Kimyoviy tok manbalari -kimyoviy reagentlarning oksidlanishqaytarilish reaksiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradigan qurilmalar. Dastlabki Kimyoviy tok manbalarim. Volt ustuni, Leklanshe elementi boʻlgan. Uning asosini elektrolit bilan kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tashkil qilgan. Elektrodlar orasida potensiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining erkin energiyasiga mos) hosil boʻladi. Kimyoviy tok manbalarim. elektr kimyoviy tizimlariga koʻra, galvaniq elementlar va akkumulyatorlarga, ishlatilishi va energiyani elektr tarmogʻiga uzatilishi boʻyicha birlamchi, ikkilamchi, zahira va elektr kimyoviy generatorlarga boʻlinadi. Birlamchi Kimyoviy tok manbalarim. ga kimyoviy reagentlar energiyasidan foydalaniladigan galvanik elementlar va batareyalar kiradi. Musbat va manfiy elektrodlar suyuq yoki pastasimon elektrolit shimdirilgan gʻovak membrana-separator bilan ajratiladi va butun foydalanish davomida elektrik jihatdan bogʻlangan boʻladi. Ikkilamchi Kimyoviy tok manbalarim.ga akkumulyator va akkumulyatorlar batareyasi kiradi. Bunda kimyoviy reagentlar energiyasidan koʻp marta foydalaniladi. Zahira Kimyoviy tok manbalarim. da kimyoviy reagentlar energiyasidan fakat bir marta foydalaniladi. Bunday Kimyoviy tok manbalarim.larda, elektrolit saklab qoʻyiladi va kerak boʻlganda ishlatiladi. Elektrolit elektrodlar orasida suyuq holatda (shisha, plastmassa va boshqa idishlarda) yoki qattiq holatda (elektr oʻtkazgich qoʻymay) saqlanadi. Ishlatish oldidan suyuq elektrolit ampulalarining uchi sindiriladi, qattiq elektrolit esa qizdirib eritiladi. Elektr - kimyovii generatorlar tashqaridan keladigan kimyoviy reagentlar (gazeimon yoki suyuq) energiyasini oʻzgartirishdan qosil boʻladigan elektr tokini uzoq, vaqt toʻxtovsiz generatsiyalash xususiyatiga ega. Ularning yuqori, past, oʻrta temperaturali, suyuq va gaz reagentli turlari bor. Bunday generatorlar kosmik obʼyektlarda, elektromobillarda muqim (statsionar) qurilmalar va boshqalarda ishlatiladi.
KO’PINCHA kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy energiyasiga aylanadi.
Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi, atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |