Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
18
Bu jarayonda bolalarimizning ota-bobolarimiz hayot faoliyatidan va merosidan ibrat olgan xolda
san’at va sport turi bo’lgan shaxmat o’yinini o’rganishi ularning tafakkurini kengaytirib, barkamol va
zakovatli bo’lib o’sishlariga xizmat qiladi.
Zero, Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda: “… sport bilan shug’ullangan bola hech
qachon yomon yo’llarga yurmaydi”.
“Faxr bilan aytishimiz mumkinki, O’zbekiston bolalari zamonga mos, Vatanimizga, xalqimizga
munosib ravishda o’zgarib bormoqda. Bu bizning eng katta baxtimizdir”.
Adabiyotlar:
1. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O’zbekiston, 1976. 66 bet.
2. Muhiddinov M. O’n to’qiz chempiyon T O’zbekiston, 1976. 66 bet.
3. Muhiddinov M. “Sharq-shaxmat vatani”, T.: O’zbekiston 36-45
4. Muhiddinov M. “O’zbekistonda shaxmatchilik”, T.: O’zbekiston46-86
JISMONIY MASHQLAR TEXNIKASI Karimov A.K., o’qituvchi, Ernazarova Sh.X., talaba Urganch davlat universiteti, Urganch, O’zbekiston Bizga ma’lumki jismoniy tarbiya shakl jihatdan dars sifatida davlat dasturi asosida olib boriladi.
Sport esa klassifikatsion dasturlarning talab va meyorlari asosida maxsus mashg‘ulotlar (trenirovka) va
musobaqalar orqali amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining mazmunlari eng avvalo
turli xil mashqlar, o‘yinlar va sport turlarining qismlarini (elementlarini) o‘zida mujasamlashtiradi.
Demak jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari o‘ziga xos tartib-qoidalar asosida bajarilishi va ma’lum
chegaralar qo‘yilmasdan amalga oshiriladi.
Texnika so‘zining ma’nosi maxorat degan ma’noni anglatadi. Jismoniy mashq qilish deb
sportchining ma’lum turi bo‘yicha yuqori malakaga va natijaga erishish uchun amalda maxsus
xarakatlarni bajarish jarayoniga aytiladi. Mashq qilish o‘z ichiga jismoniy, texnik, taktik, ma’naviy va
irodaviy kabi tayorgarliklarni oladi. Sport texnikasi-yuksak samaradorlik bilan ajralib turadigan xarakat
vazifalarni hal qilish uslubidir.
Sportchilarning texnik tayorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga erishishni
ta’minlovchi xarakatlar tizimining egallanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Sportchilarning texnik
tayyorgarligi bir qator murakkab vazifalarni xal etishga yo‘naltirilgan- maksimal kuchlanishdan
foydalanish samaradorligini oshirish ish kuchlanishni tejash musobaqa faoliyatining o‘zgaruchan holat
sharoitlarida xarakatlanish tezligi, aniqligini oshirish. Sport texnikasini takomillashtirish ko‘p yillik
tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi. Texnik maxorat deganda keskin sport musobaqasi sharoitida
eng oqilona xarakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi. Texnik maxoratlarni
takomillashtirishning uchta bosqichi ajratiladi.
1.Izlanish.
2.Barqarorlashtirish.
3.Moslashishni takomilashtirish.
Texnik tayyorgarlik nazorati, xar bir murabbiy uchun mashg‘ulot jarayonini boshqarish
yuklamalarini nazorat qilish va taxlil etish katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot jarayonini boshqarish
uchta bosqichni o‘z ichiga oladi.
1.Boqarish o’bekti va o’bekt shakillanadigan tashqi muxit to‘g‘risida axborot yig‘ish.
2.Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish.
3.Qaror qabul qilish va rejalashtirish.
Zamonaviy murabbiylar bugun mashg‘ulotlar yuklamasi darajasini muntazam tahlil qilib borishi
va musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari bilan uni taqqoslab turishi lozim.
Jismoniy mashqlar nazariyasini bilish quydagi pedagogik vazifalardan kelib chiqib, o‘qituvchiga
eng samarali jismoniy mashqlarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy mashqlar tushinchasi-
odamning xarakati va xarakat faoliyatining bog‘liqligi bilan tasavvur qilinadi. Xarakat organizimning
motor funksiyasi bo‘lib, gavda holatining va uning bo‘limlarini o‘zgarishidir. Jismoniy tarbiya uchun
tug‘ma xarakatlar emas, erkin harakatlar muxim ahamiyatga ega bo‘lib odamning irodasiga bog‘liq
bo‘lgan xarakat xaqida so‘z boradi. I.P.Pavlov aytganidek “Miya yarim sharlar qobig‘idan chiqadigan
xarakatlar: har bir xarakat 3ta belgisi bilan xarakterlanadi: