Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
83
kurashining (musobaqaning) tezkorligi bilan vujudga kelib, hissiy va irodaviy zo’riqishlar bilan uzviy
ravishda bog’lanib ketadi. Harakatlar jarayonida ham yangi-yangi qarorlar qabul qilinishi va ular bilan
bog’liq harakatlar amalga oshishi mumkin. Tafakkur xususiyati qandaydir mavhum mantiqlardan iborat
bo’lib qolmasdan, muayyan faoliyat va xatti-harakatlarga yo’naltirilgan, be’vosita faoliyat bilan
bog’liq bo’lishligini ko’rsatadi. Sportchilarni mashqlantirishda, ularni taktik muammolarni echishga
o’rgatishda trenerlar tomonidan bu kabi muhim sifatlar hisobga olinishi lozim. Raqibi harakatlarini
tahlil qilishga, sportchi unga qarama-qarshi kontr harakatlar qilishi zarur. Shuning uchun ham
sportchilar fikrlash tezkorligiga o’rgatiladi.
Sport faoliyatining xarakterli xususiyati o’ta tez va dinamik harakatlar bajarilayotganda ham
sportchi o’z gavda harakatlarini har tomonlama aniq bajara olishlikda namoyon bo’lish bilan birga,
sportchining o’zini boshqara olishi ham kuzatiladi.
Sportchilarning murakkab aylanma harakatlari, o’z gavdalarini boshqara olishliklarini kishiga
estetik zavq berishi va inson imkonitlarining cheksizligini ko’rsatadi. Shu xususiyati bilan ham sport
faoliyati boshqa faoliyat turlaridan farqlanadi. Masalan, mehnat jarayoni muayyan faoliyatni bajarish
uchun maqbul bo’lgan o’rtacha kuchlanish va intensivlikni talab qilsa, sport faoliyatida esa,
yuqori darajadagi kuchlanish, ba’zan maksimal intensivlikda harakat qilishni talab kiladi. Sport
turlariga qarab bu kuchlanish juda qisqa muddatli (sprint) yoki, aksincha, uzok muddatli (stayer)
bo’ladi. Lekin bularning har ikkisi ham sport chidan juda katta asab-mushak energiyalari sarf etishni
talab etadi. Busiz yuqori saviyadagi sport natijalariga erishib bo’lmaydi.
Sport musobaqalari insonlarga o’z tanasi va uning a’zolari harakatlarini boshqara olish bilan
bog’liq qobiliyat va malakatlarni namoyon etishga imkon beradi. Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va
sport bilan shug’ullanmayotgan odam katta kuch, chaqqonlik va tezkor harakatlar, "uzok muddat ishlay
olish talab qiladigan faoliyat bilan shug’ullana olmaydi.
Har bir shaxsning individ shakllanish va rivojlanish jarayonida u yoki bu jismoniy harakatlarni
necha yoshda berilayotganligiga qarab, ularning ahamiyati, foydali ko’rsatkichlari ham turlicha bo’ladi.
Chunki ko’pgina faoliyat turlari bilan shug’ullanish va bu faoliyatda shaxsning namoyon bo’lishi, yosh
davrlar xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Ayrim sport turlari, jismoniy harakatlar (shaxs rivojlanishiga)
muayyan yoshlar davrlaridagina ijobiy ta’sir ko’rsatishi, agar bu davrga xos senzetivlik (muayyan ruqiy
xususiyatlarni ma’lum yosh davrida optimal rivojlanishi) o’tkazib yuborilsa, samarasi bo’ladi. Masalan,
o’spirinlik va yigitlik yoshlari shaxsning jismoniy kuchlarini namoyon etishi bilan bog’liq davrdir.
Aynan shu yoshda jismoniy imkoniyatlarning namoyon bo’lishi, shaxsning keyingi ruhiy
xususiyatlarini shakllanishi uchun o’ta muhimdir. Bu davrda o’z jismoniy imkoniyatlarini namoyon eta
olmagan yosh, keyinchalik o’z kuch va imkoniyatlariga ishonmay qo’yishi, "kompleks" shakllanib
qolishi mumkin.
Sport bilan shug’ullanish shaxsda irodaviy tirishqoqlik va zo’r berishlik qobilyatini o’stiradi va
o’zaro zarur harakat ko’nikmalarini egallaydi. Kuch talab qiladigan mushak zo’riqishlarda irodaviy
kuchlanishni namoyon etish, ongli ravishda charchoqlik hissini, qo’rquv va o’z kuchiga ishonmaslik
kabi salbiy kechinmalarni bartaraf etadi. Bularning hammasi sport faoliyati bilan shug’ullanishning
(shaxsda) yaxshi ruhiy xususiyatlarni shakllanishi va namoyon bo’lishiga ko’rsatadigan ta’sir kuchiga
bog’liq bo’ladi.
Sportchi musobaqalar davomida og’ir ahvolga tushib qolganda, ko’z oldiga
butun hayoti, oilasi, treneri, unga ishonch bilan qaragan komanda a’zolari, el – yurt keladi. Shunda
unga yangi kuch – quvvat kelib, g’alabani ta’minlashga imkon tug’iladi. Sportning tarbiyaviy ahamiyati
haqida gapirganda, shuni ham ta’kidlash lozimki, u ko’p yoshlarni bekor va maqsadsiz ko’chalarda
daydib yurishdan saqlaydi. Sportchilar hayotida shunday faktlar borki, yoshligida bezori bo’lganlar
sport bilan shug’ullangach, bu yo’ldan qaytganlar. Bir qator tadqiqotlarda (A A Laliyan, P A Rudik)
shu narsani aniqlaganlarki, sportchilarni musobaqaga jismoniy, texnik va taktik jixatdan tayyorlash
bilan bir qatorda ularni musobaqalarga maxsus psixologik tayyorlash zarurati muhim ahamiyat kasb
etar ekan. Bu tayyorgarlik sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishga, o’z kuchiga ishonchni
kuchaytirishga, bo’ladigan musobaqalarning xarakteri, uning ko’lami, raqiblarning xususiyatlari bilan
tanishtirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Ba’zi musobaqalarda jismoniy va texnik jixatdan yaxshi
tatsyorlangan sportchini o’rtacha darajadagi sportchi engib ketadi. Bu esa sportchining ruhiy
tayyorgarligi bilan bog’liq masala. Bu esa raqibga mensimaslik va qo’rquv bilan qaramaslik kerakligini
bilmaslik va amal qilmaslik oqibatidir. Shuningdek, psixologik tadqiqotlarda, sport musobaqasi davrida
vujudga keladigan taktik muammolarni echish bilan bog’liq sportchining tafakkur faoliyati ham
Do'stlaringiz bilan baham: |