b o 'lish in i an iq lab , b irin ch i q o n u n in i kashf etdi. N y u to n n in g
N y u to n n in g b irinchi q o n u n id a n jism ga tash q i kuch t a ’sir
qilm asa, u yo'nalishi va kattaligi jihatdan o 'zgarm as tezlik bilan
h arak at q ilad i, degan xulosa kelib ch iq ad i. T in c h h o la t esa
harakatning tezligi nolga teng bo'lgan xususiy holidir.
N y u to n n in g b irinchi q o n u n id a n , agar k u ch larn in g t a ’siri
bo'lm asa, h ar qanday m oddiy jism tabiatidan va holatidan q a t’iy
nazar tin ch holatini yoki to 'g 'ri chiziqli tekis harakatini saqlash
xossasiga ega ekanligi kelib chiqadi. Jismning o'zining tinch holatini
yoki to 'g 'ri chiziqli tekis harakati holatini saqlash xususiyati inersiya
deyiladi. S huning uchun N y u to nn in g birinchi qo nu ni inersiya
qonuni deb ham ataladi.
Inersiyaning nam oyon bo'lishiga biz ham m a vaqt duch kelamiz.
M asalan, harakatlanayotgan vagonning tezligi b irdan o'zgarganida
yo'lovchilar o'zlarin in g dastlabki holatlarini saqlagan holda, agar
tezlik kam aysa — oldinga, tezlik ortsa — orqaga og'adilar. Yelib
borayotgan ot birdan to'xtab qolsa, chavandoz o 'z harakatini davom
ettirib otning boshidan oshib tushadi. Inersiya tufayli jism ning
tezligini b ird an o 'zg artirib b o 'lm ay d i, b u n in g u c h u n m a ’lum
m uddat kerak bo'ladi.
N y uton ning birinchi q o n u n in i tajribada bevosita tekshirish
m um kin em as, chunki atrofdagi barcha jism larning ta ’sirini to 'la
b artaraf qilish m um kin em as. Ayniqsa, b ir jism ning
ikkinchi
jism ga ishqalanishini b artaraf qilish ancha qiyin. Biroq, bir q ato r
dalillarni um um lashtirish orqali N yutonning birinchi qonunining
to 'g 'r ilig ig a is h o n c h h o sil q ilis h im iz m u m k in . J u m la d a n ,
harakatlanayotgan jism ga atrofdagi jism lar tom o n id an qarshilik
ko'rsatayotgan kuchlar qancha kam bo'lsa, jism ning tezligi shuncha
oz kam ayishini payqash oson. M asalan, bir xil kuch bilan otilgan
sh arch a asfaltlan gan y o 'ld a q u m d agid an k o 'p ro q d um alay d i,
m uzning ustida esa asfalt yo'ldagidan yanada kichikroq ishqalanish
kuchi ta ’sir etadi.
A trofim izdagi jism larning o datda kuzatiladigan tinch holatda
yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatda bo'lishiga jism ga ta ’sir etayotgan
barcha kuchlarning bir-biri bilan o'zaro kompensatsiyalanishi (bir-
birining ta ’sirini yo'qotishi) sabab bo'ladi. M asalan, tinch h o latd a
turgan h ar qanday jism ning Yerga tortilish kuchi tayanch yoki
98
osmaning reaksiya kuchi bilan kompensatsiyalangan b o ‘ladi; to 'g 'ri
chiziqli tekis harakatlanayotgan avtomobil dvigatelining tortish
kuchi g 'ild ira k la r va Y er o rasid ag i ish q alan ish kuchi b ilan
kompensatsiyalangan bo'ladi va hokazo. Shuning uchun Nyutonning
birinchi qon un ini yana quyidagicha ta ’riflash mum kin: agar jismga
hech qanday kuch ta ’sir etmasa yoki unga ta ’sir etuvchi kuchlar
bir-biri bilan kompensatsiyalangan bo ‘Isa, и holda bunday jism
о ‘zining tinch holatini saqlaydi yo ki to ‘g ‘ri chiziqli tekis harakatini
davom ettiradi.
N yutonning birinchi q o nu ni har qanday sanoq sistem asida
ham bajarilaverm aydi. H arakatning tavsifi sanoq sistem asining
tanlab olinishiga bog'liq ekanligi ta ’kidlab o'tilgan edi (9-§ ga q.).
Bir-biriga nisbatan biror tezlanish bilan harakat qilayotgan ikki
sanoq sistemasiga nisbatan jism ning holatini kuzataylik. Agar jism
ulardan biriga nisbatan tinch turgan bo'lsa, ravshanki, ikkinchisiga
nisbatan u tezlanish bilan harakatlanadi. D em ak, N yutonning
birinchi qonuni bir vaqtning o'zida ikkala sistemada qanoatlantirilishi
m um kin emas.
N y u to n n in g b irin ch i q o n u n i, shu ju m la d a n , ikkinchi va
uchinchi qonunlari faqat inersial sanoq sistemasida qanoatlantiriladi,
noinersial sanoq sistemasida esa qanoatlantirilm aydi.
Do'stlaringiz bilan baham: