Diskret vaqtli sistema tushunchasi.TIZIM VA SIGNALLAR
REJA
1. Tizim va signallarning asosiy xususiyatlari.
2. Signallarning qayta ishlash usullari.
3. Signallarni diskretlash, kvantlash va kodlash.
4. Signallarga ishlov berishda segmentlash va freymlash.
5. Svyortka va korrelyatsiya algoritmi.
6. Signallarni filtrlash.
7. Diskret Furye o’zgartirish algoritmi.
8.Wavelet o’zgartirish asoslari.
9. Real vaqtda ishlov berish tizimlari. QNX operasion tizimi.
10. Signal protsessorlarining oilasi.
11. Texas Instruments kompaniyasining signal prosessorlar modellari.
12. Signal prosessorlari uchun tizimli va amaliy ishlov berish dasturlari.
SIGNAL
Signal – bu fizik jarayon bo‘lib, uning parametrlari uzatilayotgan xabarga muvofiq o‘zgaradi, signal axborotning material tashuvchisidir.
Taqdim etish usuliga ko‘ra signallar ikki guruhga bo‘linadi – tasodifiy va deterministik. Ular matematik model yoki signal parametrlarining o‘zgarishini tavsiflovchi funksiya bilan xarakterlanadi.
Deterministik signallar analitik funksiya (analitik aniqlangan) bilan tasvirlanadi va ularning xatti-harakati har qanday vaqtda to‘liq ma’lum bo‘ladi.
Deterministik signallar, o‘z navbatida 2 ta davriy va davriy bo‘lmagan ko‘rinishda bo‘ladi Davriy bo‘lmagan signallari odatda, vaqt ichida cheklangan.
Tasodifiy signal vaqt funksiyasidir, uning qiymatlari oldindan noma’lum va faqat ma’lum ehtimol bilan taxmin qilish mumkin. Tasodifiy signallarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
– taqsimlash qonuni (ma’lum intervalda signal qiymatining kirib kelish nisbiy vaqti), – quvvatni spektral taqsimlash
Davriy signal - bu ma’lum davr bilan vaqt o‘tishi bilan takrorlanadigan signal hisoblanadi. Davriy signalga misol sifatida qo‘yidagi ifoda bilan tasvirlanadigan garmonik tebranishni keltirish mumkin: bunda A – tebranish amplitudasi, φ – boshlang‘ich faza. Ma’lumki, har qanday murakkab davriy signal asosiy chastota ω = 2π/T ga ko’paytirilganda chastotalar bilan garmonik tebranishlar yig‘indisi sifatida ifodalanishi mumkin. Analog signal- vaqtning uzluksiz ishlashi bilan tavsiflanadi. Analog signal vaqt o‘tishi bilan doimiy ravishda o’zgarib turadigan amplitude , chastota yoki fazo orqali ma’lumot uzatishni ta’minlaydi. Deyarli barcha fizik jarayonlar vaqtning uzliksiz funksiyalari bilan tavsiflanadi, shuning uchun ular analog signaldir. Diskret signal – vaqt o‘tishi bilan signalning diskret o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, signalning o‘zgarishi ma’lum vaqt oraliqlarida orttirma ravishda sodir bo’lib, namuna olish oralig’i – delta t yoki Td deb ataladi. Analogli signalning namuna olish signal vaqtining diskret momentlarida olingan qiymatlar ketma-ketligi sifatida ifodalanishidan iborat bo’lib, ular namuna(sample) deb ataladi.