7-rasm. Isituvchi muhitdai isitiladigan muhitga yassi devor orqali Issiqlikning uzatilishi
8-rasm. a) Tabiiy konveksiyada Issiqlik tashuvchining tezlik va temperatura bo’yicha laminar va turbulet harakatidagi taqsimoti; b) Issiqlik borish koeffitsentining laminar va turbulet oqimlaridagi o’zgarish I-laminar, II-o’tish, III- turbuletzonalar.
Suyuqlik (gaz) massasi past temperaturali, hajmdan nasos, ventilyator yoki birorta boshqa mashina yordamida so’rib chiqarilib isitgichga yo’naltirilsa, ya’ni harakat majburiy (ochiq yoki berk kontur bo’yicha); hosil qilinsa, bunday konveksiya majburiy konveksiya deyiladi. Tashqi ta’sir hisobiga suyuqlik (gaz) zarralari bir tekis harakatlanmasdan uyurma harakat turiga o’tadi. Suyuqlik to’liq aralashishi jarayonida o’zaro va qattiq devor (truba, panjara va h.k) bilan kontaktlanishish vaqtida Issiqlik almashadi. Majburiy konveksiyada Issiqlikning uzatilishi, asosan Issiqlik energiyasi eltuvchisining muhitga tekkan vaqtda, Issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |