Aktinomikoz– zamburug’lar chaqiradigan surunkali yallig’lanish jarayon bo’lib, chegaralangan yiringxonalar atrofida biriktiruvchi to’qimaning proliferasiyasi bilan harakterlanadi. Yiring tarkibida zamburug’ druzalari topiladi.
Chaqiruvchisi Actinomyces zamburug’lari. Ular ko’pincha og’iz bo’shlig’ining shillik pardasi orqali yumshoq to’qimalarga o’tib o’rnashadi.
Kasallik avvalida to’qimalarda mayda tugunchalar hosil bo’lib, ular keyinchalik birlashadi va katta, zich yaralar yoki yiringxonalarga aylanadi. Yara yuzasi fungozli granulyasiya bilan qoplanadi. Ikkilamchi jarayon sifatida jag’osti va xalqumorti limfatik tugunlar zararlanadi (34 %). Aktinomikozda odatda jag’ suyaklarining osteomiyeliti rivojlanadi.
Qoramol va cho’chkalarda o’pka aktinomikozi ham kuzatiladi.
Davolash: chegaralangan aktinomikomalar operativ yul bilan olib tashlanadi. Kichik jarayonlarda gemo–novokain qamallari, mahalliy–antibiotikoterapiya va yodoterapiya usullari qo’llanadi. Ikkinchi usulda qoramollarga 6,0 dan yodli kaliy og’iz orqali 10–14 kun beriladi. Immunoterapiya vositasi sifatida peptinolizatlar qo’llanadi.
Kasallikning oldini olish uchun oxur chetlari tozalanadi. Dag’al xashaklarga issiqbug’ bilan ishlov beriladi.
Qonning ivish xususiyatini oshirish uchun operasiyadan oldin qon quyish tavsiya qilinadi: yirik hayvonlarga 500-1000 ml, maydalariga esa 300 ml. qon tomirlarning devoriga ta’sir etuvchi 10 % kalsiy xlorid, yirik hayvonlrga 30-40 ml, maydlariga 2-4 ml. Qon ketishini mayda va o’rta tomirlarda o’z-o’zidan to’xtatish mumkin, ya’ni tromb hosil qilish orqali.
Qon ketishining vaqtincha va batamom to’xtatilishi farqlanadi.
Qon ketishini vaqtincha to’xtatish usullariga quyidagilar kiradi: qisuvchi bog’lam (povyazka) qo’yish, tampon yoki barmoq, qo’l yordamida bosish, gemostatik pinsetlar yordamida qisish, jgut qo’yish. Shundan so’ng qon oqishini batamom to’xtatishga kirishish kerak.
Dorixona toza, yorug’ va havo almashib turuvchi quruq xonalardan iborat bo’lib, davolashga ixtisoslashgan ambulatoriya va klinika yonida bo’lishi kerak. Bundan tashqari dorixonalar maxsus jihozlangan dori vositalarni saqlash uchun alohida xonalar, yer to’la va dori javonlari bo’lishi shart.
Dori vositalari har xil tashqi va ichki muhitlar ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Misol uchun: Adrenalin va xloroform yorug’lik va nam bo’lgan joyda tez buziladi.
Shu tufayli vositalarni qarong’u va quruq joyda saqlash tavsiya etiladi.
Dori moddalarini saqlash qoidalari
Dorixonalarda bo‘ladigan dorilar asosan zaharli – A ro‘yxatga kiradigan va kuchli ta’sir qilishga ega bo‘lgan moddalar – B ro‘yxatga kiritiladigan va boshqa moddalar bo‘ladi.
Zaharli moddalar – Venena deb ataladi, kuchli ta’sirga ega moddalar - Heroica deb ataladi.
Dorixonalarda A ro’yxatga kiradigan moddalar Venena deb yozib qo‘yilgan metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak. Seyf eshigining ichki tomoniga, «A» yoki «Venena»- (zahar) so’zi oq qog’ozga qora rangda hamda zaharli moddalarning bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi.
«B» ro’yxatga kiruvchi «kuchli» ta’sir ko’rsatuvchi vositalar esa maxsus seyflarda saqlanib, seyf eshigining ichki tomoniga «B» yoki «Heroica» so’zi oq qog’ozga qizil rangli yozuv bilan hamda bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko’rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi. Qolgan guruh vositalari esa oynali yog’och dori javonlarida saqlanishi belgilab qo’yilgan. Davolash muassasalarining bo‘limlari va xonalarida ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalarini saqlash shu qoidalarga asoslanadi. Barcha javobgarliklar esa ushbu dorixona mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Dorilar hayvonlarga turli yo‘llar bilan qo‘llanishi mumkin.
1.Og‘iz orqali. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, suyuq, yumshoq, qattiq dori shakllari hamda kuchli qitiqlamaydigan va kuydirmaydigan toza holdagi dorilar qo‘llaniladi. Suyuq dori shakllari shisha, qoshiqlar, rezina shisha yoki zondlar yordamida qo‘llaniladi .
Dorilar og‘iz orqali qo‘llanilganda agar oshqozon va ichaklar shilliq pardasini qitiqlasa, ovqatdan keyin (temir, yod, kamfora), agar qitiqlash xususiyatiga ega bo‘lmasa, ovqatdan oldin (urab oluvchi, burushtiruvchi, shilliq moddalar) qo‘llaniladi. Og‘iz orqali qo‘llaniladigan dorilar organizmga mahalliy rezorbtiv va reflektor ta’sir etadi.
2. Tashqi tomonga. Bu yo‘l bilan maz, pasta, liniment, eritmalar, kukunlar mahalliy, reflektor va qisman rezorbtiv ta’sir uchun qo‘llaniladi. Teri orqali terini yog‘larida yaxshi eriydigan dorilar tez so‘riladi. Eritma yoki emulsiya shaklida dorilar teriga puflash, yuvintirish, cho‘miltirish yoki aerozol yo‘llar bilan qo‘llaniladi. Buning uchun maxsus uskunalar pulverizatorlar, gidropultlar, avtomashinalardan foydalaniladi.
3. Shilliq pardalar orqali. Bu yo‘l bilan og‘iz bo’shlig‘i, ko‘z, burun, siydik yo‘llariga dorilar patologik holatlarda mahalliy ta’sir uchun va rezarbtiv ta’sir uchun qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan suyuq dori shakllari, qisman kukunlar va svechalar qo‘llaniladi.
4.To‘g‘ri ichak orqali. To‘g‘ri ichak o‘zidan sekret chiqarmaydi, shuning uchun dorilar ferment va shiralar ta’siriga uchramaydi. To‘g‘ri ichak orqali dorilar qo‘llanilganda, qon tez so‘riladi va og‘iz orqali qo‘llanilganiga nisbatan ta’siri tez bo‘ladi. Lekin bu yo‘l bilan qitiqlovchi dori qo‘llanilsa, defekatsiya akti chaqirishi va shilliq pardalar yallig‘lanishi mumkin.
Rektal yo‘l bilan mahalliy (svechalar), reflektor (sovunli suv va glitserin) va rezarbtiv ta’sir etish uchun qo‘llaniladi. Rektal yo‘l bilan dori Esmerx kurushkasi yordamida antimikrob, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi. Suyuqliklar miqdori 10 ml dan 2 litrgacha bo‘lishi mumkin.
5.Parenteral yo‘l. Bu yo‘l dorilar organizmga tushishini tezlashtiradi. Buning uchun sterillangan eritmalar kuydiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ega emas dorilar qo‘llaniladi. Dorilar turli shirin va ignalar yordamida aseptika qoidalari asosida ine’ksiya qilinadi.
a) Teri ostiga yuborish. Bu yo‘l orqali suvli, spirtli va moyli eritmalar mayda hayvonlarga 0,1-2 ml, katta hayvonlarga 2-20 ml miqdorda yuboriladi. Dorilar teri ostiga qoramollarga bo‘yin yuzasiga, quylarga-son oblasti ichki qismiga, it va mushuklarga – en qism yoki ichki son sohasiga, cho’chqalarga-quloqga yoki son ichki qismiga yuboriladi. Dori ta’siri 2-15 daqiqadan keyin boshlanadi.
b) Muskul ichiga. Bu yo‘l bilan ham dorilarni suyuq shaklidagilar muskul ichiga yuboriladi. Bu yo‘l bilan yuborilganda teri ostidagiga qaraganda ta’sir tez bo‘ladi.
v) Vena ichiga. Bu yo‘l bilan dorilar maxsus shpritslar yordamida (jane), vositasiz to‘g‘ri qonga ta’sir ko‘rsatish uchun yuboriladi.
Ot va tuyalarga dorilar buyintiriq venasiga, qoramol, qo’y – echkilarga buyinturiq venasiga, cho’chqa quloq venasiga, itlar elka yoki tirsak venasiga asosan suvli eritmalari yuboriladi.
g) Arteriya ichiga. Bu yo‘l juda kam qo‘llaniladi, ko‘pincha bosh va oyoq kasalliklarida kimyoterapevtik vositalar yuboriladi.
6. Ingalyasiya yo‘l bilan. Bu nafas organlari orqali dorilarni yuborish. Bu yo‘l bilan gaz, par va azrozol holatdagi dorilar yuboriladi va mahalliy, rezorbtiv, reflektor ta’sir qiladi. Dorilar o‘pkaga tushgach yaxshi va tez so‘riladi.
Ingalyasiya yo‘li nafas organlarini o‘tkir va surunkali kasalliklarida, narkoz chaqirish maqsadida, yuqumli kasalliklarni davolashda kimyoterapevtik dorilar individial va guruh holda qo‘llaniladi.
“Veterinariya ishini tashkil etish va qonunchiligi” fani quyidagilarni o’rganadi:
-O’zbekiston Respublikasi “Veterinariya to’g’risida”gi qonuni;
-veterinariya qonunchiligi va hujjatlari;
-veterinariya xizmatining tashkiliy tuzilishi va uni boshqarish;
-veterinariyada hisobga olish, hisobot va ish yuritish;
-veterinariya tadbirlarini rejalashtirish;
-veterinariya tadbirlarini tashkillashtirish;
-veterinariya tadbirlarining iqtisodi;
- veterinariya tadbirlarini moliyaviy va moddiy ta’minot;
-tuman, shahar va xo’jaliklarda veterinariya xizmati;
-veterinariya-sanitariya nazorati;
-xorijiy davlatlarda veterinariya xizmati va o’zaro hamkorlik masalalari.
Veterinariya xizmatining mohiyati va ahamiyati
Hozirgi davrda veterinariya xizmati – bu davlat tashkilotlari, qishloq xo’jalik korxonalari va jamoat muassasalarining hamkorlikdagi tadbiriy choralari bo’lib, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni kasallanishdan saqlash, davolash, chorva mollarining mahsuldorligi va mahsulot sifatini oshirish, shu jumladan insoniyatni hayvon va odamlar uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan saqlash kabi doir va mas’uliyatli, ayni paytda sharafli vazifalarni o’z zimmasiga oladi.
Veterinariya xizmati – davlatimiz qishloq xo’jalik majmuining asosiy sohalaridan biri bo’lib xalq xo’jaligining qo’yidagi tarmoqlari bilan xam uzviy bog’langan:
1) CHorvachilik (shu jumladan: parrandachilik, baliqchilik, mo’ynachilik, asalarichilik va hokazo);
2) CHorvachilik mahsuloti va xom ashyolarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari (go’sht va sut kombinatlari, konservalar ishlab chiqaradigan korxonalar, mahsulot muzlatkichlari, teri va junni qayta ishlash zavodlari, utilzavodlar);
3) Transport (temir yul, avtomobil, suv va havo) – chorva mollari va ularning mahsulotlarini tashiydigan;
4) Savdo-chorva mollari va ularning mahsulotlarini sotish tarmoqlari, bundan tashqari veterinariya tadbiriy choralari – oziq-ovqat, bozorlar va boshqa sanoat tarmoqlarida, chorva mollari va ularning mahsulotlarini import va eksport qilishda.
Ushbu fanni o’rganish O’zbekiston Respublikasi. "Veterinariya to’g’risida"gi qonunga asoslanilgan bo’lib, u veterinariya tashkilotlari va muassasalarining mutaxassislari tomonidan veterinariya tadbirlarini tashkil qilishning ish uslublari va iqtisodini, chorva mollariga veterinariya xizmati ko’rsatish bo’yicha asosiy vazifalarni, veterinariya ishining mohiyati va uning iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, veterinariya tadbirlari, ob’ektlari va xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, davlat, idoraviy va ishlab chiqrishdagi veterinariya xizmatining roli va uni tutgan o’rnini hamda uning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligini o’rganadi.
Veterinariya xizmatining xususiyati va vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |