JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA XOTIN-QIZLAR SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING
ISTIQBOLLI YO`NALISHLARI
Azimov L.A., o’qituvchi
Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma’naviyat,
milliy o`ziga xoslik va xalq an’analarining mavjud ko`p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan
rivojlantirish, jismonan sog`lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo
etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo`yicha tizimli va aniq maqsadga
yo`naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O`zbekiston sharafini
munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning
samarali tizimi yaratildi.
2017 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan madaniyat va sport
sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O`zbekiston xalqining sog`lom
turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport
davlat qo`mitasi tashkil qilindi. Bunga asosan yurtimizda sportni yanada ommaviylashtirish
va rivojlantirish bo`yicha, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini
rivojlantirish sohasida, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etish, yangi
Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
101
sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash,
yuqori malakali murabbiylar bilan mustahkamlash bo`yicha xayrli ishlar olib borilayapti.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag`ishlangan
tantanali marosimda
«Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni
egallashlari, har tomonlama sog`lom va barkamol bo`lib, hayotdan munosib o`rin topishlari uchun
barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. ”,-deb ta’kidladilar.
Prezidentimiz asosiy masalar qatoriga sportni yosh avlodning sog`lom turmush tarzi
shakllanishining muhim omili sifatida keng targ`ib qilishni hisobga olgan holda, qizlarni sport bilan
muntazam ravishda shug`ullanishga jalb qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar tajribasini
ommalashtirish borasida xalqaro maydonda O`zbekistonning yorqin timsolini namoyon etayotgan,
xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sha’nini ulug`layotgan sportchilarimiz, ayniqsa qizlarning
yuksak muvaffaqiyatlari haqida videomateriallar (reklama roliklari) tayyorlanishi lozimligi haqida fikr
bildirdi. Bu xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini
qo`llab-quvvatlash borasidagi muhim qadam bo`ldi.
Shu o`rinda qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari
haqida to`xtalmoqchimiz.
Masalan badiiy gimnastikaning o`ziga xos xususiyatlariga ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan
yondashadigan bo`lsak, badiiy gimnastika mashqlari organizmning garmonik rivojlanishini
ta’minlaydi, qon aylanishini, nafas olish va o`pkaning ritmik faoliyatini yaxshilaydi, tanani pishitadi,
irodani mustahkamlaydi, chiniqtiradi, ayniqsa, qaddi-qomati chiroyli qizlarning voyaga yetishi,
sog`lom onalarni tayyorlash, sog`lom zurriyodni dunyoga keltirish, ularni parvarishlash, onalik va
bolalikni muhofaza qilish, millat genofondini sog`lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yengil atletika sportning ommaviy turi hisoblanadi. Yengil atletika mashg`uloti organizmning
hamma to`qima va a’zolariga, birinchi navbatda tayanch-harakatlanish apparatiga, nafas olish va yurak-
tomir tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Yengil atletika tarkibiga yugurish, yurish, sakrash,
irg`itish, uloqtirish kabilar kiradi.
Tennis o`z navbatida juda qiziqarli va yuksak mahorat talab etuvchi sport turidir. So`nggi
yillarda, ayniqsa, Vatanimiz istiqlolga erishgandan keyin O`zbekiston tennisining taraqqiyoti keng tus
ola boshladi.
“Taekvando” so`zi – haqiqatni izlash yoki haqiqatgo`y bo`l deb tushuniladi. O`zingni o`rgan
va sen borliqni his qilasan – taekvando ana shu falsafa asosiga qurilgan.
Ayollar futboli organizmning hamma to`qima va a’zolariga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Ayollar
futboli xalqaro sport arenalardagi yirik g`alabalarga poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Hukumatimiz tomonidan xotin-qizlar sportiga ko`rsatilayotgan e’tibor barcha davlat va
jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, soha xodimlari,
shuningdek, ota-onalar oldiga yuksak mas’uliyatni yuklaydi va quyidagi vazifalarni qo`yadi:
oilada qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, sportning har xil turlari bilan shug`ullanishlarini
ta’minlash maqsadida ota-onalar o`rtasida keng ko`lamdagi tushuntirish – targ`ibot ishlarini olib
borish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab sportning bir
necha turlaridan to`garaklarning ochilishi va muntazam faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
to`garak a’zolari bilan sportning har xil turlaridan musobaqalar sovrindorlari bo`lgan sport
masterlari va chempionlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, master klasslarni tashkil etish;
sportchi qizlarning erishayotgan yutuqlari va joylarda sportni rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalari orqali kengroq
yoritish;
Bu esa o`z navbatida yosh avlodning sog`lom o`sishi, ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuk
bo`lishi; ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`usining shakllanishi; o`z Vatani oldidagi burchni his etishi
va vatanparvarlik tuyg`usining shakllanishi; o`sib kelayotgan yosh avlodda jismoniy tarbiya va sportga
mehr-muhabbat hissining oshishi; yoshlarning sog`lom turmush kechirishini ta’minlash, iste’dodli va
istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini
takomillashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |