Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
256
MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI
O’RNI
(kurash sport turi misolida)
Abdulaxatov.A.R., katta o’qituvchi
Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax, O’zbekiston
Yosh avlodni jismoniy tarbiyalashda va barkamol kamol topishida milliy sport turlarinig
xususan kurashning ro’li va o’rni kattadir.Kurash sporti qadimiy sport turlaridan biridir. Kurash
o’zining muayyan tarixiga ega bo’lib, u doimiy ravishda xalqimiz tamonidan mazmunan boyitilib,
har tamoniama ezozianib kelinmoqda. Qadimiy salnomalarda yozilishicha eramizdan oldingi
davirlarda ham kurash, ommaviy musobaqalar tarkibidan munosib o’rin olganligi haqida bitiklar
mavjud. Kurash sporti dunyoga tanitish bo’yicha hozircha bir qancha ilmiy-amaliy ishlar
bajarilmoqda. Bu ijobiy ishlarning mantiqiy davomi sifatida birinchi galda O’zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1999-yil 1-fevralda ,,Xalqaro kurash
assotsatsiyasi qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi farmoni bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’z
vaqtida qabul qilingan bu farmon kurashning butun jahonga keng quloch yozishiga xizmat qiladi.
Bu farmonning axamiyati kurashni yanada rivojlantirishdagi o’rni hususida xalqaro kurash
assotsatsiyasining birinchi prezidenti Komiljon Yusupov quyidagicha fikr yuritadi; Xalqaro
Kurash Assotsatsiyasining tashkil etilishi, shunchaki oddiy hodisa emas. Unga yuzaki qarab
ham bo’lmaydi. Bu voqea nafaqat kurash tarixida, balki butun dunyo sport olamida olamshumul
ahamiyat kasb etadi. Bir so’z bilan aytganda, kurashni dunyo tanidi.
Jismoniy tarbiya va sport yoshlarni nafaqat jismoniy balkim har tomonlama aqliy-axloqiy,
siyosiy-g’oyaviy tarbiyalash uchun ham katta imkoniyatlarga ega. Uning uchun ham hozirgio
kunda vatanimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uni yanada ommalashtirish, aholi
turmish tarziga singdirib boorish uchun katta amaliy tadbirlar qilinmoqda. Bunday ijobiy ishlarni
amalga oshirishda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bu borada ko’plab farmon
va qarorlar qabul qildiki, ular hozirgi kunda o’zining amaliy ahamiyatini ko’rsatib kelmoqda.
Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamizda millioy sport turlarni rivojlantirish va
uni jahonga olib chiqish borasidagi ishlarnio alohida takidlash joiz. O’zbek xalqining to’laqonli
milliy qadriyatlari aks etgan kurashda xalqimizning ruhiyatiga asl hislatlariga azal-azaldan xos
bo’lgan fazilatlar mardlik, jasurlik, bag’rikenglik, halollik, insonparvarlik falsafasi va g’oyasi
mujassamlashgan. Kurash yoshlarda nafaqat jismoniy, axloqiy, ma’naviy, insoniylik fazilatlarini
talab etuvchi balkim o’zbek millatiningo’ziga xos milliy qadyiyatlari, ularning ongiga singdiruvchi
vosita hamdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda kurash sporti orqali yoshlarni nafaqat jismoniy
rivojlantirish, balki ularni ma’naviy, aqliy, axloqiy o’zbeklarga xos insoniy fazilatlarni tarbiyalash
kabi muhim sifatlari ahamiyatlidir. Kurashga milliy qadriyat sifatida qarash, uni har tomonlama
chuqure o’rganish va yoshlar tarbiyasida undan samarali foydalanish dolzarb muammo sanaladi.
Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’tmishda yashab o’tgan barcha polvonlar va ulug’
allomalarning ruhlarini shod etishni kurash bo’yicha xalqaro turnirlar o’tkazish bilan boshlagan
edilar. Shu jumladan Qorako’lda Tursun ota, Shahrisabizda Amir Temur, Surhondaryoda Al
Hakim At Termiziy, Buxoroda Bahovuddin Naqishbad, Andijonda Bobur Mirzo, Xorazimda
Paxlavon Mahmud kabi buyuk zotlarga bag’ishlab president sovrini uchun o’tkazilgan xalqaro
turnirlar kurashning yuksak darajaga ko’tarilishida, sport olamiga yangi sport turi bo’lib kirishiga
katta hissa qo’shdi.
Kurash allaqachon dunyo sporti turlari qatoridan munosib o’rin oldi. Kurash bilan dunyo
mamlakatlari bolalari va yoshlari sevib shug’ullanmoqda. Ya’ni kurash endilikda umuminsoniy
qadriyatlarni rivojlanib borishi tamoillariga ko’ra milliylikdan mintaqaviylikga undan
umuminsoniylikga o’tdi. Kurash endi nafaqat milliy qadruyat, balki u butun dunyo xalqlariga
hizmat qiluvchi umuminsoniy qadiryat darajasiga yetdi, zero kurashni umuminsoniy qadiryat
ekanligi uning tarixi falsafasi va g’oyalarida o’z aksini topgan.
Umuminsoniy qadiryat bo’lgan kurashni yanada chuqurroq o’rganish va yoshlar
tarbiyasida bundanda samarali foydalanish maqsadida olib borilgan tadqiqotlarga tayanib quyidagi
tavsiyalarni berish mumkin;
-kurashni tarbiyaviy jihatlarini yanada chuqurroq o’rganish;
Do'stlaringiz bilan baham: |