shimdirilgan doka bilan bog’lam qo’yiladi, agar jarohatda nekrozga uchragan to’qimalar bo’lmasa va yiringli jarayon rivojlanmasa jarohat birlamchi tortilish bilan bitadi.
Tuyoqning maxsus (Rustergols) yarasi
Tuyoqning maxsus yarasi asosan yuqori sut mahsuldorli sigirlarda ko’p uchraydi ( O.Dits., N.S.Ostrovskiy). Ayrim hollarda yosh hayvonlar va bo’qalar kasallanadi. Bu kasallik ko’proq hayvonlarning orqa oyoqlarining ko’proq lateral tuyoqchalarida uchraydi.(33-rasm)
Bu kasallik hayvonlarni tor va chambarakli temir pollarda saqlanganda, shu bilan birga tuyoqlarni o’z vaqtida qirqmaslik va adinoma oqibatida kelib chiqadi.
Hayvonlarda qasallikning belgilari, uning kechish davriga va hayvon og’irligiga bog’liq bo’ladi. Kasallik boshlanishida, hayvonlarda ishtahaning pasayishi, asta-sekin tana vaznining va sut mahsuldorligi-ning kamayishi kuzatiladi. Kasal hayvon ko’p yotadi, asta-sekin harakatlanadi, keyinchalik tayanch oqsash kuzatiladi. Hayvonlarda oqsash notekis va qattiq joylarda yurganda kuchli namoyon bo’la boshlaydi. Tuyoq tovoni ko’zdan kechirilganida patologik o’choqdagi shox qavat kulrang sariq, qizg’ish-sariq yoki to’q qizil rangga ega bo’lib, o’zining egiluvchanligini va mustahkamligini yo’qotgan bo’ladi. Keyinchalik bu shox qavat ko’chib o’rniga yara hosil bo’ladi va u yerda yiringli – nekrotik jarayon kuzatiladi.
Davolashda birinchi navbatda kasallikni keltirib chiqargan etiologik omillar bartaraf etiladi. Kasal hayvon fiksasiya qilinib shikastlangan barmoq tozalanadi va tuyoqning o’sgan qismi kesib tashlanadi, iliq suvda sovun yoki 5%li kaliy permanganat bilan yuviladi. Barmoq nervlari og’riqsizlantirilib, operasiya maydoni tayyorlanadi va barmoqqa jgut qo’yiladi
Shundan so’ng ajralgan o’lgan va patologik shox tuqimalar kesib olib tashlanadi. Barmoqning chuqur bukuvchi payining pastki qismi nekrozga uchragan bo’lsa, pay qisman kesib olib tashlanadi.
Jgut yechiladi agar qon tomirlardan qon oqsa tomirlarga chok qo’yiladi, agar oqmasa jarohatga antibiotiklar (oksitetrasiklin, tetrasiklin) va sulfanilamidlar yoki maydalangan kaliy permanganat va bor kislotasidan teng miqdordagi kukunlar sepiladi.
Shu tartibda davolash muolajasi ko’llanilgandan keyin, jarohatga bog’lam qo’yiladi. Dyogt yoki skipidarga teng miqdorda vazelin aralashtirib dokaga shimdiriladi va u doka jarohat ichiga qo’yiladi va ustidan bint bilan bog’lab tashlanadi.
Kasal hayvon tekis va quruq joyga saqlab davolanadi.

Qorin bo’shligidagi o’smalarni olib tashlagandan so’ng splenoektomiya bajarildi. Operatsiyadan so’ng davr asosan asoratsiz kechdi, faqat bitta it 3 kundan so’ng o’ldi.


An’anaviy usullar bilan davolab bo’lmaydigan o’smalarni davolash uchun GEK – 4 uskunasida ishlab chiqariladigan issiqliq neytronlar tutami (φt = 109 n/sm2 s) qo’llandi. Undan tashqari melanoma V – 16 xujayralari kulturasida Dipendast preparatining ta’siri sinaldi. Preparat venaga va o’smaga boradigan arteriyaga yuborildi. Kompleks ishlatilgan nurlarning va preparatning davolovchi samarasi 80 % ni tashkil qildi.
Hayvonlarda o’smalarni asosiy davolash usuli – jarrohlik amaliyotidir, ayrim hollarda unga ximiopreparatlar va gormonal vositalar ko’shib ishlatiladi. O’pka va ko’krak qafasi devorining hatarli shishlari mavjud 13 bosh itlar jarrohlik yo’l bilan davolandi. Tashxisni aniqlash va davolash uchun torakotomiya usuli qo’llandi. Qovurg’alardagi sarkomaning metastazlari olib tashlandi. Operatsiyadan keyingi davrda keng spektrli ta’sir etuvchi antibiotiklar qo’llandi. Davolangan itlardan 3 tasi tezda o’ldi, 7 tasi 3 oygacha yashadi, qolganlari esa tuzaldi. Xulosa qilib aytish mumkin – itlarda o’pka va ko’krak qafasi o’smalarini jarrohlik yo’l bilan olib tashlash texnik jixadan mumkin. Operatsiyani o’z vaqtida bajarsa va hayvonlar unga to’g’ri tayyorlansa u yaxshi natijalarga olib keladi.
Operatsiyadan keyin o’smaning organizm ichida tez tarqalishi hayvonlarda kam kuzatiladi. Hayvonlardagi ayrim birlamchi o’smalar «portlash» xossasiga ega emas, shuning uchun operatsiya usuli yaxshi natija beradi. Agar metastazlar rivojlangan bo’lsa jarrohlik usul yaxshi natija bermaydi. Klinik tekshirishlar shuni kursatadiki hayvonlarda o’smalarni jarrohlik usul bilan davolashning yaxshi natija berishi quyidagi xolatlarga bog’liq:
1. O’sma sog’lm to’qimalar chegarasida olib tashlanishi lozim. Sog’ayish o’sma elementlarini tulig’icha olib tashlash bilan bog’lik ya’ni o’smani regionlar limfa tugun bilan olib tashlash lozim.
2. Kasal hayvonlarni muvofaqiyatli davolash uchun o’smani olib tashlash bilan birgalikda organizmning ximoya reaksiyalarini oshirishga qaratish kerak.
Z. Jarrohlik operatsiya usuli bilan o’smani olib tashlash vaqtida ablastika va antiblastika qoidalariga rioya qilib residivlarning oldini olish mumkin.
4. Operatsiya qilish vaqtida o’sma to’qimasining shikastlanishini oldini olish tez–tez asboblarni almashtirish, operatsiya vaqtida qayta sterilizasiya qilish, kon oqishini to’ligicha to’xtatish, qo’lni 2% xloramin bilan yuvib turish.
5. O’smalarni jarrohlik usul bilan olib tashlashda narkoz va mahalliy og’riqsizlantirishdan keng foydalanish.
Hayvonlarda yomon sifatli o’smalarni aniqlash juda murakkab ish bo’lib xisoblanadi. Ayniqsa o’smalar ichki organlarda bo’lgan paytlarda ularning diagnostikasi juda murakkab. Chunki o’smalarning rivojlanishi davrida og’rik sezilmaydi va ularning mavjudligi klinik namoyon bo’lmaydi.
http://www.chemoemboli.ru/node/68. O’smalarga ta’sir qilish mexanizmi bo’yicha bir nechta preparatlar guruhlari ajratiladi.

  • Antibiotiklar – ayrimlari o’smalarga qarshi faollikka ega, shuning uchun ular xujayrali siklga har xil ta’sir etadilar. O’smalarda Doksorubisin va Mitomisinlar qo’llanadi. Epirubisin antrasiklinli antibiotiklar qatorga qiradi.

  • Vinkalkaloidlar – Vinca rosea o’simligidan olinadi. Tubulin fermentini bog’lab, xujayraning sitoskeletiga ta’sir qiladi. O’smalarning xujayrali ularga ko’proq sezuvchan bo’ladi. Vinblastin, Vinkristin, Vindezin.

  • Platina preparatlari – platina og’ir metallar sirasiga kirgani uchun organizm uchun havfli. Ta’siri bo’yicha alkillashtiruvchi agentlarga o’xshaydi. Sisplatin.

Boshqa sitostatiklar – ta’sir etishning turli yo’llariga qaramasdan ular yuqorida aytib o’tilgan preparatlarga o’xshaydi. Bir qismi alkillashtiruvchi agentlarga (dakarbazin, prokarbazin) o’xshaydi, bir xillari antimetabolitlar kabi ta’sir etadi (L–asparaginaza, gidroksimochevina), boshqalari topoizomerazaga ta’sir etadi (amsakrin).
Kortikosteroidlar ham yaxshi sitostatiklar qatoriga kirib, o’smalarni davolashda qo’llanadi.
lsa muzli suv, 150S va undan past bo’lsa sovuq suv, 230S li salqin suv, 280 - 330S li indiferent suv, 330 - 400S gacha issiq suv, 420S dan yuqori bo’lsa qaynoq suv deb yuritiladi. Tananing biror joyi sovutilganda qon tomirlar torayadi va qon kelishi kamayadi, buning oqibatida qon oqishi to’xtaydi, yallig’lanish jarayonlarining rivojlanishi pasayadi va yallig’lanish shishi hosil bo’lishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi. Bundan tashqari sovutish, nerv to’qimalarining o’tkazuvchanligini va qo’zg’alishini kamaytiradi, natijada og’riq kamayadi. Shunday qilib sovuq muolajalar qon to’xtatuvchi va yallig’lanishga qarshi ta’sir etish xususiyatiga ega ekan. Sovuq muolajalar to’qima ichida qon oqishlarda va operasiyadan keyin qon ketishlarda, o’tkir aseptik yallig’lanish jarayonlarida, suyak ustki pardasi va yumshoq to’qimalarning lat yeyishlarida, bo’g’in, pay va pay qinlarning lat yeyishlarida, shuning bilan birga tuyoqlarning o’tkir revmatik yallig’lanishlari va otlarning yumshoq tovonining lat yeyishlarida qo’llaniladi.

Davolash uni xarakteriga va joylashgan joyiga bog’liq bo’ladi. Chegaralangan papillomalar og’iz bo’shlig’ida joylashgan bo’lsa kesiladi, qon oqayotgan yuza 10 foizli kumush nitrat, lyapis yoki termokauter yordamida kuydiriladi. Bundan tashqari papillomalar asosiga 3 foizli novokainni 300li spirtda aralashtirib yuborilganda so’gal 6-10 kun ichida tushib ketadi.


Xirurgik operasiya bu asosan davolash va diagnostik maqsadida hayvon to’qima va organlariga mexanik ta’sir qilish ma’nosini bildiradi.
Operasiyani o’tkazish shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi, qachonki uni o’tkazish natijasida hayvonni mahsuldorligi tiklanib yoki kupaysa, ya’ni veterinariyada iqtisodiy taraf birinchi urnida turishi lozim.
Operasiyani boshlashdan oldin diagnoz aniqlanadi va shunga qarab operasiya o’tkazishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalari namoyon buladi. Operasiya o’tkazishga ko’rsatma: mutloq va nisbiy bulishi mumkin.
Mutloq ko’rsatmalar (indicatio vitalis)- patologik jarayon hayvon organizmiga o’ta xavfli ta’sir qilib, o’limga olib kelishi mumkin: o’sma, ichki organlarni kisilishi, havo o’tmaslik, timpaniya. Nisbiy kursatmalar- patologik jarayon hayvon organizmiga xavf tug’dirmaydi, mahsuldorlik pasaymaydi.
Qarshi ko’rsatmalar: ozg’in, kari yosh, jarayonni kuchayishi, operasiya o’tkazish iloji bo’lmasa, xomilani ikkinchi yarmi, kuyga kelishi, yuqumli kasalliklar.
Operasiyani o’tkazishdan oldin jismoniy va yuridik shaxsdan ruxsat olish kerak va operasiyani rejasi tuziladi.
Barcha xirurgik operasiyalar ikki turga bo’linadi: qonli va qonsiz. Maqsadi buyicha: davolash, diagnostik, iqtisodiy, eksperimental.
Davolash operasiyalar o’tkazilishiga karab: favkulotda tez va rejali ravishda olib boriladi.
Xususiyatiga qarab: radikal va polliativ. Bundan tashkari: aseptik, septik, plastik, kosmetikalarga bo’linadi. Operasiyaning tarkibiy qismi 3 etapdan iborot:
1. Operasiyaga yo’l ochish (kirish) – bunda kesim o’tkazilib patologik jarayonga yoki organga yo’l ochib boriladi.
2. Operasiyani o’tkazish (bajarishi) – organ yoki to’qimadagi patologik jarayonni qisman yoki to’liqcha olib tashlash, bunda uni funksiyasini buzmaslikga intilish kerak. «Xirurg fiziologik fikrlab, anatomik operasiya qilishi kerak».
3. Yakuniy boskich – choklash, drenaj, bog’lam qo’yish.
Operasiya o’tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish va yaxshi natija olish uchun kasal hayvonni operasiyaga tayyorlash lozim. Bunning uchun uning umumiy klinik ko’rsatkichlari tekshiriladi xarorati, nafas olish va yurak urishi tekshiriladi. Organizmning hayotiy muxim sistemalari tekshiriladi, teri kasalliklari bor-yuqligi aniqlanadi.
Operasiya o’tkazilgandan keyin jarohatni bitishini tezlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Agarda operasiya oshqozon-ichaklarda olib borilgan bo’lsa parxez rasion bilan ta’minlash kerak, ya’ni tez xazm bo’ladigan oziqalar berilishi kerak.
Veterinariya vrachlari har xil turdagi hayvonlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi, uy hayvonlaridan boshlab to yirtqichigacha, shuning uchun ular bilan ishlash vaqtida texnik xavsizlkga qat’iyan rioya qilish lozim.
Hayvonlarning xulq-atvorini, tashqi muxitda o’zini tutishini o’rganadigan fan etologiya deb ataladi, hayvonni fel-atvorini shakllanishiga atrof-muxit, saqlash sharoitlari, unga nisbatan munosabat ta’sir qiladi.
Hayvonlar bilan ishlash vaqtida ko’pchilik reflekslar orasida, ikkita muxim refleksni e’tiborga olish lozim – bu o’z-o’zini himoya qilish va erkinlik. Bundan tashqari nerv sistemasini tipiga ham e’tibor berish lozim va xar bir hayvonga individual yondoshish kerak. Nerv sistemasining tipi 4 ga bo’linadi: Xolerik – qo’zg’aluvchan; sangvinik-xarakatchan; flegmatik befarq; melanxolik nimjon. Buni hayvonni fiksasiya qilish vaqtida va podalarni tashkil qilish vaqtida e’tiborga olish lozim.
Hayvonlarni fiksasiya qilishdan asosiy maqsad:
1) Xirurgga operasiya maydonida erkin va xavsiz xarakat qilishini ta’minlash.
2) Hayvonni xarakatsizlantirib, normal ish sharoitini yaratish.
3) Operasiya vaqtida hayvon o’ziga va operasiyada qatnashadiganlarga shikast yetkazmasligini oldini olish.
Hayvonlar tik va yotgan xolatda fiksasiya qilinishi mumkin.
Ayg’irlarni axtalash – konli ochik usul bilan amalga oshiriladi, fakat kari aygirlar yopik usul bilan axtalanadi.
Fiksasiyasi – asosan yotgan va maxsus stanok bulgan vaktda tik turgan xolatda fiksasiya kilinadi. Yotgan xolatda fiksasiya kilganda ung orka oyogi oldinga tortiladi, kolgan uchtasi birga boglanadi.
Og’riksizlantirish – katta axamiyatga ega va yikitishdan oldin beriladi. Uygunlashgan narkoz uchun 20 – 25,0 xloralgidratni 2 litr suvda eritib zond orkali yuboriladi. Shundan sung maxalliy og’riqsizlantirish kuyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1. Intratestikulyar – urug’don ichiga 10 ml 4 % novakain yuboriladi (Sanojnikov usuli)
2. Urug’don ortigini dum kismiga
3. Urug’don ortigini bosh kismiga (Plaxotin usuli)
4. Urug’don tizmachasiga (Brasse usuli)
5. Kesim chizigi buylab 0,5 % novakain eritmasi
6. Vena kon tomiriga 5 ml 5 – 10 % rampun, rolitar
7. muskul orasiga 8 – 10 ml 2,5 % aminazin
Operativ xirurgiyaning asosiy maqsadi - bu operasiya o’tqazish texnikasini o’rgatish va shu bilan birgalikda kasal hayvonlarni davolash maqsadida yangi operasiyalar va operativ usullar ishlab chiqish.
Bundan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
1.- Qisqa muddat ichida hayvonni pasaygan mahsuldorligini oshirish.
2.- Hayvonlarni ishchi qobiliyatini tiklash va yaxshilash.
3.- Hayvonlar sonini ko’paytirishga ko’maklashish.
4.- Go’sht, sut va jun maxsulotlarini sifatini yaxshilash va sonini ko’paytirish.
Agar organlar terini ostiga qursoq pardasiz tushgsa, ya’ni muskullarni yorilishida, bunday patologiya prolapsus deb ataladi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra daba: a) tug’ma va b) ortirilgan bo’ladi. Birinchisi anatomik teshik yopilmasa yoki xaddan tashqari katta bo’lsa hosil bo’ladi. Ikkinchisi – shikastlanish yoki operasiyadan keyin hosil bo’ladi.
Joylashi bo’yicha dabbalar quyidagilarga bo’linadi: kindik, chot, qorin yonbosh devori, chov kanali urug’don xalta (intravaginal) diafragmal, umurtqa pog’onasi va boshqalar.
Klinik belgilarga qarab dabba kuyidagilarga bo’linadi:

  1. To’g’ri bo’ladigan – organlar bemalol qorin bo’shlig’iga tushib chiqib yuradi.

  2. To’g’ri bo’lmaydigan – organ xalta bilan yopishganda

  3. Qisilgan – ikkiga bo’linadi – interstisial to’qima bilan qisilishi (xalqa), axlat bilan qisilish, bu daba xavfli bo’lib hisoblanadi.

B) kindik dabbasida operasiya o’tkazish texnikasi.
Tayyorgarlik – hayvon 12 soatli parxezda ushlanadi ichaklarni tushashi uchun.
Fiksasya va og’riqsizlantirish – uyg’unlashgan narkoz – mahalliy og’riqsizlantirish bilan birgalikda.
Itlarga neyroleptanalgeziya, kesim chizig’i bo’ylab infiltrasiya usuli.
Hayvon orqada yotgan holatda fiksasiya qilinadi.
Operasiya texnikasi
Operasiya o’tkazishdan asosiy maqsad bu dabba teshigini yopish.
Agar dabba xaltasi katta bulmasa organlar bilan qorin bo’shlig’iga yuborilib teshikka uzlukli chok quyiladi.
Agar dabba xaltasi katta bo’lsa organlar ichkariga yuborilgandan keyin xalta o’z o’qi atrofida uraladi va teshikka yaqin joyda ligatura bilan bog’lanadi. Xalta reviziya qilingandan keyin olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib chok bilan yopiladi. Agar xalta ichidagi organlar yopishgan bo’lsa, ajratmasdan qaychi yordamida xaltadan kesib olinadi. Organlar qorin bo’shlig’iga yuborilgandan keyin teshik chok bilan yopiladi.
Operasiyaning yakuniy qismida – ortiqcha teri olib tashlanadi va choklanadi.
V) chov – urug’don xalta dabbasida operasiya o’tkazish texnikasi.
Kesim chov kanaliga nisbattan parallel olib boriladi. Hosil bo’lgan jarohat orqali umumiy qin parda yorg’oqdan organlar bilan birga tashqariga chiqariladi. Qorin teshigi orqali organlar ichkariga siqib yuboriladi, xalta o’z o’qi atrofida bir necha marta buraladi va teshikka yaqin joyda bog’lanadi. Xalta reviziya qilingandan keyin olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib choklanadi. Operasiyani yakuniy bosqichida teriga chok qo’yiladi.

Qorin dabbasini operasiya usuli bilan davolash


A) dabba va uning klassifikasiyasi (tasniflanishi). Dabba (churra) – bu qorin bo’shlig’idagi organlarni qursoq parda bilan birgalikda qorin devoridagi anatomik va patologik teshiklar orqali terini ostiga tushishi. Dabba uchta elementdan tashkil topgan – daba teshigi daba xaltasi – qursoq parda va uni ichiga tushgan organlar.
Agar organlar terini ostiga qursoq pardasiz tushgsa, ya’ni muskullarni yorilishida, bunday patologiya prolapsus deb ataladi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra daba: a) tug’ma va b) ortirilgan bo’ladi. Birinchisi anatomik teshik yopilmasa yoki xaddan tashqari katta bo’lsa hosil bo’ladi. Ikkinchisi – shikastlanish yoki operasiyadan keyin hosil bo’ladi.
Joylashi bo’yicha dabbalar quyidagilarga bo’linadi: kindik, chot, qorin yonbosh devori, chov kanali urug’don xalta (intravaginal) diafragmal, umurtqa pog’onasi va boshqalar.
Klinik belgilarga qarab dabba kuyidagilarga bo’linadi:

  1. To’g’ri bo’ladigan – organlar bemalol qorin bo’shlig’iga tushib chiqib yuradi.

  2. To’g’ri bo’lmaydigan – organ xalta bilan yopishganda

  3. Qisilgan – ikkiga bo’linadi – interstisial to’qima bilan qisilishi (xalqa), axlat bilan qisilish, bu daba xavfli bo’lib hisoblanadi.

B) kindik dabbasida operasiya o’tkazish texnikasi.
Tayyorgarlik – hayvon 12 soatli parxezda ushlanadi ichaklarni tushashi uchun.
Fiksasya va og’riqsizlantirish – uyg’unlashgan narkoz – mahalliy og’riqsizlantirish bilan birgalikda.
Itlarga neyroleptanalgeziya, kesim chizig’i bo’ylab infiltrasiya usuli.
Hayvon orqada yotgan holatda fiksasiya qilinadi.

Operasiya texnikasi


Operasiya o’tkazishdan asosiy maqsad bu dabba teshigini yopish.
Agar dabba xaltasi katta bulmasa organlar bilan qorin bo’shlig’iga yuborilib teshikka uzlukli chok quyiladi.
Agar dabba xaltasi katta bo’lsa organlar ichkariga yuborilgandan keyin xalta o’z o’qi atrofida uraladi va teshikka yaqin joyda ligatura bilan bog’lanadi. Xalta reviziya qilingandan keyin olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib chok bilan yopiladi. Agar xalta ichidagi organlar yopishgan bo’lsa, ajratmasdan qaychi yordamida xaltadan kesib olinadi. Organlar qorin bo’shlig’iga yuborilgandan keyin teshik chok bilan yopiladi.
Operasiyaning yakuniy qismida – ortiqcha teri olib tashlanadi va choklanadi.
V) chov – urug’don xalta dabbasida operasiya o’tkazish texnikasi.
Kesim chov kanaliga nisbattan parallel olib boriladi. Hosil bo’lgan jarohat orqali umumiy qin parda yorg’oqdan organlar bilan birga tashqariga chiqariladi. Qorin teshigi orqali organlar ichkariga siqib yuboriladi, xalta o’z o’qi atrofida bir necha marta buraladi va teshikka yaqin joyda bog’lanadi. Xalta reviziya qilingandan keyin olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib choklanadi. Operasiyani yakuniy bosqichida teriga chok qo’yiladi.



Download 49,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish