1.2. Maslaxat va ko’rgazmalar. Ishni bajarishga kirisha turib, dastavval ushbu qo’llanmada yozilganlarning xammasini juda sinchiklab o’qib chiqing. Agar bundan so’ng ham shu hodisaning nazariyasi va moxiyati etarligicha aniq tushunarli bo’lmasa, u holda bu xodisa bilan to’laroq tanishish va uning nazariyasini esga tushirish maqsadida fizika kursi umumiy qo’llanmalarini va shu ishning oxirida keltirilgan maxsus adadbiyotni o’qish lozim bo’ladi. So’ngra shu ishni bajarishda ishlatiladigan asboblar bilan ya’ni ularning tuzilishi va ishlashi bilan, xamda bajarilishi kerak bo’lgan o’lchashlarning plani bilan sinchiklab tanishib chiqish lozim. Agar ishdagi biror narsa tushunarsiz bo’lib qolsa xech vaqt uni bajarishga kirishish yaramaydi. Ishni muvaffiqiyatli xal etish xamma vaqt asboblar bilan ishlashda anchagina o’quv va malaka talab qiladi, shuning uchun ko’pincha ishni bajarishdan avval biroz qiyinday tuyuladi, vaqtni ko’p oladi, o’lchash natijalari esa ko’pincha mutlaqo xato bo’lib chiqadi. Bu xolda dovdirab qolish yaramaydi, chunki aniq va to’g’ri o’lchay bilishga kishi birdaniga o’rgana olmaydi va buning uchun anchagina mehnat sarflash kerak bo’ladi. Bundan, xususan asbobni rostlab o’rnatishga katta e’tibor berish zarur. Ko’pchilik xollarda ishning bu qismini puxta bajarishga to’g’ri keladi, chunki agar asbob e’tiborsizlik bilan o’rnatilgan bo’lsa, o’lchash natijalari ko’pincha xato bo’lib chiqishi mumkin.
Vazifani bajarib bo’lgandan so’ng natijaning to’g’riligiga, izlanilayotgan kattalikning jadvalda berilgan qiymatiga yoki bu ishni bir kishi oldin qilganda olgan natijaga to’g’ri kelishiga qarabgina ishonish yaramaydi. Ishning to’g’ri bajarilishi uchun hamma o’lchashlar to’g’ri bajarilishi, ya’ni xatoga yo’l qo’ymasligi kerak, boo’qacha aytganda laboratoriya ishini bajargan kishi boshdan oxirigacha yo’l qo’ymasligi va natijida to’g’ri chiqdi deb ayta oladigan bo’lishi kerak. Bunday deya olish uchun esa ishning xar bir qismini zo’r e’tibor bilan bajarish va har bir ayrim o’lchashni albatta bir necha marta va puxta bajarish kerak. Bu umumiy maslahatlardan so’ng ishni bajarishda foydali bo’lgan va shining uchun ham amal qilinishi kerak bo’lgan birmuncha aniq ko’rsatmalar beramiz.
1. Ishni bajarishga kira turib hamma narsadan oldin bu ishni bajarishda zarur bo’ladigan barcha kerak-yaroqlarning borligiga ishonch hosil qilish lozim.
2. Asboblar bilan juda ehtiyotbo’lib ishlash lozim. Bu asboblar buzuqday bo’lib tuyulganda xam ularni qismlarga ajratib va vintlarini burab bo’shatish yaramaydi, buzuq bo’lganda mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchidan hamma vaqt so’rab olish kerak. Qurilmaning butunlay to’g’ri yig’ilganligiga ishonmasdan turib hech vaqt o’lchashga kirish yaramaydi.
Jumladan: elektr asboblaribilan ishlaganda ehtiyot bo’lish kerak, chunki bu asboblar mexanik sabablar ta’siridan ham buzilishi mumkin. Shuning uchun ham elektrga doir ishlarni bajarishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak.
a) Zanjirning turli qismlarini o’zaro ulashda izolyaciyasi shikaslanmagan butun o’tkazgichlarni ishlatish, ulanadigan uchlarini esa klemmalarga mahkam jipslab biriktirish kerak. O’tkazgichlarning o’zlarini burab biriktirish yaramaydi.
b) Ularni hech vaqt tok manbaidan boshlamaslik kerak. Aksincha zanjirni albatta o’qituvchi tekshirib ko’rgandan keyin va o’lchashlarni bajarishga kirishishdan oldingina zanjirga tok manbai ulanadi.
v) Sxemaning ayrim qismlari o’ta qizib ketganda, aksincha kuyindi isi chiqqanda tezda tokni uzib uni o’qituvchiga aytish kerak.
O’lchash natijalarini yozib borish va laboratoriya ishini bajarish to’g’risida xisobot berish.
Har qanday eksperemental ishning muvaffaqiyatli chiqishi faqatgina metodikaning to’g’ri tanlashga, asboblarning aniqligiga, kattaliklarni sinchiklab o’lchashga bog’liq bo’lib qolmay, balki o’lchash natijalarini to’g’ri va sistemali ravishda yozib borishga ham bog’liqdir. Ana shu maqsadda fizika praktikumida ishlash uchun alohida daftar eksperimental jurnal tutish kerak. Bu daftarga ishning nomi, o’lchash usuli va sxemasi, o’lchash natijalarni ishlab chiqishda zarur bo’ladigan formulalar, bu formulalarga kiradigan va o’lchab hamda hisoblab topiladigan kattaliklarning belgilari yoziladi.
O’lchab yoziladigan kattaliklarni yozish uchunoldindan tegishli jadval tuzib qo’yish lozim. Jadvalga shu ishda bajariladigan ayrim o’lchash natijalari to’liq yoziladi. Birlamchi o’lchash natijalarining hammasini o’sha jadvalga juda puxta qilib yozish kerak. Oxirgi natija va uning o’rtacha va ehtimoliy xatolari dastlabki o’lchash natijalariga asosan hisoblab topiladi. Kishi o’zini faqatgina o’lchashlarni qunt bilan sinchiklab bajarishga o’rgatib qolmasdan, balki o’lchash natijalarini aniq va o’z vaqtida qayd qilib borishga ham o’rgatish kerak. Ayrim o’lchash natijalari pala-partish yozilishi eksperement natijalarini ishlab chiqishdaqo’pol xatolar chiqishiga va noto’g’ri hulosalarga olib kelishi mumkin. O’lchashlarning eksperemental ish jurnaliga yozilgan natijalarga asosan o’lchash natijalari oxirga marta ishlab chiqiladi, o’lchash xatolari hisoblanadi va ish yuzasidan tugallangan xisobot tuziladi.
Har bir laboratoriya ishining bayoni quyidagi qismlardan tashkil topgan.
Kerakli asboblar.
Qisqacha nazariy qism. Bu qism o’rganilayotgan hodisa yoki aniqlanayotgan kattalikka oid eng zarur nazariy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Metodning nazariyasi.
Eksperimental qurilmaning bayoni.
O’lchashlarni bajarish tartibi va olingan ekmperimental ma’lumotlarni ishlash metodikasi.
O’z-o’zini kontrol qilishga, hodisa nazariyasini, eksperimental metodni va o’lchash xatoliklarini chuqur tahlil qilishga yordamlashuvchi savollar.
1.3. Elektr zanjirini tuzish va ishni bajarish qoidalari.
Berilgan sxema asosida elektr zanjirini studentlar mustaqil o’zlari tuzadilar. Zanjirni uzishda (ulashda) quyidagilarga e’tibor berishi kerak.
Har bir elektr sxemani tuzishda elektr o’tkazgich simlardan foydalaniladi. Simlar izolyaciyalangan bo’lib, ularning uchlari tozalangan va klemmalarga ulashga moslashgan bo’lishi shart.
Kontaktlar mahkam ulangan bo’lishi zarur, buning uchun kontakt (klemma) vintlarni yaxshilab burab qo’yiladi.
Sxema tuzishni tok ulanmagan holda manbadan boshlash kerak.
O’zgarmas tok manbaiga ampermetr yoki vol’tmetrni ulashda qutblarni to’g’ri ulash kerak.
Zanjirni tuzish vaqtida kalit ochiq holda tursin.
Zanjir tuzilgandan so’ng uni o’qituvchi yoki laborant tekshirib ruxsat etmaguncha tok manbaini ulash mumkin emas.
Elektr o’lchov asboblarini zanjirga ulashdan avval ularni tajribada ulanishi kerak bo’lgan tok kuchi yoki kuchlanishga moslab oling. Asbobni o’lchash chegarasiga qarab shkalaning bo’lim qiymatini aniqlab olish kerak.
Ishni bajarib bo’lgandan so’ngzanjir yig’ishtirilib ish joyini tartibga keltirib qo’yish zarur.
LABORATORIYA ISHI № 1
Do'stlaringiz bilan baham: |