Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari



Download 8,3 Mb.
bet129/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

2. Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari


«O‘zstandart» Davlat nazorat organlari standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha keng qamrovli faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:


- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish;
- mahsulot sifati nazorati bo‘yicha taftish hay’ati ishlarini boshqarish va muofiqlashtirish bo‘yicha metodik boshqarish;
- standartashtirishning Davlat nazorati ishlarini umumlashtirish;
- davlat sinovlari o‘tkazish;
- standartlar va texnik shatlarini ro‘yxatga olish va ekspertlash;
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish;
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo‘yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi ishlarni tizimli olib boradi;
Standartashtirishning Davlat nazorati mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi.
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik, texnologik va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash;
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash;
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko‘rib, kelayotgan korxona va tashkilotlarga iqtisodiy sanksiya choralarini qo‘llash yo‘riqnomasini bitish;
Standartashtirishning Davlat nazorati «O‘zstandart» tomonidantasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan xalq-xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Yillik rejalar nafaqat yetakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha o‘zaro munosabotdagi korxona va bo‘limlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha komplekt nazorat ko‘rinishida tuzilgan va amalga oshirilgan bo‘lmog‘i lozim.

3. Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni


Tekshiruv mazmuni, korxona, birlashma va tashkilotlar faolitiga bog‘liq holda quyidagicha bo‘lmog‘i darkor:


- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda davlat soha standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa ko‘rsatmalarini standartlart talablariga to‘g‘ri kelishini;
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab chiqalishi, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik boshqichlarining to‘g‘riligi va shu kabilar;
- transport va xizmat sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmat yoki transport vositalarining mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish sharoitlarining talabga javob berishi;
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi;
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining me’yordan oshib ketmasligi.
Ko‘rsatilgan barcha ob’ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida qanday o‘lchab, qanday nazorat qilish vositalariga alohida e’tibor beriladi.
Standartlarga rioya etilganlik nazorati:
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi ishlarni o‘z ichiga olmog‘i zarur.
Korxonalarda standartlar6ni qo‘llanilishi va ularga amal qilish tartiblari quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo‘li bilan nazorat qilinishi mumkin.

  1. Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.

Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida dastlabki ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan:
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi;
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi;
- etalon (namuna)ning mavjudligi;
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarining mavjudligi.
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha ma’lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo‘llanilishi, ularga rioya qilinishi, ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi buyruqlarning mavjudligi, ularning bajarilishi. Konsturuktorlik-texnologik hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va x.k.
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so‘ng zarur namunalar tanlab olinadi va nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan standart, texnik shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to‘g‘ri kelishligi. Texnologik reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo‘yicha barcha omillarni o‘lchov asboblarining metrologik holati tekshiriladi.
5. Qo‘llanilayotgan standart talablarining buzulmaganligi, uni takomillashtirish borasidagi yangi standartlarni qo‘llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi.
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarni umumlashtirilganligi haqida aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi.

Nazorat-savollari.


1. Standartlashtirishning Davlat nazorati maqsad va vazifalari
2. Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari
3. Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish