Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар


YOSH SAKROVCHI KO‘NIKMALARINING HAYOT VA SPORT FAOLIYATIDAGI



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/312
Sana24.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#191213
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   312
Bog'liq
Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения (1)

YOSH SAKROVCHI KO‘NIKMALARINING HAYOT VA SPORT FAOLIYATIDAGI
O‘RNI. 
 
M. K.Maxmudov. BuxDU. doktoranti.. O’zbekiston 
SH.Usmonov. BuxDU.4-bosqich talabasi. O’zbekiston 
Sakrash tushunchasi o‘z mohiyati jihatidan tayanch holatdan debsinish, sakrash (tayanchsiz holatga 
o‘tish), sakrash vaqtida biror-bir harakatni bajarish yoki bajarmasdan dastlabki holatga ko‘nish va kerak 
bo‘lsa statik muvozanatni saqlash elementlaridan iborat xayotiy zarur harakat sifatini anglatadi. 
Insonda bolalikdan boshlab turli harakatlarni ijro etishga ehtiyoj tug‘iladi, bolalar sakrash yoki 
xatlash elementlaridan iborat turli xayvonlarga xos harakatlarni bajaradi. Har xil obrazlar asosida 


Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения 
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
 
154 
kechadigan, milliy udum, rasm-rusm va qadriyatlarni ifodalovchi o‘yinlarni o‘rganishga intiladi, ularda 
shu o‘yinlarda ijod va izlanish bilan ishtirok etish motivatsiyasi uyg‘onadi (3,6). 
Sakrash ko‘nikmalari turli koordinatsion mazmun va kinematik tartibda ijro etilishi bilan farqlanadi. 
Jumladan, joydan ikki oyoq bilan depsinib vertikal (balandga) yoki uzunlikka sakrash, yugurib kelib 
bir yoki ikki oyoq bilan debsinib sakrash, to‘siq yoki g‘ovlar osha sakrash, yuqoridan pastga yoki suvga 
sakrash, sakrab havoda (tayanchsiz holatda) turli harakat elementlarini bajarish, akrobatik sakrash va 
hokozalar fikrimizga dalil bo‘lishi mumkin. Odatda barcha sakrash turlari gavda, bosh va qo‘llarning 
katta amplitudali faol harakati yordamida amalga oshiriladi. Mazkur faol harakat balandga yoki 
uzunlikka sakrash oralig‘ini oshiradi. Tadqiqotlar asosida isbotlanganki, agar sakrash vaqtida o‘ng yoki 
chap qo‘l tanaga bog‘lab qo‘yilsa, sakrash balandligi turlicha ko‘rsatgichda pasayishi bilan farqlanar 
ekan (2). O‘ng yoki chap oyoq bilan debsinib sakrashda ham aynan shunday holat yuz berar ekan. 
Ushbu holat quyidagi obrazli misol bilan izohlanishi mumkin: samolyot havoga faqat “motor”ning 
kuchiga asosan ko‘tarilmaydi, balki ma’lum aerodinamik omillar evaziga ko‘tariladi. Jumladan, motor 
samolyotni oldinga qarab harakatlantiradi, ma’lum tezlikka erishilganda, uning qanotlari ostidagi 
qanotchalarning pastga qarab ochilishi havo qarshiligini qirqib, samolyotni havoga ko‘taradi. Yugurib 
kelib sakrashda ham gavda, bosh va ayniqsa qo‘llarning faol harakati ana shu aerodinamik qonuniyatga 
asoslangan bo‘lib, inersion kuchni yuzaga keltiradi va shuning evaziga sakrash balandligini oshiradi. 
Sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi bir qator sport turlarida (voleybol,basketbol, 
gandbol, yengil atletikaning balandga va uzunlikka sakrash turlari) o‘ta muhim hamda hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Masalan; L.R. Ayrapetyansning (1) ma’lumotlariga qaraganda, bugungi voleybol 
amaliyotida o‘yinchilar faqat xujum zarbalari va to‘siq qo‘yish uchun o‘rtacha 435±75 marta sakrash 
turlarini bajarar ekanlar. Agar bu miqdorga to‘p uzatish, to‘p kiritish va raqibni chalg‘ituvchi sakrashlar 
soni qo‘shiladigan bo‘lsa, unda voleybolchilar uchun sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi naqadar 
zarur ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Shunday ekan bolalarni erta yoshlikdan boshlab sakrash turlariga 
didaktik tartibda o‘rgatish u yoki bu sport turiga xos sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini samarali 
rivojlanish imkoniyatini yaratadi. (4,5). 
Mazkur ishning maqsadi yosh voleybolchilar misolida sakrash turlariga o‘rgatish va ularni 
shakllantirishda texnologik ko‘mak beruvchi tasnifiy andozalar majmuasini ishlab chiqish va ularni 
amalga tavsiya etishdan iborat. 
Ma’lumki, voleybolda yugurib kelib sakrash bir necha fazalardan (qismlardan) iborat bo‘ladi: start 
tayorgarligi, yugurish, debsinishga hatlab qo‘nish, debsinish, uchish, havoda kerakli texnik usulni ijro 
etish, qo‘nish va muvozanat saqlash. Ushbu fazalar hamda texnik-koordinatsion elementlarni ijro etish 
kinematikasi tana, tana qismlari, ayniqsa qo‘llarni muvofiqlashgan faol harakati bilan amalga oshiriladi. 
Voleybol mashg‘ulotlarini vizual kuzatish shuni ko‘rsatadiki, sakrab ijro etiladigan texnik-taktik 
usullarga dastlabki o‘rgatish amaliyotida “sakrash-texnik-taktik usul” turlari, fazalari, sakrash zonalari, 
yuzaga keladigan vaziyat, taktik reja hamda gavda, bosh, oyoq va qo‘llar harakatining o‘zaro 
koordinatsion xususiyatlariga yetarli ahamiyat qaratilmas ekan. Ehtimol shuning uchun ham 
musobaqalar davomida sakrash koordinatsiyasi (texnik nusxasi) sakrab ijro etiladigan texnik – taktik 
usulning (turli zonalardan zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish) maqsadiga muvofiq 
emasligi ko‘zga tashlanib turadi. Natijada bunday holat hatto yuksak sakrovchanlikga ega o‘yinchining 
xujum zarbasi yoki to‘siq qo‘yishida foydali natija bermaydi. Shunday ekan bugungi raqobatli 
voleybolda, ayniqsa dastlabki o‘rgatish bosqichida, yuqorida muhokama etilayotgan o‘ta dolzarb 
masalalarni e’tiborga olish, sakrab ijro etiladigan texnik –taktik usullar turi va ularni ijro etish joyiga 
qarab sakrash fazalari, koordinatsiyasi hamda aerodinamikasini shakllantirish orqali sakrovchanlik va 
sakrash chidamkorligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlarning tasnifiy andozalarini ishlab 
chiqish muhim ahamiyatga loyiqdir. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish