9 0 - § . M o lek u ly a r-k in e tik n azariyan ing a s o s iy qoidalari va
ularning ek sp erim en tal asoslari
H a r q a n d a y m o d d a n in g x o ssa la ri u n i ta s h k il e tu v c h i
zarralarning xossalari va harakatining xarakteri bilan aniqlanadi.
M akroskopik jism la r xossalarini aniqlash u ch u n ularni tashkil
qiluvchi ayrim m olekulalarning xarakterini em as, balki ularning
jam i harakati tufayli hosil bo'lad igan o 'rtach a natijaviy kattaliklami
bilish m uhim aham iyatga ega. X udda ana shu natijani m olekulyar-
kin etik nazariya yordam ida o'rganish m um kin.
M odda tuzilishining m olekulyar-kinetik nazariyasi quyidagi
uchta qoidaga asoslanadi:
1. Barcha m oddalar m olekulalararo oraliqqa ega b o ‘Igan
molekulalardan tashkil topgan; molekulalar о ‘z navbatida atomlardan
tashkil topgan.
2. M olekulalar har doim uzluksiz tartibsiz (xaotik) harakatda
bo ‘ladi.
3. M olekulalar orasida har doim tortishish va itarishish kuchlari
m avjud bo'ladi. Bu kuchlar m olekulalar oralig'iga keskin bog'liqdir.
M olekulalar oraliqlari ju d a kichik bo ‘Iganda itarishish kuchi ju d a
katta bo'ladi; m olekulalar bir-birlaridan uzoqlashganda esa bu
kuchlar kam ayib. ular orasida tortishish ku ch i ortadi. M avjud
bo ‘Igan bu kuchlar elektromagnit tabiatga ega bo ‘ladi.
M olekula— m oddani tashkil etuvchi zarra bo'lib, и o'zida shu
m o ddaning asosiy xo ssa la rin i sa q lovchi m u sta q il eng k ic h ik
bo ‘lakchadir.
H ar xil ato m lardan tashkil topgan m olekulalar turli xossaga
ega bo'lgan m oddalarni hosil qiladi.
Atom va m olekulalar juda kichik zarralar bo'lgani tufayli ulam i
ko'z bilan ko'rish m um kin emas. Biroq elektron m ikroskoplar
286
v o sitasid a b a ’zi yirik m o le k u la la rn i, m a sa la n ,
diam etri 4 1 0 ~ 9m ga yaqin b o 'lg an oqsil m olckula-
larini к о 'rish m um kin. E lektron p royektorlarning
yaratilishi natijasida kichik m olekulalarni, h atto
ayrim a to m larn i ko'rish im koni tug 'ild i. Bunday
k u z a tis h la r n in g m u m k in lig i m o le k u la la r va
ato m la rn in g real m avjud ekan lig in in g rad etib
b o ‘lm aydigan isbotidir.
M olek u lalararo m asofa m avjudligining to 'la
ishonchli bilvosita tasdig‘i gaz hajm ining o'zg aruv -
chanligidir. H aqiqatan, gaz siqilganda uning hajmi
faqat uni tashkil qilgan m olekulalarning orasidagi
m a s o f a n in g q is q a r is h i h is o b ig a g in a o 'z a r o
yaqinlashishi tufayli kichrayishi m um kin.
Q attiq jism larning o ‘z shakllarini saqlay olish xususiyatlari
m olekulalar orasidagi o 'z a ro itarishish va tortishish kuchlarining
mavjudligini nam oyon qiladi. Q attiq jism larning shaklini h atto
arzimas darajada o'zgartirish, m asalan, ch o 'zish yoki siqish uch u n
ham katta kuch sarflash kerakligi tajribalardan m a’lum. M ole
kulalarning orasidagi tortishish kuchlari jism ning cho'zilishiga,
itarishish kuchlari esa siqilishiga to'sqinlik qiladi.
M olekulalarning uzluksiz xaotik harakati diffuziya va broun
harakati hodisalarida yaqqol nam oyon bo'ladi.
Bir-biri bilan chegaradosh bo Igan jism zarralarining ularning
issiqlik harakati tufayli bir-biriga kirib borish hodisasi diffuziya deyi
ladi. Diffuziya natijasida jismlar olingan fazoda modda molckulalarining
konsentratsiyasi tenglashadi. (Moddaning birlik hajmdagi molekulalari
soni molekulalarning konsentratsiyasi deb ataladi.)
Diffuziya hodisasini gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda kuzatilganda
ularda bu hodisa turli darajada sodir bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.
Gazlardagi diffuziya hodisasini quyidagi tajriba asosida kuzataylik.
162- rasm dagi shisha idishning A va В qism ida tfjo 'm ra k yopiq
holatda bo'lgan da ikki xil gaz, masalan, A qism ida havo, В qism ida
esa b ro m b u g 'la r i q a m a lg a n b o 'ls in . J o 'm r a k n i o c h s a k ,
m olekulalarning xaotik harakati tufayli q o ram tir rangli brom
bug'lari (shuningdek, havo m olekulalari) idish bo'ylab tarqalib,
m a’lum vaqt o 'tg an d a n so 'n g idishning h ar ikkala A va В qism ida
bir xil rangdagi aralashm a hosil bo'lishini kuzatam iz.
287
Suyuqliklarda diffuziya jarayoni gazlardagiga nisbatan ancha
sekin boradi. 0 ‘rtasida to 'sig 'i bo'lgan idishga ikki xil (suv bilan
shakarli suv, suv bilan spirt yoki rangli va rangsiz) suyuqlik quyaylik.
Agar ular orasidagi to ‘siqni asta-sekin olsak, bir suyuqlik-m ole
kulalari ikkinchi suyuqlik molekulalari bilan aralashib ketadi, bunda
diffuziya hodisasi natijasida suyuqliklar tarkibi oldingi tarkiblaridan
farq qiluvchi bitta suyuqlikka aylanadi. Bu hosil b o ‘lgan suyuqlik
eritma deyiladi. Eritm alar orasida diffuziya hodisasi bo iay o tg an d a
aw alo yuqori konsentratsiyaLi eritm adan past konsentratsiyali eritm a
tom on ko‘proq m odda o ‘tib, teskari yo'nalishda o ‘tuvchi m odda
miqdori kamroq boMadi. Bu jarayonning o'tish tezligi suyuqliklaming
tarkibi, zichligi, m olekulalarning o 'Ich am i, massasi, kim yoviy
tuzilishi, qovushoqligi kabi faktorlarga bog'liq bo'ladi.
Q attiq jism larda diffuziya jarayoni ju d a sekin ketishini tajriba
lar ko'rsatadi. M asalan, tajribalardan birida silliqlangan q o'rg'oshin
plastinka bilan oltin plastinkani u stm a-u st q o'y ib , ularning ustiga
yuk qo'yilgan. O datdagi uy tem peraturasida (taxm inan 20°C) 5
yildan keyin q o 'rg 'o sh in plastinka bilan o ltin plastinka zarralari
bir-biriga 1 sm gacha k o 'ch ib , singib ketgan. Bunda oltin bilan
q o 'rg 'o sh in qotishm asidan iborat bir jinsli qatlam hosil bo'lgan.
Diffuziya tem peraturaga keskin bog'liqdir. Berilgan m oddalar
ning tem peraturasi ortishi bilan m olekulalarning xaotik harakati
jadallashi natijasida diffuziya hodisasi tezlashadi.
M olekulalarning tartibsiz harakatda ekanligi 1827- yilda ingliz
botanigi Broun to m onidan tajriba asosida aniqlangan.
163- rasm.
164- rasm.
288
Suvda erim aydigan m ayda zarralar (gum m egut poroshogi yoki
tush kukuni) ni suvga aralashtirilib, u lar m ikroskop orqali qaral-
ganda zarralarning tartibsiz harakat qilishi kuzatilgan. Bu zarra-
la rn in g h a ra k a tg a k e lish ig a asosiy s a b a b , su v n in g q o 's h n i
molekulalari tartibsiz ravishda unga urilib son-sanoqsiz turtki impuls
berishi natijasidir ( 1 6 3 - rasm ).
Bu harakat olim ning sharafiga Broun harakati deyiladi. Broun
harakati m o lek u lalarn in g tartibsiz harak at qilishidan tash q ari
m olekulalarning mavjud ekanligini ham isbotladi. Shuningdek, m
massali m olekulalar ,,v“ tezlik bilan harakatlanib, Broun zarrasiga
mu im puls beradi. M olekulalar harakati tartibsiz b o ‘lganligi sababli
zarraga atro fd an berilayotgan im pulslar b ir-b irin i kom p ensat-
siyalamaydi: zarraga turli tom onlardan turli sondagi m olekulalar
uriladi, shu bilan birga, alohida m olekulalarning zarb kuchlari
ham bir xil em as. N atijada Broun zarrasiga ta ’sir etuvchi kuch
noldan farqli b o ‘lib, zarra m a ’lum tom onga harakatlanadi. Broun
harakatini P erren m ukam m al o ‘rganib, zarraning teng vaqtlar
oralig‘ida o ‘tgan m asofasining rasm ini olgan (164- rasm).
Suyuqlik tem p eratu rasin in g oshishi bilan m olekulalarning
harakat tezligi, binobarin, Broun harakati ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |